Kimyo fakulteti noorganik vanalitik kimyo kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə18/98
tarix10.05.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#57233
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
kimyoviy ajratish Lotincha (2) yangisi lotincha

Umumiy qoidalar


Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentabr kuni qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.

Qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etadi.
Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundan tubdanfarq qiladi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’lum qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.
Hususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun dastur vazifasini bajarib bermoqda.

1.1. Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 343-son qaroriga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va baholash tartibini belgilaydi.

1.2. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida organik va fizikaviy kimyo kafedrasi mutaxassislik fanlaridan o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatdan ta’minlangan, hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.

1.3. O‘quv semestri yakunida talabaning mustakil ishi bo‘yicha to‘plagan reyting ballari fan bo‘yicha auditoriyadagi o‘quv ishlariga berilgan reyting ballariga qo‘shilgan holda guruh reyting qaydnomasida qayd etiladi.



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin