Kif fakulteti. 210-21 guruh talabasi Raxmonaliyev Abbos



Yüklə 178,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü178,05 Kb.
#162857
  1   2   3
1-amaliy ish ps.



KIF fakulteti. 
210-21 guruh talabasi 
Raxmonaliyev Abbos. 
1-topshiriq. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning 
vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida) . 

Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. 


Terib-termachilab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan 
ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini 
kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni 
o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar 
tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib 
borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni 
berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganJar. Turli tovushlarni chiqarish 
yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning 
namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi 
harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir 
etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan 
bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan 
munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.Turli tabiiy ofatlar 
ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot 
kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo'lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga 
hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yo'nalishida yetarlicha bilimga ega bo'lgan 
kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi. Natijada bolalarga 
hayot tajribalarini o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum 
yo'nalishlar bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila 
boshlandi.Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo 
bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.Antik davrda 


maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida 
faoliyat olib borganlar. 
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so'zi 
afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda 
Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga 
ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom 
bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar 
zimmasiga yuklatilgan.Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida 
bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular 
«pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» 
demakdir.Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni 
berish bilan doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar. 
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki 
ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy 
bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.

Yüklə 178,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin