III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
3.1.Talaba mustaqil ishini tashkil etish fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
rejaviy material qismini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qanday ma’ruza mashg‘ulotlari chegarasida bo‘lsa, amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlikda axborotni elektron o‘kuv adabiyotlari, internet va boshqalarni qo‘llash;
fanning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash;
taxliliy tekshirish olib borish vaqtida mutaxassislar rahbarligida yangi texnika va asboblarni, ilmiy texnologiya va jarayonlarni o‘rganish;
ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
mavzu bo‘yicha texnologik ishlanmalar tayyorlash;
mavzu bo‘yicha Startap loyihalar tayyorlash;
O‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt o‘quv rejaga mos ravishda fan bo‘yicha kafedrada taqdim et
ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqilgan va fakultet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Mustaqil ishni bajarish uchun fan bo‘yicha talabalarga zaruriy metodik qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |