Chet mamlakatlarning rag’batlantiruvchi fiskal siyosati xalqaro foiz stavkasi ning oshishiga va capital harakati schyotining (I-S<0)defitsiti va joriy operatsiyalar schyoti (Xn <0) ning ijobiy saldoga ega bo’lishiga olib keladi. Ichki investitsiya mamlakat tomonidan rag’batlantirilgan holatda, rejalashtirilgan investitsiya egri chizig’i o’ngga va yuqoriga harakat qiladi, boshqa ishtirokchilari foiz stavkasi r va jamg’arma hajmi S o’zgarmaydi. Bunday modellashtirishning natijasi sifatida kapital harakati schyoti (I-S) >0 ijobiy qoldiqqa va joriy operatsiyalar schyoti (-Xn) qisqarishi kuzatiladi. Investitsiya chizig’ining o’ngga va yuqoriga siljishi kapital harakati schyoti (I-S>0) ning ijobiy saldoga va joriy operatsiyalar schyoti (-Xn) ning manfiy saldosi yoki joriy to’lov balansida defitsitni keltirib chiqaradi.
r S
chizma. Mamlakatdagi investitsiya taklifi hajmining o’zgarishi. Demak, xalqaro tovarlar orqali to’lov balansining joriy schyoti (Xn)da o’z aksini topadi va bu kapital harakati schyoti (I-S) da o’z aksini topgan kapital jamg’armalar oqimi bilan juda mustahkam bog’liq hisoblanadi.
Shunday qilib, davlat investitsiyani rag’batlantiruvchi siyosat olib borsa, bu kapital harakati schyoti (I-S) ijobiy qoldiqqa va to’lov balansining joriy operatsiyalar kamomadga (Xn) ega bo’linadi.
Aksincha, agar davlat jamg’armalarni rag’batlantiruvchi siyosat olib borsa, yuqoridagi holatning aksini kuzatish mumkin.
I-S<0 va Xn >0
Agar biz kichik ochiq iqtisodiyot modelini yopiq iqtisodiyot bilan taqqoslaydigan bo’lsak,yopiq iqtisodiyotda jamg’arma darajasi juda past bo’ladi va bu o’z navbatida investitsiya hajmining ham past darajada bo’lishiga va kelajakda kapital zaxiralarining kamayishi oqibatda iste’mol (C) ning kamayishiga olib keladi.
Ochiq iqtisodiyotda esa jamg’armalarning past darajada bo’lishi tashqi qarzning ortishiga olib keladi va bu ham kelajakdagi iste’mol (C) ni kamaytirishga olib keladi.
Yuqoridagi aytilganlardan foydalanib, biz mamlakatdagi chet el taklifining funktsiyasini ko’rishimiz mumkin:
X= +mX Bu erda :
X – eksport hajmi
- avtonom eksport hajmi, ya’ni mustaqil real ayirboshlash kursi asosidagi (X) m – eksportga moyillik.
Import bo’yicha keyns funktsiyasi:
M= + Y
M – import
- ixtiyordagi daromaddan importga taklif
- import iste’moliga bo’lgan moyillik
S hunday qoida bor <
Bozor farovonligi uchun jami taklif funktsiyasiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni ko’rib chiqdik.
Kelib chiqadigan jami taklif funktsiyasi
= C+I+G+ Xn
Izohlashning keynscha modeli daromadga asosan quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
= C(y) + I(p,i) + G(y) + Xn (E,y)
Izohlashning keynscha modeli foiz stavkasi bo’yicha esa quyidagicha bo’ladi:
= C(i) + I(y,i) + G(i) + Xn (e,i)
0>