IV. Talaba mustaqil ishning axborot ta’minoti
Talaba uchun fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedra fan yo‘nalishi professori va dotsenti tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchilar bilan birgalikda tuzilishi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanishi zarur. Bunda talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma va tavsiyalar qayd etilishi kerak.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy
davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli havolalar, berilgan mavzu buyicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar to‘liv ta’minlanishi shart.
Kafedra mudiri va fakultet dekani taqdimnomasi asosida universitet rahbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun o‘quv zallarida va talabalar turar joyida zamonaviy kompyuterlar va internet tarmog‘i, zamonaviy darsliklar, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari, turli ilmiy-ommabop jurnal manbalarini ta’minlab berishi va foydalanishga sharoit yaratishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |