Bir xil ionli va evtonikaga ega bo’lgan ikki tuz eritmasining holat diagrammasini to’g’i burchakli kordinatalar sistemasida ham ifodalash mumkin. Kordinata o’qlari bo’yicha komponentlarning nisbiy miqdorlari qo’yiladi. Bunday ifodalashda PX va QX toza komponentlarga javob beruvchi nuqtalar cheksizlikda bo’ladi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan to’yingan.
M nuqta bilan ifodalangan 2 tuzning to’yinmagan eritmasidan o’zgarmas haroratda suvning bug’lanishini ko’rib chiqamiz. Figurativ nukta OMe to’g’ri chizig’i bo’yicha siljib boradi, chunki ikkala tuzning sistemadagi massalarining nisbati o’zgarmayapti.
a nuqtada PX tuzining kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b1 tarkibli eritma muvozanatda bo’ladi; d nuqtada ikkinchi QX tuzning kristallanishi boshlanadi (Ф = 3) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bug’latish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarkibi o’zgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng

(F = k-Ф = 3-3 = 0). Agar tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo’sh tuzlar, kompleks birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil qilsa, ikki tuzning suvdagi eritmalarining holat diagrammalari ancha murakkab ko’rinishda bo’ladi.
Uch komponentli suyuq sistemaning holat diagrammasi.
Hajmiy diagramma
Uchlama evtetikaning hosil bo’lishi.
Tarkibning o’zgarishi bilan xossaning o’zgarishi prizmaning balandligi bo’ylab ko’rsatiladi. Bir-biri bilan kimyoviy birikma hosil qilmaydigan,masalan, Bi- Sn- Pb sistemasini ko’rib chiqaylik. Prizma yuzalaridan ikki komponentli sistema, uning ichida uch komponentli sistema tasvirlanadi. Keltirilgan rasmda shu sistemaning oddiy diagrammasi keltirilgan. TBi∙TSn∙TPb komponentlarning suyuqlanish temperaturalari E1, E2, E3 ikki komponentli E4- uch komponentli sistemalar uchun mansub evtetik nuqtalar. E1- nuqta Bi - Sn, E2-nuqta Sn – Pb, E3- nuqta Bi – Pb sistemalar evtetikasi E1, E2, E3 evtetikalar prizma yuzalarida, E4- prizma ichida joylashgan.