Keng taraqiy etishi tufayli yuzaga kelgan xromatografik metodlarning turli-tumanligi, ularni klassifikatsiyalanishni taqozo etadi. Quyidagi asosiy belgilari asosida klassifikatsiyalash mumkin:
Ajratish mexanizmi bo‘yicha:
Aralashmaning agregat holati bo‘yicha:
Fazalar nisbiy xarakati bo‘yicha:
Elementar akt tabiati bo‘yicha:
5) Qullaniladigan texnika bo‘yicha:
Ajratish mexanizmi buyicha turga bo‘linadi: Adsorbsion xromatografiya
Adsorbsion xromatografiya - aralashmalarni ajratish
komponentlarning kattiq sorbentlarda yutilganida ularning turlicha
sorbilanish xossalariga asoslangan.
Bu prinsip asosida gazlar yoki uchuvchan moddalar analizining bajarilishi katta ahamiyatga egadir. Bu gaz — suyukdik xromatografiyasi xam deyiladi. Agar tashuvchi sifatida filtr qogozi ishlatilsa qog‘oz xromatografiyasidir.
Ionalmashinish xromatografiyasi - bu eritma miqdori va
sorbentning ionalmashinish gruppalari orasida ionlarning
almashinishiga asoslangan.
Cho‘kma xromatografiyasi - tashuvchi va cho‘ktiriuvchi tutgan kolonka
orqali analiz kilinadigan eritma o‘tkazilganda cho‘kmalarning hosil
bo‘lishiga asoslangan metoddir.
2. Aralashmaning agregat xolati bo‘yicha:
Gaz xromatografiyasi:
Suyuklik xromatografiyasi:
Gaz - suyuklik xromatografiyasi:
3. Fazalarning nisbiy harakati bo‘yicha (xromatogrammalar olish
usuli bo‘yicha xam deyiladi) :
Frontal xromatografiya:
Elyuentli xromatografiya:
Siqib chikish xromatografiyasi:
1. Frontal xromatografiya - (kolonkali yoki ichki xromatografiya xam deyiladi)da — analiz kilinidagan moddalar aralashmasi kolonkadagi sorbent qavatdan uzluksiz ravishda o‘tkaziladi. Bunda ma’lum vaqtdan keyin kolonkadan chiqish joyida dastlab elyuent A, so‘ngra kam sorbilanadigan V modda, so‘ngra birozdan sung VS va yana keyinrok, VSD moddalar chikadi va xokazo.
Tashqi xromatogramma kuyidagi kurinishga ega buladi.
Frontal xromatografiyada toza xolda faqat kam sorbilanadigan birinchi komponent chiqadi, so‘ngra ikkita va uchta komponentlar aralashmasi chiqadi.