Ekstraksion fotometrik metodlar.
I.K.B. lardan foydalanishga asoslangan ekstraksion fotometrik metodlar analitik kimyo amaliyotida jadal ishlab chikariliokda va urganilmokda. Bu metodlar oddiy fotometrik metodga karaganda sezgirligi katta. Kupchilik xollarda sezgirlikni organik faza xajmini kamaytirish xisobiga oson amalga oshirish mumkin : organik va suvli fazalar xajmlari nisbatan 1:5 xatto 1:10 gacha yetadi.
Sezgirlikni oshirishning ikkinchi imkoniyati kompleksning organik fazadagi dissotsilanishni kamaytirish xisobiga. Undan tashkari ekstraktni turli rangli metodlardan ajratish (suvli fazadagi), masalan, reagentning ortikcha mikdoridanyu
Ekstraksion fotometrik metodning tanlab ta’sir etuvchanligi
Ekstraksion fotometrik metodni amalga oshirishning oddiyligi, metodni avtomatlashtirish mumkinligi , metodning universalligi. Kuplab elementlar uchun bu metodni ishlab chikarish mumkinligi va xakozo.
Organik reagentlar va ularning xelatlari, rangliligi, xelatlarning asosiy turlari: neytral, kationli, anionli, bir turli, aralash, koordinatsion to‘yingan.
Analitik kimyoda ko‘pchilik hollarda polidentant xossalarini hosil qiluvchi ligandlar qo‘llaniladi. Organik reagentlarning anorganik birikmalar ionlari bilan hosil qiladigan birikmalari halqa (xelat) xarakterga ega. Buning uchun organik reagent bidentant yoki polidentant xarakterga ega bo‘lishi kerak . Bunday kompleks birikmalarning barqarorligi halqalar soni va halqa a’zolari soni bilan aniqlanadi. Bunday effektni xelat effekti deyiladi. Besh va olti a’zoli halqalar tutgan kompleks birikmalar eng barqarorligi bilan ajralib turadi, ularda liganddagi aplent burchaklar uning deformatsiyalanishi natijasida paydo bo‘ladigan kuchlanish eng kamdir.
Masalan Fe3+ ning oksalat kislota bilan kompleksi (5 a’zoli) qahrabo kislotasi bilan hosil qiladigan yetti a’zoli kompleksiga qaraganda barqarordir.
Bitta kompleks hosil qilishga to‘g‘ri keladigan halqalar sonining ortishi ham kompleks birikmalarning barqarorligini oshiradi. Masalan: EDTA Sa2+ yoki Mg2+ bilan uchta besh a’zoli halqa hosil qiladi va barqaror.
Dostları ilə paylaş: |