Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Yarim qattiq, filtrlovchi to`siqli filtrlar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə6/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
газларни тозалаш

Yarim qattiq, filtrlovchi to`siqli filtrlar kassetalardan tarkib topgan bo`ladi. Gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarni ushlab qolish uchun kassetada ikkita to`r orasida shisha tolalar, metall qirindi yoki boshqa materiallar qatlami joylashtirilgan bo`ladi.
Sekstiyalarga biriktirilgan kassetalar past konstentrastiyali 0,001...0,005 g/m3 changlarni tozalash uchun mo`ljallangan.
Qattiq filtrlovchi to`siqli filtrlar odatda changli gazlarni mayin tozalash uchun ishlatiladi. Filtrlovchi to`siqlar g`ovakli keramika, presslangan yoki qizdirib biriktirilgan kukunlar, hamda plastmassalardan yasalishi mumkin.
Cilindrik filtrlovchi elementli, patronli filtrlar. Temperaturasi yuqori bo`lgan changli gazlarni tozalash uchun qo`llaniladi. Bu qurilmalarning filtrlovchi elementi g`ovakli qilib metallokeramikadan yasaladi va ular patronlar deb nomlanadi (3.33-rasm). Filtrlovchi elementlar stilindrik halqasimon yoki tekis shaklda bo`lishi mumkin.
Chang filtrlovchi elementdan o`tib, tozalangan gaz qurilmaning yuqori qismidagi shtusterdan chiqib ketadi. Changlar esa filtrlovchi patronning tashqi yuzasi va g`ovaklarida ushlanib qoladi. Patronlar tashqi yuzasi va g`ovaklari chang bilan to`lib qolsa, jarayon tezligi keskin ravishda pasayadi.
Shuning uchun ular siqilgan gaz yoki havo yordamida puflab qayta tiklanadi. Undan keyin, yana qaytadan gazni tozalash jaraeni davom ettiriladi.
Qayta tiklash paytida patrondan puflab chiqarilgan changlar konussimon tub 6 dan chang yig`gich 7 ga to`kiladi.
Metallokeramik filtr elementli filtrlarda zarrachalarning o`lchami 5 mkm dan yuqori bo`lgan changli gazlarni tozalash mumkin.
Patronli filtrlovchi elementlar qattiqligi, yuqori mexanik mustahkamligi, kimyoviy va temperaturaning keskin tebranishlariga chidamliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham, ushbu filtrlovchi elementlar kimyoviy agressiv va issiq changlarni tozalash uchun ishlatiladi.
Gazlarni tozalash filtrlarning hisobini o`tkazishdan maqsad, uning umumiy filtrlash yuzasini aniqlashdir, ya’ni


(3.70)

bu erda V - changli gazning hajmiy sarfi, m3/s; Vsol - filtrlarning solishtirma tezligi, m3/(m2.s);


Filtrlovchi elementlar soni esa, ushbu tenglikdan topiladi:


(3.71)

bu erda d va l - engning diametri va uzunligi.





Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin