Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish jarayonining o’rni


Boshlang`ich sinf o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish



Yüklə 112,86 Kb.
səhifə5/12
tarix02.01.2022
ölçüsü112,86 Kb.
#50971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
boshlangich sinf oquvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishining psixologik xususiyatlari

Boshlang`ich sinf o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish


jarayonlarining o`rni.

Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish va barkamol insonni shakllantirish, ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Hayotga ziyrak ko`z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Shuning uchun biz boshlang`ich sinf o`quvchilarini mustaqil fikrlovchi aqliy jihatdan kamol toptirish lozimligini o`rganishga ahamiyat qaratdik.

Boshlang`ich sinf o’quvchilari 6-10 yoshli bo`lgan (I-IV) sinflarning o’quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotganda tayyorlanadi. Talabalar bilan tanishadi. Bunda u maktabda o’quvchilarga quyiladigan xar xil talabalar bilan tanishadi. Fon, asoslarini o’rganish uchun biologich va psixologik jihatdan tayyor bo’ladi.

Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda bolaning obektib va subektiv jihatdan maktab talabiga ta’limiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin , uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi rvshanligi, sog’ligi , aniqligi, o’zining qiziquvchanligi dikkashligi xayrixoxoligi , ishonuvchnaligi xayolning yaqqolligi, tafakkurining yaqqolligi xotirasining kuchliligi, tafakkurning yorqinligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolaga diqqat nisbatan uzoq muddati va shartli barqaror bo’ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o’yinlarda rasm chizish va qurish- yashash mashg’ulotlarida loy hamda plastilindan o’yinchoqlar tayyorlashda matematik amallarni yeshichda, hikoya tinglash va tuzishda ko’rinadi. Bola o’z diqqatini muayyan obyektga yo’naltirish, to’plash taqsimlash bo’yicha ma’lum darajada ko’nikmaga ega bo’lib o’z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to’plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib-

qarayib kishini tajjubga soladi gap ma’lumot va xodisalarni puxta esa olib qolish esda saqlash esga turush imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotni o’zlashtirib kelgan bo’lsa endi o’z xoxish –irodasi bilan zarur ma’lumotlar to’plashga o’z oldiga aniq maqsad va vazifa qo’yishga harakat qilinadi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. U she’r hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko’p takrorlash yod, olishning eng qulay yo’l va usullaridan foydalanish ta’lim. Jarayonida unga juda qo’l keladi. Birinchi sinf o’quvchisi ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham , bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi aksincha ta’lim so’z-mantiq xotirasini taqozo etadi.So’z – mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosi tushunib esda olib qo’lish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan ma’lumki,bola ma’nosiz so’zlardan ko’ra manodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limga tayyorgarlik bosqichiga kattalar bilan muloqotda kirishish kishilarning fikrini uqib olish va to’g’ri idrok qilish, darajasida , nutqining tuzilishi esa gramatika qoidalariga mos mantiqdan izchil ifodali miqdor va ko’lam jihatdan fikr almashinish yetarli bo’ladi.U eshitgan va ko’rganlari to’g’risi dagi ma’lumotlarni tushuna oladi. Ozidagi axbrotlarni muayyan tartibda bayon qila oladi,aqliy saloyihat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi. (ularni taqqoslaydi oydinlashtiradi guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi xukm va xulosa chiqarishga xarakat qiladi).

Yirik psixologlarning tadqiqotlari oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdai bolalarning taffakurini jadal rivojlantiradi. Masalan: ular lingviztika , fizika matematikaga doir ilmiy tushunchalarni o’zlashtiradilar, soddaroq masalalar tuzadilar, o’zlashtiradilar, soddaroq engil mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va maxsuldor fikr yuritishga intiladilar.

Olti yoshli bolaning psixik tayyorgarligi to’g’risida gapirilganda ko’pincha muayyan reja asosida tartibli ko’p qirrali maqsadga yo’naltirilgan o’zaro mantiqiy bog’liq, izchil boshlang’ich ta’limga zamin vazifasi o’tovchi psixik o’sish darajasini nazarda tutamz. Shuningdek ta’lim uning psixik o’shish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tavofutlari sharoitlari o’ziga xosligi , uning sixat –salomatligi uslubiy jihatdan tayorgarligi,oddiy ko’nikmalarning o’zlashtirgani kabi omillarni xisobga olish maqsadiga muvofiqdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorgarligining obyektiv tomonlarini ifodalaydi.

Bola maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishning sub’yektib tomoni xam muvjudir. Uning makabga o’qish hohishi intilishi, kata yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog’liqdir. Bolada shu davrga kelib, o’qish bilim olish, haqida

to’g’ri tasavvur shakllanadi. U maktab jamoasi azolarining masuliyati vazifalarini anqlaydi va ularga itoat qilishiga ularning ko’rsatmalarini boshqarishga moyil bo’ladi. Lekin bolalar hammasi bir xil emasligi sababli ular o’rasida muhim farqlar vujudga keladi. Ba’zi bola maktanga butun vujudi bilan talpinadi. O’qishga qancha qolganini uzluksiz sanaydi. O’quv ashyolarini oldinroq tayyorlab qo’yishga xarakat qiladi. Boshqa bir bola esa maktabdan qatiy, voz kechishgacha borib yetadi. O’qishga salbiy munosabat ko’pincha kattalarning qo’rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Shunigdek aka va opalarning maktadagi qiyin kechinma va vaziyatlar to’g’risidagi gaplar yuda bolalarni ko’proq dars tayyolashga majbur qilish xam o’qishga salbiy munosabat uyg’otadi. O’qishga salbiy munosabatdagi bolalar ta’lim muxitida kirishga qiynaladilar.

Maktabda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishda boshlang`ich sinf bolalrning anamotik fiziologik xususiyatlari jismoniy kamolot darajasini xisobga olish muvaffaqiyat qarovidir.

Boshlang’ich sinf o’quvchisi biologich jihatdan nisbatan uyg’un o’sadi. Uning bo’yi va og’irligi o’pkasining xajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq bolaning suyaklari ko’krak qafasi , tos, qo’l suyaklari umurtqa pog’onasida xali tag’aysimon to’qmolar uchraydi. Bu esa uning suyak takomillashib bo’lmaganini ko’rsatadi. Yurak muskullari tez o’sadi qon tomirlarining deamtri sal kattaroq bo’ladi. Miyaning og’irligi boshlangich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya po’stining anamotik -sintetik faoliyati takomilahshadi qo’zg’alish bilan tormozlanish o’rtasidagi munosabat o’zgaradi, lekin qo’zg’alish nisbatan ustunlikka ega bo’ladi. Shuning uchun bolaning to’g’ri oshishiga g’amxo’rlik ilish toliqishining oldini olish, o’qish va dam o`tish rejimga qatiy rioya etish zarur .

Maktab ta’limi o’quvchining turmush tarzini ijtimoiy mavjudini , sinf jamoasi va oila muhitidagi ahvolini o’zgartiradi, uning asosiy vazifasi o’qishdan bilim olish ko’nikma va malakalarini egallash tabiat va jamiyat tog’risda qonuniyatlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib qoladi. Ta’lim muayyan darajada shoshqoqlik intilish, idoraviy zo’r berish faollik va maqsadga muvofiq faoliyatni talab iladi. Ixtiyorsiz xatti-xarakat o’rnini aniqlashilgan , rejali, aqliy mehnat egallay boshlaydi. O’quvchi doimo tengdoshlari bilan birga muayyan sinf jamoasida bo’ladi. Demak uning oldida hamma vaqt sinf jamoasining manfaatini ximoya qilish shaxsiy, istaklarini umumjamoa intilishiga bo’ysundirish o’zaro yordam o’zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch masalalarini egallash vazifasi turadi. Ta’lim jarayonida esa o’quvchi oldida qo’yiladigan talablar toboro ko’payib va murakkablashib boraveradi.

O’qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshdagi bolaning o’shishini qarama- qrashiliklar ichki ixtiloqlar vujudga keladi. Ana shular zamirida bolodagi psixik kamolotning darajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar o’rtasidagi qarama qarshiliklar yotadi. Talablarning

tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to’xtovsiz o’shishi toqazo va shu berk zanjirning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.

Boshlang`ich sinfbolaning muhim xususiyatlardan biri unda o’ziga xos ehtiyojlar o’z mohiyati bilan muayyan bilim ko’nikma atrofidagi voqealikni o’zlashtirishga qaratilmay , balki faqat o’quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Shu ehtiyojlar o’z so`mka qo’yish javonida ega bo’lish istagi kattalardek har kuni maktabga qatnashish tuyg’usi yotadi xolos. Bundan tashqari bilimlar, kunidagi shodiyona ayyom, o’quvchilik safiga qabul payti, maktab ma’muriyati va o’qituvchilarning unga bildirgan samiymiy tilaklar yuqori sinf o’quvchilarining tabriklari bolaning xis-tuyg’usiga ijobiy- ta’sir etadi. Sinfdagi o’rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birgalashib o’ynash oshxonaga boorish o’quvchilarning og’itlari xam bolani o’ziga rom etadi. Umuman boshlang`ich sinf bolalar o’qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib yetmaydi. Balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Ammo u kattalarning ko’rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg’ulotlarga kirishib ketadi.

Oradan ma’lum vaqt o’tgach shodiyona lahzalarning ta’suroti namoyishi bilan maktabning tashqi belgilari o’z ahamiyatini yoqota boradi va o’qishning kundalik qatiy mehnat irodaviy zo’r berish yoqtirmagan narsa bilan shug’ullanish diqqatini taqsimlash o’z xulqini idora qilish ekanligini aniqlaydi. Shunday aqliy mehnat ko’nikmasiga ega bo’lmasa uning o;qishdan ko’ngli soviydi, unda umidsizlik xissi vujudga keladi. O’qituvchi esa bunday holatni oldini olish uchun bolaga ta’limning o’yindan farqi qiziqarliligi haiqda ma’lumotlar berish va uni shu faoliyatga tayyorlash kerak.

Birinchi sinf o’quvchisida o’qish faoliyatining aynan o’ziga qiziqish ko;zga tashlanadi. Maxsus tadqiqotlar bolalar bilan keraksiz mashqlar o’tkazilgan va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik keak bo’lmasligi aytilgan, lekin bolalar ularni bajonidil bajarishga kirishganlar o`quvchi shaxsiy faoliyatidagi birinchi mehnat maxsuli shodlik va quvonch xis-tuyg’u yoki bu matnni bir necha marta o’qishga harakat qiladi. O’qish faoliyatiga qiziqish uning mazmuniga ham qiziqishini vujudga keltiradi. Bilim olish ehtiyojini tug’diradi va o’qish motivlarini tarkib topadi.

Ta’limning mazmuniga bilimni egallashga qiziqish o’quvchilarning o’z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish xissi bilan uzviy boqliqdir. Bu xis o’qituvchining rag’batlantirishi bilan namoyon bo’ladi. Va o’quvchida samaraliroq ishlash mayli eslatadi, ishtiyoji shakllantiradi Bolada paydo bo’lgan faxrlanish va malakalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Raqobatlashtirish va jazolash meyorida bo’lsgina, ularning tarbiyaviy ta’siri ortadi.

Boshlang`ich sinf o’quvchilari faoliyatini baxolash unda o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumki maktablarda bolalarni og’zaki baholash odat tusiga kirib qolgan chunki birinchi sinf o’quvchisi ana shu baho ta’sirida o’z faoliyatini kuchaytiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. Xatto o’quvchi dastlabki paytlarda “yaxshi” yoki “yomon” bahoning farqiga ham bormaydi. Ko’proq nechta baho olgani qiziqtiradi. O’qituvchining rag’batlantiirishi uning uchun eng muhim rol o’ynaydi.

Ko’pchilik mutaxassis olimlar boshlang`ich sinfidagi o’quvchilarni baxolash salbiya oqibatlarga olib keladi, deb hisonblamoqdalar. Ma’lumki faqat baxo uchun o’qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. Shunga ko’ra bilimini tekshirisning boshqa usullarini topish hamda qo’llash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Negaki baxolashning bola kamoloti uchun ahamiyatini mutloqo inkor qilish ham tog’ri emas. Bundan maslahat yo’llanma tavsiya ko’rsatma sifatida foydalanish ma’qul.

Boshlang`ich sinf o’quvchilarning muhi xususiyatlaridan biri ulardagi o’qituvchi shaxsiga ishonch xissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o’quvchilarning bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyati juda kattadir.

Bola o’qituvchini aqli idrok soxibi, ziyrak sezgir mehribon hatto donishmand inson deb biladi. O’qituvchi siymosida o’zining ezgu niyati orzu istagi ajoyib, xis-tuyg’ularini ruyobga chiqaruvchi ma’tabar shaxsni ko’radi. O’qituvchining obro’si oldida ota-onalar oilaning boshqa a`zolari, qarindosh –urug`lari tanish-bilishlarning nufuzi keskin pasayadi. Shu sababli bolalar o’qituvchining har bir so’zini qonun sifatida qabul qiladilar.

Bola psixik jihatdan o’shishi natijasida uning o’qituvchi mavzusiga munosabati o’zgaradi chunki unda ongli xatti-harakat ehtiyoji tug’iladi.

O’quvchida bir talay muammolar savollar vujudga keladi. U hayotda hamma narsa o’zi o’ylagandek oson emasligini tushuna boshlaydi. Mazkur savollarga shaxsan o’zi javob topishga intiladi. Shu savollarni boshqa odamlarga ham beradi.

Ta’lim jarayonida o’qituvchi o`zining obrasidan oqilona va bilan foydalanib o’quvchilarga uyushqoqlik mehnatsevarlik o’qishga ijobiy munosabat o’z diqqatini boshqarish xulqini idora etish o’zini tuta bilish qiyinchiliklarni yengish kabi fazilatlarni shakllantirishi lozim. Buning uchun har tomonlama ta’sir ko’rsatish usulini qo’llash kerak. Maqsadga muvofiq o’qish faoliyati boshlang`ich sinf o`quvchiarning aql-idroki sezgirligini kuzatuv changligi uquvliligi esda olib qolish esga tushiirish imkoniyatlarini rivojlantitrish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, bolalarda o`qish , yozish hisoblash malakalarini shakllantiradi. Bundan tashqari mazkur ta’lim jarayonida ularning bilimlari ko’lami kengayadi bilishga qiziqishlari ortadi. Ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi ularda taffakurning faolligi mustaqilligi maxsuldorligi ortadi. Aqliy imkoniyatni ishga olish vujudga keladi. O’quv fanlarga ijobiy

munosabat qatiy sug’ullanish hiyati jamoatchilik oldida ma’suliyati xis qilish, bilim olishning ijtimoiy ahamiyati anglash tuyg’ulari tarkib topadi.

Quyida mazkur yoshdagi o’quvchilardagi sezgi, idrok, xotira tafakkur kabi bilish jarayonlarning xususiyatlari va rivojlanishi tog’risida qishqacha to’xtayman.

Mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarning aniqligi rovonligi sofligi o’tkirlii bilan boshqa yosh davridagi insonlardan keskin farqlanadi. Ular har bir narsaga berilib, ota sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xusisiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Buning sababini ularning oily nerv faoliyatida birnchi saignal sistemasi ustunligi bilan izohlash mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchisi har qanday obekt subyekt va voqealikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intiladi. Uni atrof muhitning sirli olamini sexrli jozibasi o’ziga tortadi. Lekin ta’limning dastlabki boshqichida idrokning ayrim zaif tomonlari ko’zga tashlanadi. Boshlang`ich sinfidagi o`quvchilar idrokining salbiy hususiyati obektlarni bir- biridan farqlashdagi ulap kopincha o`rganiladigan matepialni noaniq ,hatto,noto`g`ri idrok qiladilar buning oqibatida aynan o`xshash harflar so`zlar narsalar tasviri , shakli fazoviy joylashuvning farqini to’la tasavvur qila olmaydilar. Masalan “g” bilan “k” xarflarni “o’qish” bilan “uqish” so’zlarini aylana bilan “to’g’ri chiziq” alomatlarini bir-biridan farqlamaydilar. Ba’zan esa ular kattalarning idrok ko’lami qamrab olmaydigan narsalarni payqamaydilar.

Bolalarda tartibli maqsadga muvofiq serqirra tahlil qilish faoliyati uchun ular ta’lim jarayonida ko’pincha xatoga yo’l qo’yadilar. Odatda zarur va muhim alomatlar bir yoqda qolib, tasadifiy belgilarga e’tibor beradilar. Psixolog N. F Davrinin tasviriy san’at darsida o’quvchilarga rangli qilib ishlangan olmaxonning rasmini ko’rsatgan, so’ng uni chizishni tavsiya qilgan. Surat olib qo’yilgandan keyin bolalarga olmaxonning mo’ylov ko’zi mo’ynasining rangi to’g`risida qator savollar paydo bo’lgan.

Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki boshlang`ich sinf aniq idrok qilish imkoniyati juda chegaralangandir.

Mazkur yoshdagi o’quvchining idroki o’zining xatti harakati o’yin va mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Qandaydir narsani idrok etish o’sha narsa bilan mashg’ul bo’lishini. Anglatib keladi. O’quvchi o’zining ehtiyoji mayli qiziqish intilishi va turmush faoliyatiga mos, shuningdek, o’qituvchi tavsiya etgan. Savollar tug’iladi. Bolalarning vaqti idrok qilish ham tor ma’nodagi tushunchalardan iborat bo’ladi va ular asr eramizdan avvalgi davr kabi atamalarni nimaligini tushunmaydilar.

Harakat deganda bola ko’pincha jismoniy mexanik harakatini nazarda tutadi, lekin uning biologik ijtimoiy kimyoviy xarakatlarni bilishi to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas.

Bola hatto samolyot qush, reketa va o’qing tezligini ham noto’g’ri idrok qiladi. Masalan u – doirasida qirilib bitgan bayahbat kaltakesaklar haqidagi ma’lumiotni eshitgan bo’lsa, uyda kelib buvisidan uni ko’rgan yoki ko’rsatmaganligi so’raydi. Ta’lim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining o’rtishi tufayli bolalarda jazo vaqt va harakatni idrok qilish ko’lami kengayadi. Ular vujudga kelgan savollarga javob to’pa beradilar. Bundan tashqari ularning nazariy bilimlari amaliy faoliyatda sinab ko’rish orqali ham boyib boradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarda diqqatni irodaviy zo’r berish bilan boshqarish va favqulotda moslash imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning asosiy sababi ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Shu bilan birga boshlang`ich sinf bolalarning ixtiyorli ongli diqqati o’qish motivlari bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Odatda ularning o’qish motivlarning uzoqni ko’zlagan va maqsad bilan bog’liq motivlarga ajratiladi. Yuqori motivlari uzoqni ko’zlagan motivlarga kirsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarning motivlari voqelikka va realikka bog’liq motivlardir.

Tajribadan ma’lumki bolarga extiyorsizlik diqqat durustgina rivojlangan bo`ladi. Chunki ta’lim jarayonida ixtiyorsiz diqqatining o’sishi uchun muhim shart-sharoitlar mavjuddir. Boshlang’ich sinf o’quv materiallarning yaqqolligi yorqinligi jozibadorligi o’quvchida beixtiyor his- tuyg’ular uyg’ota oladi. Irodaviy zo’riqishsiz osongina fan asoslarini egallash imkonini yaratadi. O’quv materiallaining turli-tumanligi ixtiyorsiz diqqatining to’planishi markazlashuvi va barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Boshlang`ich sinf bolalrni o’qitishga ko’rasatmalilikdan keng foydalaniladi. Bu tadbir birinchidan bolalar faolligini oshirsa ikkinchidan materialni mantiqiy jihatdan o’zlashtirishga uni tahlil etish mavhumlashtirish va umumlashtirishga to’sqinlik qiladi. Ularga ko’rsatmalilikka asoslangan dinamik streotip paydo bo’lishi ham mumkin. Sun’iy to’siqlar halol beruvchi alomatlardan qutilish uchun yaqqol va mavhum materiallardan aralash holda foydalanish yaxshi natija beradi. Bolaning ko’rsatmalikka berilib ketishi uni asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Bola tashqi belgilarga e’tibor berishga odatlanib, ichki muhim belgilardan chetlasha boradi.

Ma’lumki ixtiyorsiz diqqat ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqish bilan bevosita bog’lanib ketsa, tabiiyki ular faqat maroqli quvonchli axborot va matnlar bilan tanishishga intiladigan bo’lib qoladilar. Natijada o’ta nozik ya’ni tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga beriluvchi diqqat ularning psixikasida mustahkamlanadi. Odatlanish murakkab o’quv materiallarini egallashda qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun K. D Ushkinskiy bolani faqat o’zini qiziqtirgan narsa bilan emas balki uni qiziqtirmagan narsa bilan ham mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari ta’limiy materiallarning ichki bog’lanishlarga ahamiyat bermay ma’nosida tushunmay quruq eslab

qo’ladilar. O’rganilayotgan materiallarni mantiqiy tahlil qilmay yoddaki o’zlashtiradilar buning sabablari



  1. ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda durustroq rivojlangani, ma’lumotlarni aynan o’zgarishsiz eslab qolish imkoniyatini yaratadi.

  2. O’quvchilar o’qituvchi qo’ygon vazifani anglab yetmaydilar natijada uning to’g’ri tushuntirib ber degan talabini so’zma-so’z takrorlash deb biladilar

  3. ularning nutq boyligi etishmasligi (ilmiy atamalar va til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to’ldirish unga qo’shimcha qilish imkoniyati yo’qligi uni soz’ma-so’z qaytarishni osonlashtiradi.

  4. O’quvchilar matni to’g’ri usullar yordamida eslab qo’lishni bilmaydilar A.A Smirnov eslab qolishning tog’ri usuli sifatida matndagi ma’nodosh soz’lardan guruhlarga ajratish , tayanch nuqtani toppish, soz’lab berish uchun reja tuzish va o’tilgan mavzularni idrok etgan holda yangi mavzuni takrorlashni tavsiya mohiyatini turli mulohazalarni dalillarni ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish orqlai o’quvchialarda mantiqiy xotira takomillashadi. Ularni A.A Smirnov tavsiya qilgan usul va vositalar bilan qurollanadi. Aqliy mehnatda mustaqillikni vujudga keltirmay bilishga intilish qobiliyatini o’stirish mumkin emas. Shuning uchun boalarga izohli oq’ish masalaning shartini sharxlash muammoli vaziyatlarni yaratish va hal qilishni o’rgaish muhim ahamiyatga ega. Ixtiyoriy eslab qolish va ixtiyoriy esga tushirishning mahsuldorligi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq

. Aqliy faoliyat darajasi ularning eslab qolishni tashkil qilish va boshqarish usullarini egallashiga uzviy aloqadordir. Mnemik xotira usullarga ta’rif yoki qoidani so’zma-so’z eslab qo’lish birlamchi va ikkilamchi qismlarga ajratish raqamlarni bir joyda to’plash, eng zarur tushunchalarga alohida e’tibor qiladi. Eslab qolish , esda saqlash esga tushirishning samaradorligi maqsadni aniqlash va unga intilish negizida vujudga keladi. Xotaraning samaradorligi o’qish motivlariga bevosita bog’liqdir T.N Bajovich o’z tajribasida bir guruh o’quvchilarga o’quv matnini bundan keyin sira kerak bo’lmasligini , ikkinchi guruhga undan tez kunda foydalanilishini aytib o’zlashtirishni tavsiya qilgan.

Olingan natijalarga ko’ra birinchi faoliyatda qo’llash ustanovkasi yuqori samara bergan matn, tez eslab qolingan va uzoq vaqt esda saqlangan I.V Zankovning tadqiqotida ham eslab qolishga intilishning roli o`rganilgan uzoq, vaqt eslab qolishga intilish ham yaxshi samara berishi isbotlangan shunga asoslanib psixologiya faniga uzoq “ vaqt eslab qolish” , “hamma vaqt esda saqlash” iboralari kiritilgan.

Umuman kattalarning xususan o’qituvchining muhim vazifalardan biri o’quvchilarda materiallarni eslab qolish uchun muayyan intilishni tarkib topishi ularga eslab qolishning usullarini fikr yuritish jarayonlari taqqoslash tahlil qilishni o’rgatishdan iboratdir.

Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta’lim jarayonida o’zini o’zi nazorat qilish materaini takrorlashda tekshirish esga tushirish mashq qilishdan unumli foydalanish zarur

.Agar kchik maktab yoshda o’quvchilaga eslab qolish va eslash usullari o’rgatilmasa ular materiallarni bevosita takrorlashdagi uzoq vaqt to’xtalib qoladilar. Shuning uchun ham eslash qiyin mehnat (Q D Ushinskiy0 hisoblanadi. Lekin o’quvchilar materiallarni eslashni xush ko’rmaydilar. Mateiallarni eslab qo’lish esda, saqlash , esga tushirish va eslash usullarini o’rgatish mantiqiy xotira o’sishining garovidir.

Boshlang`ich sinfo’quvchining hayoli o’z o’quv faoliyatning ta’siri talabi imkoniyat va shart –sharoitlari orqali tarkib topadi.

Bolaning hayoli tevarak-atrof taasurotlari dunyo ajoyibotlari ko’rsatmalilik, tasviriy san’at asarlarini yetarli darajada aks ettirish bilan vujudga keladi. Obrazlar, sur’atlar chizmalar shartli belgilar noma’lum narsalarning alomatlari tabiat manzaralari fazoviy tasavvurlar jamlanib o’quvchilarning hayoli paydo bo’ladi. Tanish obrazlar yaratish bilan uzviy bog’liq bo’lgan tiklovchi hayol bolaning ruhiy dunyodagi alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida bolalarning yorqin aniq, tiniq yaqqol, tasavvur obrazlar hayol yordamida muayyan voqealikka aylanadi. Organilayotgan fan materiallar eshitilgan obrazlar tartibga solinadi , yaxlit obrazlar tizimi yaratiladi. O’qish davomida turmush tajribasida to’plangan tassurotlarni qayta tiklash ularni, o’zaro birlashgan holatda izlanishning eng muhim omili ijodiy hayolni takomillashtiradi. Ijodiy hayolning eng muhim xusussiyatlaridan biri yaratilgan tasvirlarning yaqqolligi mantiqiy qonunlarga uzviy bog’liqligi g’ayri tabiiy ajoyib- g’aroyib istaklardan uzoqligidir.

Shuning uchun o’quvchi xayolida turmushga voqealikka zid kelmaydigan tasvirlar timsollar ko’lami tobora kengayadi. Bu esa o’quvchida hodisalarni tanqidiy baholash ko’nikmasi paydo bo’liganini bildiradi. Natijada uning hayoli tasurot qurshovidan bo’shaydi, yaratilgan obrazlarni tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlarga suyangan holda baxolash ko’nikma yanada takomillashadi.

Boshlang`ich sinf yoshdagi o’quvchilar hayolningning xususiyatlaridan yana biri hayotiy voqealik bilan hayotning o’zaro aralashib ketishidir . Ma’lumki o’quvchi yaqqol voqealik yoki hodisasi o’zi yaratgan qo’shimcha obrazlar, tafsilotlar bilan boyitib boshqalarning diqqat – e’tboriga uzatadi. Bu uning yo’lg’onchiligi emas, balki hayolning xususiyatidir. Ayrim bolalar haqorat bilan hayolning aralash holatiga chindan ham ishonadilar

, unda soddallik bilan ishonuvchanlik uzviy bog’lanib ketgan bo’ladi. Ba’zi hollarda mazkur yoshdagi o’quvchi boshqalarning diqqatini o’z axborotiga qo’shish madsadida ham unumli foydalanadi . Bunday holat birinchidan bola o’zining sinfdagi o’rtoqlari orasida yoki oilada allaqanday kamsitilganda , ikkinchidan kattalar ko’z o’ngida o’zini uddaburon qilib ko’rsatish

istagi tug’ilganda , uchinchidan haqiqiqy ijodiy obrazlar yaratish jarayonida namoyon bo’lishi mumkin. Biroq o’quvchilar hayolparastlikka berilishning oldini olishga pedagoglar umuman kattalar doimo ahamiyat berishlari kerak.

Boshlang`ich sinf o’quvchilar tafakkurining xususisytlarini o’rgangan olimlar bolaning tafakkurni quyidagi uch yo’nalishda tadqiq qilganlar. Tafakkurning yosh davriga xos xusussiyati uning rivojlanish tushunhalarni shakllantirish omillari.

Bolalar narsalarning o’zgarmaydigan ba’zi belgilari doimiyligi payqay olmasligi ulardagi tafakkurlarning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Buni J. Piaje o’z tajribasidan biridir. Unda 7-8 yoshli bolalarga ikkita bir hil hajmdagi hamirdan ularning ko`z oldida shu hamirlardan biridan kulcha yasalsa , hamirning miqdori bir xil bo’lmay qoladi, degan xulosa chiqanganlar Ma’lumki ta’limning dastlabki bosqichida bolaning umumlashtirish juda soda bo’ladi va faqat o’xshashlik belgisiga asoslanadi. Keyinchalik esa, bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xususiyati belgilarini asoslanadi. Keyinchalik esa bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xusussiyati belgilarini ajratish va tasniflashga , narsa va xodisalarning xossalari qonuniyatlarining murakkab ichki bog’linish va munosabatlarning muhim belgilari bo’yicha umumlashtirishga o’tadi.

Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari o’quv faoliyatarini buyumlarning jozibador tashqi belgilariga tayanib tashkil qiladilar. Quyosh momaqaldiroq sigir, avtomobil qush va hokazolar tog’risida fikr yurtishga “quyosh isitadi” yoritadi “momaqaldiroq guldiraydi” “sigir sut beradi”, “avtomobil yuk tashiydi” “qush sayraydi” kabi hukmlar chiqaradilar, shuning uchun agar o’rganilayogan materiallarning muhim belgi va alomatlarini bevosita aniqlash zarurrati tug’ilsa darrov ko’rinadigan misolga murojat qiladilar. R.G Natadzening tajribasida boshlang`ich sinf imkoniyati yo’qligi ma’lum bo’lgan va ular ikkilovchini ham baliq deb ataganlar. Bu hol umumlashtirib ko’zga tashlanuvchi tashqi belgi va alomatlarga qarab amalgam oshirishni istaydi.

O’quvchilari ichunchi sinfga o’tganidan so’ng umumlashtirishda moddiy dunyodagi voqelikning eng muhim munosabat va bog’lanishlarini aks etuvchi ichki belgilariga tayanadilar. Jumladan suv, havo metal va boshqa narsalarning issiqdan kengayishini umumiy muhim alomatiga asoslanib umumlashtira oladilar. Bundan tashqari o’simliklar dunyosi ularning rivojlanishi ko’payishi, chonqlanishi kabi belgilarga tayanib “jonli tabiat” iborasini ataydilar. Bolalarning mulohazalaridan “paxta dalada” o’sadi, uni paxtakorlar yetishtiradilar zavodda tozalanadi so’ng fabrikada to’qiladi. Kiyim-kechak tayyorlanadi (2-sinf o’quvchisi) “Bodom daraxti issiq iqlimli” o’lkalarga osadi (1-sinf o;quvchisi) “tulki yovvoyi yirtqich hayvon u o’rmonda yashaydi.

Jonivorlarni turib yeb tiirkchilik qiladi. Mo’ynasi qimmatbaho shuning uchun ovchilar uni ovlaydilar. Unig mo’ynasidan palto yoqalar telpak , po’stin tikiladi. (3-sinf o’quvchisi)

Bolalarning mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, ularda muhim belgilar miqdori yetarli darajada emas. Ular o’simliklarni tariflaganlarda faqat daraxtlarning qaysi turga mansubligi qayerlarda o’sishi inson va hayvonlar uchun qanchalik foydalangani ta`kidlaydilar. Hayvonlar to’g’risida mulohaza yuritganlarda ham birmuncha kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Masalan birlamchi xususiyatlar va hossalarga e’tibor bermaydilar. Boshlang`ich sinfo’quvchilar ta’lim jarayonida anchagina ilmiy tushunchalarni o’zlashtirsalarda oldingi darslarda o’zlashtirislgan turli alomatlar belgilar kashtirib ham yuboradilar. Chunki ularda tushunchalar tarkibiga kiradigan narsa va hodisalar bilan ularning belgilari o’rtasida bog’lanish tarkib topmagan bo’ladi. Ko’p tushunchalarni chunonchi baland – past, uzoq, yaqin, kam-ko’p va hokazolarni avval voqealikdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni bevosita idrok qilish asosida o’zlshtiradilar . Keyinroq esa, umumlashtirish jarayoni son tushunchasida ifodalangan bilimning miqdori munosabatiga asoslana boshlaydi. Shu sababdan ularga fazoviy munosabatlar haiqdagi tushunchalarni o’zlashtirish juda qiyindir. Birinchi va ikkicha sinf o’quvchilari uzunlik o’lchovibirliklarini o’zlashtirishda ham qiynaladilar, chunki ular uzunlik o’lchovining asosiy belgisi- uning uzunligini ajratishni bilmaydilar. Ko’p hollarda bolalar “metr” “kilometr” tushunchalarini buymning shakli bilan tasavvur etishga harakat qiladilar. Uchunchi sinfga o’tganlaridan keyin murakkab fazoviy munosabatlarni egallashga kuchlari yetadi. Chunki ta’lim jarayonida ularning fazo tog’risidagi tasavvurlari, tushunchalari kun sayin plan, mashtab, yer shari va qator shartli belgilar haiqdagi bilimlar bilan boyib boradi.

Boshlang`ich sinf o’quvchilari “vaqt” tushunchasi bilan tanishadi lekin kundalik hayot tajribasi dosirasidan chiqmaydi. Uchinchi sinf o’quvchilarida tarixiy ma’lumotlar xabarlar, axborotlarni o’qish va eshitish tufayli “soat”, “yil” “o’n ming yilalr burun”, “eramizdan” oldingi uchinchi asr “yerda hayotining” paydo bo’lishi” kabi tushunchalar shakllana boshlaydi. Lekin ularda ham katta vaqt o’lchovi miqdorini kichik vaqt miqdorida o’tgan zamonni hozirgi zamonga almashtirib yuborish hollari tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun ikki xil tarixiy voqea to’g’risida fikr yuritishda sanadagi tavovutni “sal undan keyin yoki sal ilgariroq” deya izohladilar. Xolos.

O’quvchilarning bilim, doirasi kengaygani sayin ular qat’iy hukmdordan taxminiy hukmlararo ko’cha boshlaydilar. Ya’ni narsa va hodisalarning turli xususiyatlarga egaligini , voqealik atigi bir harakatdan bir sababdan emas, balki ko’p sabablardan paydo bo’lishligini aniqlash boshqichiga ko’trariladilar. Taxminiy xukmlar ikkinchi sinfdan boshlab, namoyon bo’ladi. O’quvchilar “Nega bugun falnchi darsga ko’rinmaydi , balki kasal bo’lib qolgandir”

uxlab qolgandir. Dars tayyorlab almay uyaganidan kelmagandir. Deb gumonsirab taxminiy mulohazalar yurita boshlaydilar, natijada taxminiy mulohazalar yurita boshlaydilar.

Uchinchi sinfdan boshlab turli vaziyatlarni holatlani aniq dalillar bilan isbotlab berishga o’tadilar. Buning sababi bolalarning bilimi kundan-kunga osha borishi ma’lum tuzim hosil qilishdir. Ular bu paytda o’z hukmining chin yoki chin emasligining aniqlab yetadilar. Bevosita muhokama qilish dalil keltirish isbotlashnin shartlariga asoslanib fikr yurtiish jarayoniga o’ta boshlaydilar. Boalalr narsa va hodisalarning paydo bo’lishi sabablarini aniqlashda muammo masala va savolalr qo’yishdan tashqari ularni hal qilishga yechishga ham odatlanadilar.

Biroq ularning hukmi moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ichki qonuniyuatlarini ob’ektiv bog’lanishlari va munosabatlarini to’liq ifodalay olmaydi.

Uchinchi sinfdan boshlab o’quvchiarga tushuncha va hukmlar rivojlanishi bilan birga turli narsa va hodidalar haqida yuritilgan muhokamalar asosida xulosa chiqarish ham o’zgarib boradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchialrida induktiv diduktik xulosa chiqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Xulosa chiqarish avval bevosita idrok qillinayotgan narsalar asosida vujudga keladi. U bevosita kuzatish, idrok idrok ilish jarayonida narsa va hodisalarning munosabarni bog’lanishini aks ettiradigan xulosa chiqarish, bo’lib bo’laning tafakkuriga tayanib xulosa chiqariladi. Keyinchalik mavhum shart-sharoitlardan vujudga keladigan xulosa chiqarish turi paydo bo’ladi.

Ko`satmalilik sxemalar chizmalar tanish misol va masalalar hodisalarga asoslanishda ko’rinadi.

Boshlang`ich sinf o’quvchilar uchun sabab natija munosabatlarini ifodalovchi narsa va hodisalarni ta’riflash juda murakkabdir M.N Shardokovning tajribasida uchinchi sinf o’quvchilari jismlarning kengayishi isitishga bog’liqligini anglab yetmaganlar va barcha jismlar issiqdan kengayadi, deb xulosa chiqara olmaganlar. Umimiy xulosasini esa ekspertmenttator yordamida chiqarganlar.

Ta’lim jarayonida tafakkurning kundalik sistetik faoliyati muhim rol o’ynaydi. O’quvchi tahlil qilish jarayonida yaxlit munosabatni yoki narsasi bo’laklarga ajratib, ularning uzviy boglanishni aniqlayotgan sintezda esa.Buning aksini bajaradi, ya’ni bo’laklarning yaxlit buyumga bog’lanishning aniqlaydi.

O’quvchilar tahlilva sintezni taqqoslagani mashq qilish orqali narsa tasodifiy belgilardan ajratishni o’rganadilar va shu tariqa oz’larining mavxumlashtirish faoliyatlarini takomillashtiradilar.

Bolalarning bilimlar tizimini o’zlashtirishga tushunchalarni qonuniyatarini noma’lum belgisiga binoan o’rganishlari tez-tez uchrab turadi va bu xol o’quv materiallarini o’zlashtirishi qiyinlashtiradi.Shuning uchung o’quvchilarga tushunchani to’g’ri umumlashtirish usullarini o’rgatish lozim.

Boshlan’ich sinf o’quvchilarning umumlashtirish faoliyaini rivojlantiruish maqsadida amalgam oshirilgan taqdiddotlardan o’zlari mustaqi ravishda narsalarni muhim belgilalriga asosan umumlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ularda mahaliy tushunchalar ataalar, tushunchalar miqdori keskin kamayadi.

Boshlangich sinflardagi ta’lim jarayonida ba’zan hissiy- yaqqol yoki empirik umumlashtirish imoniyatiga ega bo’ladilar, Ularda mahaliy tushunchalar atamalar, trushunchalar miqdori keskin kamayadi.

Boshlang’ich sinflardagi ta’lim jarayonida ba’zan hissiy- yaqqol yoki empiric umumlashtirish usuli qo’llanadi va bu ish albatta topshiriqning talabiga binoan amalga oshiriladi. Narsa va hodisalarni guruhlarga ajratish va tasniflash lozim bo’lib qolsa, ko’pincha shu usulalrdan ham foydaanish tavsiya qilinadi.

Bayon etilganlardan boshlang’ich snf o’quvchilari ta’lim jarayonida turli umumlashtirish va mavhum lashtirish usullaridan foydalanish ma’lum bo’ladi.

Ularning mavhumlashtirish va umumlashtirish faoliyati to’rtinchi sinfgacha asta sekin murakkablashib miqdori vasifati jihatdan o’zgarib boradi.



Shunday qilib, maxsus tashkil etilgan mavxumlashtirish va umumlashtirish usulalrini o’rgatish bolalar taffakurining rivojlanishi maktab yoshidagi o’quvchialrning taffakuri mantiqiy fikrlash mulohaza yuritish hukm va xulosa chiqarish taqqoslash tahlil qilishning turli usulalrini qo’llashdek o’ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalrdan va o’smirlar tafakuridan keskin far qiladi. Boalar taffakurida yaqqol obrazlarga suyanib mulohza yuritish ya’ni yaqqol taffakur muhim taffakurdan ma’lum aerajada ustun turadi. Va ualrning taffakuri yosh xususiyatiga mutloqo mosligini ko’rsatadi. Ta’lim jarayonida taffakur operatsiyalarini mustaqil fikrlashni o`rgatish boshlang`ich sinf o’quvchilari maqol topish orqali rivojlanadi.

Yüklə 112,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin