Kif fakulteti. 210-21 guruh talabasi Raxmonaliyev Abbos


Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study



Yüklə 178,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü178,05 Kb.
#162857
1   2   3
1-amaliy ish ps.

2.Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, 
Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida) 
O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy 
merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, 
do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni 
shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy 
fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining 
haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar 
mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga 
vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida 
ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu 
tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi 


va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, 
o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. 
Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom 
Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga 
etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani 
bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning 
ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda 
muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va 
uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni 
sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-
onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf 
bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340]. Odob masalasini insoniyat tarixida 
to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda 
kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan 
asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar 
tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq mutafakkirlari 
tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-
tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. 
Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid 
boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-
oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy 
fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan 
bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli 
undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi, 
shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi. Har bir 
xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining 
asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni 


ifodalaydi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob 
saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan 
taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini 
bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga 
Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o’zining ma’naviy-axloqiy 
qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo’sha olganligi olib 
borilgan izlanishlardan ayon bo’lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga 
ko’ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o’zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan 
Xoja Ahmad Yassaviy rostgo’ylik, halollik, o’z-o’ziga talabchanlikni targ’ib qiladi. 
Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. 
Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari 
o’quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan 
o’zini olib qochishga undaydi”. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan 
keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri 
Burxoniddiy Marg’inoniydir. Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy 
tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi 
g’oyalari shaxsni har tomonlama va uyg’un rivojlantirishning asosiy vositasi bo’lib 
xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta’limotining yirik 
nomoyondasi Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid 
qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e’tiqod, halollik, axloqiy 
poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o’rinni egallaydi 
.Alloma Marg’inoniy o’zining axloqiyhuquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma’naviyatini 
rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy 
pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Farzandga adab, hunar o’rgatmakni 
meros deb bilg’il. Agar sen xoh unga adab o’rgatg’il, xoh o’rgatmag’il turmush 
mashaqqatlarining o’zi unga o’rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, 
kecha va kunduz uni tarbiyalaydur. Kaykovus 44 bobdan iborat bo’lgan “Qobusnoma” 
asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga 


munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o’zaro axloqiy 
munosabatlari, haqorat, qo’pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir 
qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning 
mas’uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg’u beriladi. Sharq 
mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, 
qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, 
hayotda ulardan to’g’ri foydalanish – ta’lim jarayonida o’qituvchilarning pedagogik 
mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq 
mavzuiga bo’lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka 
erishganimizdan so’ng, tarixiy va madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan 
ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma’naviy qadriyatlarimizning 
mazmunidagi axloqiy g’oyalarni bilishga bo’lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib 
borayotganligidir. Ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo’nalishini tubdan 
o’zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko’tarishning birinchi sharti – unga bir 
butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir. Yosh 
avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, 
boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, 
Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o’zligini 
chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning 
kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini 
ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi. Taniqli 
o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot - 
yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Mashoyixlarning 
aytishlaricha, “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning 
yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur” . A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari 
yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta’lim va axloqiy tarbiya berish uchun 
darslik sifatida o’qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o’rganar ekanmiz, biz o’sha 


davrda maktablarda o’quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, 
xalq og’zaki ijodi, Qur’on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning 
hikmatli so’zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko’ramiz. Masalan, 
“Yaxshi xulqlar” qatoriga kiruvchi “Sabr” mavzusida: “Sabr insonlar uchun buyuk bir 
fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq 
tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur”. Shul xususda so’ylanmish 
bir hadisi sharifning ma’nosi “ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, 
yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur,” - 
deyilishi. Arablar “assabru miftohulfalah”- sabr shodlig’ning kalilidur deyurlar. Oilada 
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy 
pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi 
kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo’llarini topish asosiy 
muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat 
ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola 
tarbiyasiga bo’lgan talabi ortib boradi. 

Yüklə 178,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin