Agar M figurativ nuqtaga mos keluvchi to’yinmagan eritma olib, sekin-asta suvni bug’latsak, suvning kamayib borishi bilan sistemadagi tuzlarning miqdoriy nisbati o’zgarmaydi, shuning uchun bug’latish jarayonida sistemaning tarkibiga javob beruvchi figurativ nuqtalar (H2O) E chizig’ida yotadi. a nuqtada PX tuzining kristallari ajrala boshlaydi. b figurativ nuqtaga mos keluvchi eritmaning tarkibini topish uchun PX cho’qqidan va b nuktadan AC egrisidagi b1 nuqtagacha kesishguncha konnoda o’tkazamiz.

d nuqtada eritma ikkala tuzga nisbatan to’yingan bo’lib qoladi: ushbu eritmaning tarkibi C nuqta bilan ifodalanadi. Suvni bug’latishni davom ettirsak, ikkinchi QX tuzining kristallanishi boshlanadi. Eritmaning tarkibi o’zgarmas bo’lib qoladi (C nuqta), chunki 3 ta faza bo’lganda izotermik proyeksiyada erkinlik darajalari soni nolga teng bo’ladi (Ф = 3: F = k-Ф = 3-3 = 0). e nuqtada sistema С tarkibli eritma va PX va QX kristallarining aralashmasidan iborat bo’ladi. Suv to’liq chiqarilganda E nuqtada PX va QX quruq tuzlarning aralashmasi hosil bo’ladi. Ushbu tuzlarning massa miqdorlarining munosabati QXE va PXE kesmalarning munosabati ga teng bo’ladi.
Bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi diagrammasi: to’g’ri burchakli kordinatalar sistemasidagi izotermik proyeksiya.