Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish va ularni ishlatish bo’yicha odamlar bir qancha geokimyoviy jarayonlarni yaratdilar. Bu jarayoni akademik A.E. Fersman “texnogenez” termini bilan atagan. Texnogenezning birdan-bir belgisi Er shari sirtini temir bilan boytishdir. Akademik A.E.Fersman XIX asrda metallar qazib chiqarish qanchalik o’sganligini hisoblab chiqdi. Uning hisobiga qaraganda, chuyan sanoati (Fe, Mn, Mo, NiCr), elektrotexnika va havoda uchish (AL, Cu va kamchil elementlar), oziq-ovqat sanoati (N,P, K elementlari) juda tez suratlar bilan o’sgan. Og’ir metallarga ftor, vanadiy, xrom, marganets, kobalt, nikel, mis, rux, mishyak, molibden, kadmiy, simob, qo’rg’oshin, volfram, vismut, temir, surma va boshqalar kiradi. Atrof-muhit uchun xavflilari simob, qo’rg’oshin,kadmiy, mishyak, selen, ftor elementlari bo’lsa, bular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi.
Og’ir metallar tuproqqa yana biotsidlar va mineral o’g’itlar bilan ham tushadi. Og’ir metallar tuproqda asosan o’simlikka, undan oziqlanish zanjiri buylab odam va hayvonga zararli tasir qilish mumkin. Zaharli kimyoviy elementlar ichida xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob birikmasi tabiatdagi anorganik birikmalardan anaerob sharoitida organik moddalar ishtirokida hosil bo’lishi mumkin. Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalari asosan metall ishlab chiqarish sanoati hiqindilari, turli yokilgilarning yonish maxsuloti, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalardir. Xisoblarga qaraganda metallurgiya sanoati har yili juda ko’p miqdorda mis, rux, qo’rg’oshin, nikel, moibden, kobalt, simobni atrof-muhitga chiqarib yuboradi. Simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyak, ftor, rux va boshqalar bilan tuproqning ifloslanishi. Zaharli kimyoviy elementlar ichida eng xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob tabiatdagi anorganik birikmalardan anaerob sharoitda organik moddalar ishtirokida hosil bo’lishi mumkin. Simob atmosferaga toshko’mir yoqishdan hosil bo’lgan dud va simob bilan zaharlangan suv havzalari suvini bug’lanishida chiqadi. Bunda simob havo oqimi bilan ko’p joylarga tarqalishi va bazi erlarga o’tirib qolishi mumkin. Simob birikmalari, jumladan metilsimob suv, tuproq, o’simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali o’tib borib, oxiri odam organizmiga tushishi mumkin.Odam organizmdagi simob miqdori ruxsat etilgan miqdordan oshib ketsa, u vaqtda buyrak, jigar va hatto miyaga kuchli tasir qilib asab kasalini keltirib chiqishi va bu kasallik hatto o’limga olib kelishi mumkin.