Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan qonun loyihasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni 44-1-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
https://regulation.gov.uz/oz/d/59104
Unga ko‘ra, quyidagilar ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishini taqiqlash nazarda tutilmoqda:
1️⃣ sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
2️⃣ qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
3️⃣ hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi, tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
4️⃣ psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
5️⃣ pedagoglik (professor-o‘qituvchilik) faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaxslar.
👆Muhim joylari:
➖ ikkinchi va beshinchi xatboshilarida keltirib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganda, ya’ni sudlanganlik olib tashlangan/tugagan yoki kasallikdan tuzalgan bo‘lsa, yana pedagog sifatida ishlashga ruxsat beriladi;
➖ 1, 3 va 4-banddagilar umrbod pedagogik faoliyat bilan shug‘ulllana olmaydi;
➖ pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Pedagog imiji bu-?
Lug‘aviy jihatdan “imij” (ing. “image”) tushunchasi “siymo”, “timsol”, “qiyofa” va “obraz” ma’nosini bildirsa, mazmunan “joziba”, “maftunkorlik” ma’nosini anglatishga xizmat qiladi
O‘qituvchilarning imiji ularning shaxsi to‘g‘risida atrofdagilarga “ma’lumot” berib qolmay, balki o’quvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri sanaladi.
Pedagogik imij – pedagog ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan uning tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblikni ifodalaydi
Pedagogik faoliyat deganda qanday jarayon tushuniladi?