KIMYO DARSLARIDA TABIIY ILMIY SAVODXONLIK ASOSIDA KIMYOVIY TUSHUNCHALAR VA MATNLARNI O‘RGANISH
TADQIQOT NATIJALARI
Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin. Darhaqiqat, Getzels va Csikszentmihalyi (1976) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha talabalarning muammoni taʼriflashdagi muvaffaqiyatlari ular chizgan rasmlarning estetik qiymati hamda oʻziga xosligining mezonlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan. [1]
Kimyo darslarini o‘qitishda tabiiy-ilmiy savodxonlikning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Uni bir nechta misollar bilan ko‘rib chiqishimiz mumkin.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan, hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. [5]
Masalan, Anorganik kimyo kursida kimyoviy boglanishlar mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, avval kimyoviy bog‘lanishlar mavzusi mukammal o‘rganiladi, ya’ni kimyoviy bog’lanishlar o‘zi nima, kimyoviy bog‘lanishlar deb nimaga aytiladi? Kimyoviy bog‘lanishlarning necha turlari bor? Har bir turlariga qanday moddalar misol bo‘la oladi? Kabi savollarga javob beradigan xolatda bilimga ega bo‘lishlari kerak. So‘ngra, barcha fikrlar tekshiriladi. Tekshirilgan vaqtda qanday kamchiliklari borligi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha barcha tushunchalar taxlil qilinadi.
Agar o‘quvchilarda qo‘shimcha xolatda fikr va g‘oyalar bo‘lsa ularni ham qo‘shimcha sifatida kiritiladi. O‘quvchilarning fikr va mulohazalari tekshiriladi. Berilgan yangi fikrlarning qanchalik to‘g‘riligi va mavzuga mosligiga qarab mavzuni tez va oson o‘rganishga takliflar kiritiladi. Bu takliflarning qay darajadagi samarasi bir nechta fikrlar bilan izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi.
Ozon Atmosfera – bu havo okeani va yerda hayotni ta’minlovchi bebaho tabiiy resurs. Afsuski, insonning shaxsiy manfaatiga asoslangan faoliyati umumiy resursga zarar yetkazmoqda, bu yerdagi hayotni himoya qiluvchi ozonning yupqa qobig‘i yemirilishi bilan ifodalanadi.
Ozon molekulalari ikki atomli kislorod molekulalaridan farq qilib, kislorodning uchta atomida tashkil topadi. Ozon molekulalari nihoyatda siyrak: havoning bir million molekulasida o‘ntadan kamroq bo‘ladi. Biroq, qariyb milliard yillar davomida ozonning atmosferada bo‘lishi yerda hayot saqlanishida katta ahamiyatga ega. Ozon qayerda joylashishiga qarab yerdagi hayotni himoya qilishi yoki unga zarar yetkazishi mumkin.
Troposferadagi ozon (Yer yuzasidan 10 km gacha bo‘lgan balandlikda) “yomon” ozon bo‘lib, u o‘pka to‘qimalari va o‘simliklarga zarar yetkazishi mumkin. Ammo stratosferadagi (Yer yuzasidan 10 km dan 40 km gacha bo‘lgan balandlik) 90 % ga yaqin ozon “yaxshi” bo‘lib, quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarni tutib qolishi bilan foydalidir.
Bunday foydali ozon qatlami bo‘lmaganda edi, odamlarda Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar bilan bog‘liq kasalliklar yanada ko‘proq yuzaga kelardi. Oxirgi o‘n yilliklarda ozon miqdori kamaydi. 1974 yilda bunga Freon (chlorofluorocarbons – CFCs) sabab ekani taxmin qilindi. 1987 yilga qadar ilmiy tadqiqotlarda ozonning yemirilishiga freonning aloqadorligi ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan. Ammo 1987 yilda jahonning turli mamlakatlarining rasmiy vakillari Monreal (Kanada)da uchrashib,
44oppi (CFCs) dan foydalanishga qat’iy cheklov qo‘yishdi.[7]