1.Kichik maktab yoshi davrining o’ziga xos xususiyatlari.
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda shaxs xususiyatlarining shakllanishi.
3. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishigа doir tadqiqotlarning moxiyati.
4.Xulosa
Bu davr odatda bolalikning maktab davri deb ham yuritiladi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshida to’plagan shaxsiy tajribasi, til boyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham ahloqiy, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piajening ma’lumotiga ko’ra, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib, ma’lum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qoladigan bo’lib boradi. Shuning uchun ham ular ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qituvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi tashqi real olamni, u qanday bor bo’lsa shunday anglay boshlaydi. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab o‘quvchilariga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. “Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanad”. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni urganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada ryvojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv saoliyati talablariga bo‘ysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug’ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. O’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi, Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilasida o‘zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va qolatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdag‘i bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti- harakatlar o‘zgalar ko‘z ungida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanyotganida tayorlanadi. Buning uchun u dastavval, ta’lim-tarbiya tomonidan o’quvchi shaxsiga qo’yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi. Undan tashqari u fan asoslarini o’rganish uchun ham biologik, jismoniy ham psixologik jixatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayorgarlik deganda, bolaning obektiv va yubektiv jixatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro munosibligi nazarda tutiladi. O’quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda obektiv tayyor bo’ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan ajralib turadi.
Maktab ta’limiga tayorgarlik ko’rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko’rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari unung ro’lli va syujetli o’yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko’rish, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagi va tengqurlari nutqini idrok etishlarida, matematik amallarni bajarishlarida, hikoya tinglash va o’zi haqida tuzishda ham bevosita namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib bola o’z diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo’naltirishga, to;plashda va uni mustahkamlashda, hamda taqsimlashda malum darajada ko’nikmalarni egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish zarur paytda uni o’zi tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajiyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajubga soladigan vaziyatlarva ma’lumotlarni puxta eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha faqat kattalar yordamida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo’lsa, endi u o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda ma’lumotni olishga , o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o’zining uncha boy bo’lmagan tajribasiga asoslanib, she’r, hikoya, ertaklarni esda qoldirishi uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay usul va yo’llaridan foydalanganligi ta’lim jarayonida unga juda qo’l keladi. U o’qish, idrok etish, o’zlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda kognitiv faoliyatni tashkil etsa ham biron bir narsani eslashda xotiraning boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, aksincha, ta’lim shaxsdan so’z mantiq xotirasini taqazzo qiladi, ijodiy produktiv yo’l bilan bilimlarni egallashni talab qiladi. So’z-mantiq xotirasining mavjudligi matnnning ma’nosiga tushunib esda olib qolish samaradorligini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Tajribalardan shu narsa malumki, bola ma’nosiz soz’lardan ko’ra ko’proq ma’nodor ilmiy tushunchalarni yaratish, tuzish va mustaxkamroq esda olib qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi kattalar bilan muloqotga kirishish, o’zgalar fikrini o’qib olish va uni maqsadga muvofiq to’g’ri idrok etish darajasiga to’la javob bera oladi. Bola nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va ko’lam jihatdan har qanday kimsa bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo yetarlidir. O’quvchi o’zi eshitgan narsalarni, voqelik haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri tushuna oladi, o’zida mavjud bo’lgan axborotlarni, taassurotlarni muayyan tartib bilan bayon qila oladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi, narsalarni tasdiqlaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi.
Yirik chet etva sobiq sovet psixologlari tadqiqotlarining ko’rsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishiga, ro’yobga chiqishiga imkon beradi. Chunonchi, bolalar matematik, fizik, ximik, politexnik, lingvistik tushunchalarni o’zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab bo’lmagan masalalar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshi davrida to’plagan shaxsiy tajribasi, tilboyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellectual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piaje ma’lumotlariga qaraganda, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib malum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun ham u, bazan ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qtuvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi real tashqi olamni, uni qanday bo’lsa shunday mavjud xususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama yetuk, go’zal axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash jarayonida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish masalasidan kelib chiqadi. Mazkur muammoni o’rganishda psixologlar oldida turgan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshlang’ich ta’limni ilmiy asosda to’g’ri yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi.
Bu davrdagi tadqiqotlarga to’xtaladigan bo’lsak, ayniqsa E.Erikson, Z.Freyd, G.A Sukerman va V.V.Rubsovlar, K.S.Vigotskiy va D.B.Elkoninlarning tadqiqot va g’oyalarini alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak. Ular bolalarning psixik hamda shaxs sifatida rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, sinf jamoasi, o’qituvchi, ota-onasi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishish mumkinligini ta’kidlab o’tishgan. Ularning yuqoridagi bu g’oyalariga hali to’xtalib o’tamiz.3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatning ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz qolgan holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Shaxs shakllanishi nazaryalari va bosqichlariga nazar soladigan bo’lsak, Erikson: “Maktab yoshi: mehnatsevarlik o’z-o’zidan qoniqmaslik. To’rtinchi ijtimoiy –psixologik davr Z.Freyd nazariyasida yashirin latent davrga mos keladi. O’z jinsidan ota- ona bilan raqiblikdan bartaraf etilgan bo’ladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolani oila chegarasidan chiqishi sodir bo’ladi va tizimli ta`lim xususan madaniyatning texnologik tomonlariga qo’shilishi boshlanadi. E.Eriksonning kontseptsiyasida ushbu madaniyat doirasida ahamiyati bo’lgan qurol – aslahalar, hosiblik faxriy va ilmiy unvonlar bilan munosabatda bo’lishini bilish nimanidir o’rganishga aynan intilish va tez o’zlashtirishi universal deb tan olingan.
Mehnatsevarlik, ishdan zavqlanish atamalari bu davrning asosiy mavzularni ifodalaydi bu davrda bolalar nimadan nima hosil bo’lishini va u qanday ishlashini bilishga intilishi bilan band bo’ladilar. Bolaning “Ego” muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” – men nimaga o’rgangan bo’lsam. Bolalar maktabda o’qib, faol ishtirok anglangan tartib – intizom qoidalariga qo’shiladi. Maktab tartib-qoidalari bilan bog`liq bo’lgan odam mukammal ijrochidir. Bu davrning qaltisligi shundaki, o’z-o’zidan qoniqmaslik hissini, o’z qobiliyatlari yoki tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat.” Z. Freyd boyicha bu yosh davri:Latent bosqich –jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha o’smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o’qish, sport, bilishga intilish asosan o’zini jinsidagi tengdoshlari bilan do’stlashishga yo’naltiriladi.
Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyusiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir. YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7-8 Yoshda (aqliy Yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti Yoshda ham) shakllanadi. YA’ni shu Yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi. Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik krizis bilan mos keladi( bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi). 6-7 Yoshli maktabga tayyor bolada "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xattiharakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqazo etadi. Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib, boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu Yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni engishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu Yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. CHunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab ''Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi.. Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘ozievning fikriga ko‘ra, buning sabablari quyidagilar:1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni aynan,o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi; 2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar,natijada uning “to‘g‘ri tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar; 3)ularning nutq boyligini etishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar. o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi.. F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:” a) o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va Shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali”. Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam bog‘liqdir. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga Yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin.
XULOSA Xulosa qilib aytganda O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. O’quvchining ushbu yosh davrida o’qtuvchining har bir aytgan so’zi, xar bir xatti- harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni bo’lib qoladi. Chunki o’quvchilar o’z o’qtuvchilariga juda qattiq ishonadilar, ularning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik taktdan o’ta ta’sirlanadilar, qo’ygan talablariga qat’iy amal qiladilar. Ana shu tomondan pedagog bergan barcha vazifalarni, yaratilgan muammoli vaziyatlarni hal qilishga intiladilar, ularni o’z vaqtida ado etishga intikladilar.
O’qtuvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok etilishi idetifikatsiya bosqichiga o’xshab ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) o’quvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko’rsatish, 2) atrof-muhitdagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shug’ullanish to’g’risida ko’rsatma va yo’llanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan burch xissini tushuntirish, 5)uni to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, 6) ijobiy xis-tuyg’u va ezgu niyatlarini qo’llab quvatlash, 7) o’qilgan kitobni, tomosha qilgan kinofilmni, sinfda sodir bo’lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) o’quvchilarni nomaqul so’z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglashga o’rgaish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu omillarning barchasi o’quvchining shaxs bo’lib shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi.