Kimyo darslarida tabiiy ilmiy savodxonlik asosida kimyoviy tushunchalar va matnlarni o‘rganish saparova Farida Alisher qizi



Yüklə 103,11 Kb.
səhifə2/7
tarix01.12.2023
ölçüsü103,11 Kb.
#170856
1   2   3   4   5   6   7
KIMYO DARSLARIDA TABIIY ILMIY SAVODXONLIK ASOSIDA KIMYOVIY TUSHUNCHALAR VA MATNLARNI O‘RGANISH

KIRISH


Respublikamiz shiddatli rivojlanib borayotgan bir davrda bizning kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni ijodkorliklarini har tomonlama qo‘llash, ularning bilimlarini belgilangan Davlat ta’lim standartiga mos holatda shakllantirish va rivojlangan horijiy davlatlarning tajribalari, hamda xalqaro talablar bo‘yicha baholash tizimini yo‘lga qo‘yish muhim sanaladi.
Bugungi kunda insonlarni oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining kattaligiga, energiya sarflanishining ko‘pligiga bo‘lgan ehtiyojlarining ortib borishi va shu bilan birgalikda iqlimning o‘zgarishiga moslashishi zarur bo‘lgan bir vaqtda ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bu ehtiyojlarning biri sifatida tabiiy-ilmiy savodxonlik ham yuqoridagilar kabi muhim rol o‘ynamoqda. Shu bilan birgalikda ilm-fan yutuqlarini yanada rivojlanishiga olib keladi. Shu barobarida Yevropada tashkil etilgan komisssiyaning fikricha, agar rivojlanib kelayotgan yosh avlodimiz tabiiy fanlarda bohabar bo‘lmasalar, hozirgi kungi rivojlangan texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qila olmaydilar. Lekin, bu degani barcha yoshlar shu sohani egallashlari zarur degani emas, balki yoshlar o‘zlarini o‘rab turgan borliqda bo‘layotgan o‘zgarishlarni his qilishlari va shu o‘zgarishlarga javob bera olishlari zarur demakdir. Bu bilimga egaliklari esa shu sohadagi mutaxassislarning fikrlarini anglashlari va shu fikrlarga mos holatda o‘z fikrlarini bayon qila olishlariga imkon beradi. Hozirgi rivojlangan asrimizdagi muammolarning barchasi chuqur ilmiy tafakkur hamda ilmiy kashfiyotlarga asoslangan yechimlarni talab etadi. Jamiyatimizga esa har tomonlama yetuk, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ekologik muammolarni hal qila oladigan, bartaraf etadigan olim va olimalar zarur.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI


Tabiiy-ilmiy savodxonlik deganda o‘quvchining tabiiy fanlarga oid terminlarni bilishi, idrok qila olishi, mustaqil fuqaro sifatida esa sshu fanlarga oid bo‘lgan barcha muammolarga fikr bildira olishi, hamda bu muammolarni bartaraf qila olishlari tushuniladi.
Tabiiy-ilmiy savodxonlikka ega bo‘lgan shaxs esa tabiiy fanga oid ziddiyatli vaziyatlarni, texnologiyaga oid muammolarni o‘zlarida bor bilimlariga asoslangan holatda muhokamalarda qatnasha oladi va bunday vaziyatlarda qanday ish ko‘rish zarurligini biladilar.
Tabiiy ilmiy savodxonlik jamoat miqyosidagi ta’sir doirasiga ega bo‘lgan o‘ziga hos soha hisoblanishi bilan birgalikda, biror kim ishonishi mumkin bo‘lganidanda universal va umumlashgan xodisadir. Ya’ni, keng yoki nisbatan tor ma’noda olib qaralganda, har bir inson tabiiy ilmiy savodxonlik imkoniyatiga egadir. Bundan tashqari psixologlar va o‘qituvchilar orasida keng tarqalgan umumiy tushunchaga ko‘ra, ijodkorlik bilan chambarchas bog’langan va fikrlash jarayonlarida ishtirok etish deb tushuniladigan fikrlash boshqa alohida bir qator fikrlash qobiliyatlarini takomillashtiradi. Jumladan, metakognitiv qobiliyatlarni o‘zaro va shahsiy muammoni yechish ko‘nikmalarini, tenglik tushunchasini rivojlantirilishini, fanlarning o‘zlashtirilishini, kelajakda kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishni va jamiyat bilan uyg’unlashuvini yaxshilaydi. [2]
Tafovutli fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar, fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan orginal g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyatidir (Cropley, 2006).
Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, muammoga boshqacha yechimlarni qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan. Umuman olganda, tafovutli fikrlashaksariat hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan javoblarni hosil qilishdir.

Yüklə 103,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin