Kimyo darslarida tabiiy ilmiy savodxonlik asosida kimyoviy tushunchalar va matnlarni o‘rganish saparova Farida Alisher qizi



Yüklə 103,11 Kb.
səhifə4/7
tarix01.12.2023
ölçüsü103,11 Kb.
#170856
1   2   3   4   5   6   7
KIMYO DARSLARIDA TABIIY ILMIY SAVODXONLIK ASOSIDA KIMYOVIY TUSHUNCHALAR VA MATNLARNI O‘RGANISH

Ozonga oid tabiiy ilmiy savodxonlik asosidagi kreativ savollar.

1-savol


Yuqorida keltirilgan matnda atmosferada ozonning paydo bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Haqiqatda esa har kuni ozonning qanchadir qismi paydo bo‘ladi va qanchadir qismi yo‘qoladi. Ozonning paydo bo‘lishi quyidagi hajviy rasmlarda ko‘rsatilgan:

Aytaylik, sizning amakingiz bor, u rasmlarning ma’nosini tushunishga urinyapti. Ammo u maktabda tabiiy fanlar bo‘yicha hech qanday ta’lim olmagan va rasm muallifi nimani tushuntirayotganini anglay olmayapti. U atmosferada odamchalar bo‘lmasligini biladi, ammo odamchalar hamda O2 va O3 kabi g‘alati yozuvlar nimani ifodalashi, rasmlarda qaysi jarayon aks etganiga qiziqyapti. Amakingiz hajviy rasmni tushuntirib berishingizni so‘radi. Faraz qiling, amakingiz quyidagilarni biladi:
O – kislorodning belgisi ekanini; atom va molekulalar nima ekanini.

MUHOKAMA


Tushuntirayotganingizda “atomlar” va “molekulalar” so‘zlarini 5- va 6-qatorlarda ishlatilgani kabi qo‘llang.

TOPSHIRIQ BAJARILISHINI BAHOLASH


Javob to‘liq qabul qilinadi – 2 ball.
Javob uch qismdan iborat:
1-qism: kislorod molekulasi yoki kislorod molekulalari (har qaysisi ikkitadan kislorod atomlaridan tashkil topgan) ikkita kislorod atomiga parchalanadi (1-rasm).
Agar O va/yoki O2 “zarrachalar” yoki “kichik zarrachalar” deb tasvirlansa, javobda to‘g‘ri deb qabul qilinmaydi;
2-qism: (kislorod molekulasi) parchalanish Quyosh nurlari ta’sirida amalga oshadi. Agar Quyosh ta’sirida ozon molekulasi kislorod atomlari yoki kislorod molekulalaridan hosil bo‘lganligi haqida gap ketsa, javob to‘g‘ri deb qabul qilinmaydi (2- va 3-rasmlar). Diqqat qiling: 1-va 2-qismlar bitta jumla bilan ifodalanmoqda.
3-qism: kislorod atomlari kislorodning boshqa molekulalari bilan birikib, ozon molekulalarini hosil qiladi (2- va 3-rasmlar). Agar ozon O (uchta alohida) atomlarining paydo bo‘lishidan hosil bo‘lganligi aytilgan bo‘lsa, javob to‘g‘ri deb qabul qilinmaydi. Agar O3 molekula yoki molekulalar emas, balki “atomlar guruhi” deb aytilsa, bu qism uchun javobnni to‘g‘ri deb qabul qilish mumkin.

Yüklə 103,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin