Matematik tushuncha—bu predmetlar va hodisalarni baʼzi bir muhitni alomatlariga koʼra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, toʼgʼri chiziq va hokazo. Аlomat (belgi) esa predmet yoki hodisalarning bir-biriga oʼxshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obʼektlar nazarda tutiladi. Odatda, obʼektlar maʼlum muhim va muhim boʼlmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obʼektga tegishli va bu xossasiz obʼekt mavjud boʼla olmaydigan xossalarga aytiladi. Obʼektning mavjudligiga taʼsir qilmaydigan xossalar muhim boʼlmagan xossalar hisoblanadi. Obʼekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud boʼlsa, u holda bu obʼekt haqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega boʼladi. Obʼektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashkil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega boʼlgan obʼektlar toʼplami tushuncha hajmini tashkil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin boʼlgan obʼektlar toʼplami ham ekan. Matematik tushunchalar oʼz navbatida insoniyat toʼplagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real obʼektlarning koʼpgina xossalaridan koʼz yumgan holda ularni ideallashtirishnatijasida hosil boʼladi.Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani oʼrgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu oʼz navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini oʼrganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:
— koʼrgazmali dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish boʼyicha koʼrsatmalar va hokazo);
— metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha taʼlim toʼgʼrisida oʼquv qoʼllanmalar, oʼyinlar va hokazo);
— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilgʼor tajriba va olimlarning fikrlari.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bogʼliqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirish — inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning
maqsadi-bolalarni faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, oʼzlarining hayotdagi oʼrinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, oʼrta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— matematik tushunchalarnirivojlantirish maktab matematikasini oʼrganishga tayyorlashni rejalash;
— matematik tushunchalarning rivojlantirish yoʼllari va shartlarini ishlab chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni taʼminlovchi metodik koʼrsatmalar berish.
Gnedenko oʼz ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib koʼrsatadi: “Oddiy oʼrta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlangʼich maktab kursini oʼzlashtirish uchun zamin boʼlgan) va “oʼrtadan yuqori boʼlgan qobiliyat”, yaʼni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon boʼladigan qobiliyatdir.
Matematikani oʼrgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi:
1) bolalarda oʼqishga boʼlgan qiziqish, bilim va koʼnikmalarni shakllantirish;
2) mashgʼulot jarayoniga boʼlgan masʼuliyatlilikni tushuntirish;
3) oʼz kuchiga, qobiliyatiga boʼladigan ishonchni tarbiyalash;
4) matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.
Matematik tushunchalarni shakllantirishda quyidagi komponentlarga ajratiladi:
1) keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;
2) asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish;
3) aniq holatdan savolni matematik ifodalashga oʼtishni bilish;
4) tahlil qilishni, aniq holatlarga boʼlishni bilish;
5) ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;
6) matematik masalani yechishda toqat qilishni bilish, deduktivfikrlash koʼnikmalarini hosil qilish;
7) yangi savollarni berish (qoʼyish)ni bilish.
Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat koʼrsatishga imkon yaratadi.
Bilim va koʼnikmalarni oʼrganuvchilarning koʼpchiligi bilish bu matematik masalada qoʼyilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va koʼnikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir.
“Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda koʼrilmoqda. “Koʼnikma” bolaning masalani yechishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb koʼriladi. Bilimni oʼzlashtirish va bilim hamda koʼnikmalarning shakllanishi oʼrtasidagi bogʼlanish bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va koʼnikmalarni egallashda koʼriladi. Ushbu koʼnikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar oʼzlashtiriladi.
Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va koʼnikmalarni shakllantirish muhimdir.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga bogʼliq:
Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishi muhimdir.
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda boʼlishi shartdir.
Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni oʼzlashtirish jarayonini oʼrganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bogʼliq. Shuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni koʼp talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani oʼzlashtirishi, keyin esa bora-bora bolaning oʼzi mustaqil ishlash koʼnikmasini hosil qilgunicha matematik tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani oʼzlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bogʼliq. Har bir tushunchadagi maʼlumotlar matematik tushunchalar va gʼoyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir,bu esa tarbiyachi tomonidan faol oʼzlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha oʼylangan boʼlishi kerak.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda taʼlimning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish dialektikaning asosiy qonunlaridan biri boʼlgan inkorniinkor qonuni asosida qurilgan boʼlishi kerak. Bu qonoʼnga koʼra, bir muammoni boshqa bir muammoga almashtirish ular orasidagi aniq bogʼlanishga asoslangan boʼlishi kerak.
Keyingi va oldingi masalalar orasidagi qonuniy bogʼlanish ularning ichki sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatiy birlik har bir toʼplam masalalarning qanday maqsad uchun tuzilish strukturasidan kelib chiqadi.
Masalalar yechishda uddaburonlik bilan xulosalar chiqara olishi, paydo boʼlgan muammolarni yechishning yoʼllarini topa bilishi ham zarur. Masalalar yechishda pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan toʼliq foydalanishga imkoniyat beradigan eng qulay va sodda masalalarni yechishdan ishni boshlash kutilgan natijalarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, yechish usullariga, qolaversa, mashgʼulotning tashkil qilinishiga ham bogʼliq boʼladi.
Maktabgacha taʼlimda har bir mashgʼulot tugallanadigan maqsadni oʼzida mujassamlashtirgan boʼlishi kerak. Mashgʼulot yetarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli oʼtishligi uchun tarbiyachi mashgʼulotning umumiy taʼlim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushoʼngan va egallagan boʼlishi kerak. Mashgʼulotda masalalarechish jarayonida har bir bola uning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy oʼquv koʼnikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan boʼlishi kerak.
Mashgʼulotning har bir maqsadi aniq boʼlib, bilimda aniq bir sifat oʼzgarishni koʼzda tutgan boʼlishi kerak. Bolada masalalar yechish uchun tegishli koʼnikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati, qolaversa, unda axloqiy tarbiyasi ham toʼla shakllangan boʼlishi kerak.
Tarbiyachi savol yordami bilan bolani ragʼbatlantirishi, mashgʼulotlarda uni, muammolijarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashgʼulotlar tashkil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:
— tasodifiy “boʼshliqqa” yoʼl qoʼymaydigan mashgʼulotning borish tezligini saqlab turmoq;
— ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va koʼrsatmalar aniq qilingan boʼlishi zarur;
— pedagog (tarbiyachi) oʼz tushuntirishlarida, bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
— bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalgʼitmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbehlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
— ishning shakli va koʼrinishi har xil boʼlishi;
— muhokama qilinayotgan materialni tahlil qilishda har xil strategik usullarni tashkil qilshdan foydalanish;
— maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, bir masalani turli usullar bilan ogʼzaki yechish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda tiklay olishini, paydo boʼlgan bar xil muammolarni ogʼzaki bajarishning toʼgʼri yoʼlini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi.
Bu esa guruhda bolalarni shartli ravishda ayrim guruhlarga boʼlish imkoniyatini beradi:
1. Masalani yechish uchun aniq koʼrsatmalarga muhtoj boʼlgan bolalar guruhi;
2. Masalani yechish uchun umumiy koʼrsatmalarga (mavzu, boʼlim, yechish usuli) muhtoj boʼlgan bolalar guruhi;
3. Masalani yechish uchun koʼrsatmalarga muhtoj boʼlmagan bolalar guruhi.
Bunday turkum masalalarni asta-sekin murakkablashtirib borib, pedagog (tarbiyachi)larda qator natijalarni tezroq olish qobiliyatini ishlab chiqish mumkin. Bunday mazmundagi ishlar tarbiyalanuvchilarda matematikaga boʼlgan qiziqishni uygʼotadi, kasb-hunarga qiziqtiradi, ularda qiziqish javobgarliginitaʼminlaydi va hokazo.
Matematika mashgʼulotlarini oʼtkazishga qoʼyilgan talablar:
1. Matematika mashgʼulotlarida son — sanoq boʼlimi bilan bir qatorda dasturning boshqa boʼlimlarini ham rejalashtirish, son — sanoq boʼlimidagi dastur vazifasi hamma mashgʼulotlarda ham asosiy oʼrinni egallashi kerak.
2. Har bir mashgʼulotda ikki uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti — sakkiz mashgʼulotdan keyin takroriy tipda mashgʼulotlarni oʼtkazish tavsiya qilinadi.
4.Matematika mashgʼulotlarida eng asosiy oʼrgatish usuli koʼrgazmali oʼrgatish usulidir. Oʼrgatish usulida harakatli oʼyin, didaktik oʼyin usullari katta oʼrin egallaydi.
5. Matematika mashgʼulotlarida dastur mazmuni koʼrgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Kichik va oʼrta guruhda mashgʼulotlarni yakunlashda tarbiyachi dastur mazmunida bolalarga tushunarli soʼzlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
Katta va tayyorlov guruhda bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
Mashgʼulotlarni puxta oʼtkazishda asosiy shart – sharoitlar:
1. Tarbiyachi bolalarni ilmiy psixologik pedagogik taraqqiyoti xususiyatlarining asoslarini qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlariga uning taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini oʼrgatish dastursini yaʼni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni oʼrgatish metodik usullarini egallash, yaʼni ishni qanday olib borish.
5. Oʼrgatish dastur materialini egallash faqat maxsus mashgʼulotdagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir mashgʼulotda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalari:
Kattalik, shakl, tevarak atrof, vaqt tushunchasini rejalashtirishni bilish.
7. Mashgʼulotlar didaktik printsip asosida tuzilishini bilish.
8. Mashgʼulotlarda turli analizatorlardan keng foydalanish.
9.Koʼrgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Hap bir bolaning tarqatiluvchi material ishlashi va har bir mashgʼulotning asosiy sharti ekanligini bilish kerak.
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetentsiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi oʼquv-tarbiyaviy faoliyat
yakuniga yetganidan soʼng 6-7 yoshli bola:
• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
• oʼquv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
• predmetlar, voqealar va koʼrinishlar oʼrtasidagi oddiy aloqalarni
tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qoʼllaydi;
• makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va koʼrinishlarni kuzatadi hamda
tadqiq qiladi;
• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va gʼamxoʼr munosabatni namoyon etadi.
Matematikadan mashgʼulotlar haftaning maʼlum bir kunida oʼtkazilishi kerak.
Tarbiyachi mashgʼulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab oʼrganadi. Matematik bilimlar bolalarga qatʼiy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar oʼzlashtira oladigan boʼlishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga boʼlinadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket oʼrganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni boʼlaklarga boʼlish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi mashgʼulotda buyumlarni ikkita teng qismga boʼlishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini oʼzlashtiradilar; ikkinchi mashgʼulotda bolalarning tenglikka boʼlinadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shoʼnga mos lugʼati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashgʼulotda bolalarga buyumlarni teng toʼrt qismga boʼlish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini koʼrsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va toʼrt qismga boʼlishning har xil usullarini koʼrsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni oʼrnatishadi.
Shunday qilib, dasturning har bir boʼlimi ketma-ket oʼtkaziladigan bir necha (uch-olti) mashgʼulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashgʼulotdan mashgʼulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir boʼlimidan ikkinchi boʼlimiga oʼtishda oʼtilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni oʼzlashtirilgan bilimlar bilan bogʼlashni taʼminlash katta ahamiyatga ega.
Yangi materialni oʼrganish jarayonida oʼtgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular eʼtiborini yangi materialga qaratish, uning puxta oʼzlashtirilishiga imkon beradi.
Odatda yangi mavzuni uch-besh mashgʼulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida oʼrganiladi. Mavzuni ikki hafta, baʼzan uch hafta oʼtganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir oʼrganilgan boʼlimi oʼquv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida boʼlib turishi kerak.
Shu munosabat bilan bir mashgʼulotning oʼzida dasturning bir boʼlimiga yoki har xil boʼlimning, yaʼni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa boʼ¬limlariga oid masalalar oʼrganilishi va takrorlanishi mumkin.
Oʼqitishning hamma boʼlimlari boʼyicha dasturni bolalar izchil oʼrganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib taʼminlash mumkin boʼladi.
Matematika oʼqitishda mashgʼulotning har xil turidan foydalaniladi. Mashgʼulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni oʼrganishga yoki oʼtilganlarni takrorlashga, bir qator mashgʼulotlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bagʼishlanadi.
Oʼqitish tajribasida qurama mashgʼulotlar eng koʼp oʼrinni oladi, ularning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material oʼrganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashgʼulotlarda olingan bilim va koʼnikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari oʼzlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlatiladi.
Yangi materialni oʼzlashtirish bolalardan koʼproq zoʼriqishni talab qiladi. Shu sababli mashgʼulot oxirida tanish materialni kiritish bir oz boʼshashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashgʼulotlarning birinchi qismida 5 sonining oʼzidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi oʼrganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima oʼzgardi?» oʼyinida buyumlar toʼplamini sanash (masalan, samolyotlar nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashgʼulotning tuzilishi (strukturasi) dastur boʼlimlarining hajmi, mazmuni, koʼrgazmaliligi, tegishli bilim va koʼnikmalarning oʼzlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bogʼliq.
Chunonchi, kichik guruhda bir yoki ikki mavzu boʼyicha mashgʼulotlar oʼtkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu boʼyicha birinchi mashgʼulot, odatda, toʼliq oʼrganishga bagʼishlanadi, takrorlash yangi materialning oʼtilishi munosabati bilan yoki mashgʼulotning oxirida oʼtkaziladi.
Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashgʼulotlar berilgan mavzu boʼyicha ham, oldingi mavzular boʼyicha ham materialni mustahkamlashga bagʼishlanadi.
Mashgʼulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar oʼziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, «Qim qaysi oʼyinchoqlarni sanadi. Oʼyinchoqlar nechta?» kabi oʼyin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi koʼrsatmasiga binoan oʼyinchoqlarni sanab chiqadilar, soʼngra oʼyinchoqlar sal-fetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu oʼyinchoqdan nechtadan boʼlganini yoki kimda oʼyinchoqlar borligini va oʼyinchoqlar qancha boʼlganini topadilar.)
Bolalar (oʼrta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari boʼyicha guruhlarga ajratishni, oʼyinchoqlar, figuralar, jadvallar toʼplamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» soʼzi bilan savollar oʼylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qoʼshnilaringni top», «Men qaysi sonni oʼtkazib yubordim?», «Kim koʼp bilsa, u uzoq sanaydi» kabi oʼyinlar oʼtkaziladi.
Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga koʼrinib turishi muhim.
Keyinroq bilim va koʼnikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar oʼrinlarida yuzlari (yoki yon tomonlari) bilan qarab oʼtirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshirishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar eʼtiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini koʼrsatishi kerak boʼladi. Olti oʼrinli stollar mavjud boʼlganda, uning atrofiga toʼrttadan ortiq bolani oʼtkazmaslik kerak, zarur boʼlsa, qoʼshimcha 1—2 ta stol qoʼyish kerak.
Bolalarning bilim va koʼnikmalari tekshiriladigan mashgʼulotlar tarbiyachi stoli oldida tashkil qilinadi.
Аgar mashgʼulotning borishida yoki uning oxirida harakatli oʼyinlardan foydalaniladigan boʼlsa, bu oʼyinlarni oʼtkazish uchun oldindan joy tayyorlab qoʼyish kerak.
Mashgʼulotlarni muvaffaqiyatli oʼtkazishda koʼrsatma-qoʼllanmalarni toʼgʼri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qoʼshni sonlar orasidagi bogʼlanishlar va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun», «qism») borasida ham koʼrsatmalilik boshlangʼich moment boʼlib xizmat qiladi. Hamma mashgʼulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, oʼyinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar oʼyinchoqlar bilan oʼynashlari uchun oʼyinchoqlar koʼp miqdorda tanlanadi.
Matematik bilimlar abstraktsiyalash yoʼli bilan oʼzlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. Oʼqitishning maʼlum bosqichida jadvallar, sxemalar (olmani ikkita va toʼrtta teng qismga boʼlish sxemasi) koʼrsatmali material boʼlishi kerak.
Koʼrsatmalilikning xarakteri yoshdan-yoshga oʼtish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni oʼzlashtirishning har xil bosqichlarida konkret bilan abstrakt orasidagi munosabatlarga bogʼliq holda ham oʼzgarib turadi.
Chunonchi oʼqitishning maʼlum bosqichida buyumlar toʼplamini sanash «Sonli jadvallar», «Sonli zinachalar» va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi.
Koʼrsatma-qoʼlanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashgʼulotlar jarayonidagi bilim va koʼnikmalarni egallashga bogʼliq.
Bolalar bilimlarini umumlashtirish, har xil bogʼlanishlarni, munosabatlarni koʼrsatish kerak boʼladigan xollarda koʼrsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qoʼshni sonlar orasidagi bogʼlanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birliklardan iborat miqdoriy tarkiblarini oʼrganishda har xil oʼyinchoqlardan, geometrik figuralar jadvallari va h. k. dan foydalaniladi.
Bolalar matematik obʼektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin, ularning uncha koʼp boʼlmagan miqdori bilan chegaralanishi mumkin. Shu bilan birga buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha detallarsiz, qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni koʼrish nisbatan oson boʼlishi kerak. Masalan, toʼplam elementlarini emas, balki uning boshqa tarkibiy qismlarini kichkintoylarga koʼrsatish uchun ikki-uchta rangli kubchalar (gʼisht)lar yoki uzun va qisqa lentalar olinadi.
Matematika mashgʼulotlarida, odatda, koʼp turdagi buyumlar toʼplamidan, koʼrgazmalardan foydalaniladi, shu sababli bularni joylashtirish tartibini oʼylab koʼrish juda muhim.
Kichik guruhda bolalarga material xususiy qutida (konvert)da beriladi. Katta bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda (bitta qutida) berish mumkin. Koʼp turdagi buyumlardan foydalangan¬da ularni shunday joylashtirish kerakki, mashgʼulotni boshlash uchun kerak boʼladigan material eng ustida tursin.
Аloqa usullarini qanday birga qoʼshib olib borish kerak?
Bola tafakkurini koʼrsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning koʼrsatma-qoʼllanma bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik bilimlarni shakllantirish zarurligini asoslaydi.
Ogʼzaki bayon usuli (metodi) maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda uncha katta oʼrin olmaydi va bolalar bilan soʼzlashuv shaklida foydalaniladi.
Bilim, malaka, koʼnikmalarni oʼzlashtirishga har xil usullardan foydalanish va ularni birga qoʼshib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va koʼnikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Oʼqitish katta yoshdan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak. Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarni, matematik qobiliyat-mustaqil fikrlash, umumlashtirish qobiliyatini, abstraktsiyalashni, fazoviy tasavvur va hokazolarni, shuningdek, matematik bilim, malaka va koʼnikmalarni mustaqil egallash va qoʼllay olish imkonini rivojlantirishi kerak.
Bugun matematikani oʼqitish taqqoslash asosida quriladi.
Taqqoslash asosida; bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-oʼngga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi.
Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib borish muhim.
Bolalar buyumlarni bir xil belgilari boʼyicha har xil rejada taqqoslashni mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin esa bir necha buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu bel-gilari boʼyicha guruhlashni (masalan, geometrik figuralarning shakllari, ranglari va h. k. boʼyicha taqqoslashni) oʼrganadilar.
Bolalarning qoʼllanmalar bilan ishlashlarining maʼlum sistemasini tashkil qilishda tarbiyachining roli harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam berish, tashabbusni, mustaqillikni ragʼbatlantirishdan, bolalarni xulosalarga olib kelishdan iborat.
Tushunarli aniq ifodalangan vazifani qoʼyish bolalar tafakkurini faollashtirnshning zaruriy shartidir.
Vazifa (oʼyin, amaliy, bilish) qoʼyish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham aniqlanadi.
Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni koʼrsatadi va tushuntiradi, shu bilan birga, u yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan xatolarning oldini olishga harakat qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qoʼyishga, yoniga qoʼyishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi mashgʼulotta tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani koʼrsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur oʼylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi.
Bilim va koʼnikmalarni puxta oʼzlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashgʼulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarishlari kerak.
Bir xil narsaning oʼzini koʼp martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab boʼladi. Koʼrgazmali qurollarni almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni oʼzgartirib turish muhimdir. Shu yoʼl bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini aktivlashtirish, charchashining oldini olish mumkin boʼladi.
Аna shunday sharoitda yangi bilimlar oʼzaro bir-biriga uzviy bogʼlanadi. Natijada ular kengayadi, aniqlanadi, umumlashadi va mustahkamlanadi.
Kichik guruhlarda bir mashgʼulotda mashqlarning ikkitadan toʼrttagacha variantlaridan foydalaniladi, katta guruhlarda esa toʼrttadan oltitagacha, ayrim hollarda bundan ham koʼp (bir xil turdagi mashqlar kichik guruhlarda 2-4, katta guruhlarda 5-6) variantlaridan foydalaniladi. Masalan, katta guruh bolalarining tartib, sanoq koʼnikmalarini mustahkamlash uchun buyumning boshqa buyumlar orasidagi oʼrnini aniqlash, u yoki bu oʼrinni egallab turgan buyumni almashtirish taklif qilinadi. Bunda tarqatma materialning ikki-uch xilidan foydalaniladi.
Oʼtilganlarni takrorlash mashgʼulotlarida ular yangi bilimlarni mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda bolalar ilgari oʼzlashtirgan bilimlarga oid mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Buyumlar miqdori ularning kattaligiga bogʼliq boʼlmasligini oʼrta guruh bolalariga koʼrsatib, tarbiyachi katta va kichik buyumlar bilan bir qatorda uzun va qisqa (kalta), baland va past buyumlardan foydalanish va buyumlarning kattaliklarini belgilash uchun aniq soʼzlardan foydalanish mashqlarini mustahkamlashi mumkin.
Buyumlar va geometrik figuralarning har xil belgilari boʼyicha guruhlarga ajratishga doir mashqlar katta ahamiyatga ega, bunday mashqlar shu vaqtning oʼzida bolalarning shakl, kattalik, miqdor va h.k. haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, yaʼni amaliy, oʼyin, musobaqa elementlari bilan bogʼliq mashqlardan foydalanadi. Uch-toʼrt yoshdagi bolalarni oʼqitishda, ayniqsa, oʼyin elementlaridan keng foydalaniladi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik materialni va usulni almashtirish bilim va koʼnikmalarni alohida zoʼriqishlarsiz oʼzlashtirishni taʼminlovchi vositadir.
Oʼyin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki oʼyin asosiy narsadan-matematik ishdan chalgʼitishi mumkin, natijada bolalar mashgʼulot rejasida nazarda tutilgan bilim va koʼnikmalarni oʼzlashtira olmaydilar.