Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Donador qatlamli filtrlar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə7/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
газларни тозалаш

Donador qatlamli filtrlar. Bunday filtrlarda davriy, qo`zg`almas yoki uzluksiz harakatdagi filtrlovchi qatlam sifatida maydalangan koks, kvarst qum, shlak, shag`al va boshqa materiallar qo`llanishi mumkin.
Filtrlovchi qatlam panjara yoki to`r orasidagi sekstiyada, gorizontal yoki vertikal holatda o`rnatilishi mumkin.
3.16-rasmda uzluksiz ishlaydigan qumli filtr konstrukstiyasi keltirilgan. Bu turdagi filtrlar gazlarni mayin tozalash uchun qo`llaniladi. Masalan, siqilgan gazlarni moylardan, qorakuyadan va sintez gazlarini changdan tozalash uchun ishlatilishi mumkin.


3.19. Gazlarni suyuqlik bilan yuvib tozalash

Changli gazlarni tozalash uchun ularni suv yoki boshqa suyuqliklar yordamida yuvib, qattiq zarrachalardan tozalanadi. Bu usul gazlarni sovitish va namlash ruxsat etilgan, hamda qattiq zarrachalar qimmati bo`lmagan hollarda qo`llaniladi. Ma’lumki, gazlar sovutilganda suv bug`lari kondensastiyalanib, zarrachalar namlanadi va ularning zichligi ortadi. Natijada qattiq zarrachalar gazdan oson ajraladi. Bunda, zarrachalar kondensastiyalanish markazlari vazifasini bajaradi. Agar, zarrachalar suyuqlik bilan ho`llanmasa, unda bu turdagi qurilmalarda gazlarni tozalash samarasizdir. Bunday hollarda gazlarni tozalash darajasini oshirish uchun suyuqlik tarkibiga spirt – sirtiy faol moddalar qo`shiladi, ya’ni suyuqlikning ho`llash qobiliyati oshiriladi.


Suyuqlik bilan yuvib tozalovchi qurilmalarda, ularning konstrukstiyasiga qarab, gazlarni tozalash darajasi 60 dan 85% gacha bo`ladi. Bu turdagi qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, tozalash jarayoni o`tkazilishi natijasida oqava suvlar hosil bo`lishidir. Ma’lumki, oqava suvlar ham o`z navbatida tozalanishi kerak.
Skrubberlar ichi bo`sh yoki nasadkali, ko`ndalang kesim yuzasiga qarab esa, stilindrsimon yoki to`g`ri to`rtburchak shakldagi kolonnalar ko`rinishida bo`ladi.
Ichi bo`sh skrubberlarga changli gaz qurilmaning pastki qismidan 0,8...1,0 m/s tezlikda kiritiladi. Gaz o`z yo`nalishini o`zgartirib, yuqoriga qarab harakat qiladi. Skrubberning tepa qismidagi purkagichdan suv yoki boshqa suyuqlik sochilib, og`irlik kuchi ta’sirida mayda tomchilar pastga qarab yo`naladi. Natijada gaz va suv tomchilari qarama-qarshi yo`lli harakatida bir-biriga ko`p marta uriladi. Bu o`zaro ta’sir tufayli gaz tarkibidagi qattiq zarrachalar suyuqlik bilan yuviladi, og`irlashadi va oqava suv hosil qilib, pastga tushadi. Tozalangan gaz skrubberning tepa qismidagi shtusterdan chiqib ketadi. Oqava suv qurilmaning tubidagi shtuster orqali tozalashga chiqarib yuboriladi.
Ichi bo`sh skrubberda gazlarning tozalanish darajasi 60...75% ni tashkil etadi. Nasadkali skrubberlarda qobig`ning ichiga nasadkalar ma’lum bir tartibda yoki tartibsiz o`rnatiladi (3.34a-rasm).
Tozalash jarayoni intensivligi va tezligini oshirish uchun skrubberlarga albatta nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar qo`llanilishi natijasida gaz va suyuq fazalar o`rtasida urinishlar ortadi, ya’ni to`qnashuv yuzasi oshadi. Odatda skrubberlarga halqasimon yoki xordali nasadkalar o`rnatiladi. Ayrim hollarda esa, koks yoki kvarst bo`laklaridan hosil qilingan qatlam, nasadka sifatida ishlatilishi mumkin. Nasadkali skrubberlarda gazlarning tozalanish darajasi 75...85%.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin