3-topshiriq.
Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot
olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida).
Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlar
yosh
xususiyatlari
deb
ataladi.
Ana
shu
yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola
rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi. Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish,
uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining
o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha
bo'ladi. Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, ko'rish va
eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi,
sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-
partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv
faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning
individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va
bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim.
Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini
anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli
yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf
o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning
jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi:
1. Go'daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boigan davr.
2. Bog'chagacha bo'lgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo'lgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar (bolalar)—7 yoshdan 11,12 yoshgacha.
5. O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) — 14—15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar) - 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati egallaydi. Bu
juda qiyin o'tish davri bo’lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning tashqi ko'rinishi
kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o'sishi
tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o'sishiga xos bu
xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va
o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli
uchrashuv, sayr va tomosha, ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri
o'quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo'ladi, his-tuyg'ulari
mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12—15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-
fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning
o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri
boshlanadi. Bu bolaning fe'1-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport
va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi.
Intizomi bo'shashadi.Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga
tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish —
tafakkur qobiliyati
, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil
etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli
tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.
2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan
solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar — yosh
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o'smirlarning hammasida ham
bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga
qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta
o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga
bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.
Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan
shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham
barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88
foiz o'smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar,
degan savolga javob topish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd
etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50
foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon
baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan
ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning
uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi. Bu yoshda o'smirlar kattalar
oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga
bo'lgan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol», «bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan
kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar
o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun
bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash
natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan,
kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda
yordam berish zarur. 13—14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish,
vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik,
katta bo'lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu
davr o'spirinlarning ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtayi
nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi,
his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal
tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda , ular o'rtasida munozaralar o'tkazish
yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o'spirinning
barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo’lshi zarur. Ularda o'quv fanlarini
tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o'z fikrlarini
mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar.
Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g'o'r fikrlari va dunyoqarashlarini
to'g'ri yo'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash, ma'naviy-axloqiy,
ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |