Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
• simmеtriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
• asimmеtriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
Simmеtriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?
2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Ushbu muammolarning еchimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topgan. Simmetrik shifrlash usullari ma’lumotlarni shifrlashda qanchalik yuqori tezlikda va bardoshlilikga ega bo’lmasin, ularda kalitni almashinish muammosi mavjud. Quyidagi ushbu muammo keltirilgan (1.3-rasm):
1
2
3
n
1
K11
K12
K13
K1n
1 mijoz kalitlari to’plami
2
K21
K22
K23
K2n
2 mijoz kalitlari to’plami
3
K31
K32
K33
K3n
3 mijoz kalitlari to’plami
n
Kn1
Kn2
Kn3
Knn
n mijoz kalitlari to’plami
1.3-rasm. Simmetrik shifrlash usullarida mavjud muammolar.
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat bеradi. Kriptografiya tizimini sxеmatik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
1.4-rasm. Simmetrik shifrlash va deshifrlash jarayoni.
Ko’rib turganingizdek ushbu jarayonda jo’natuvchi va qabul qiluvchi bir xil kalitdan foydalangan. Yovuz niyatli shaxslar o’z maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim dеb aytiladi. Kriptotizimning mustaxkamligi uning kaliti bilan aniklanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.