Tuproqning ifolslanishi va uni muhofaza qilish. Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, kommunal-maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi. Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog’-kon sanoati
chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, ko’rg’oshin, ftor va boshqa judayam zaharli birikmalar to’planadi. Bu o’simliklarga salbiy tasir ko’rsatadi, bazilari nobud bo’ladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tuproqlarni maxsus tadbirlar o’tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishdan saqlash tadbirlari o’z vaqtida o’tkazilishi va qonuniy nazorat qilinishi kerak. Respublikada er va er resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida «O’zbekiston Respublikasida Er to’rrisida»gi qonuni qabul qilingan. (1990 yilning 20 iyunida).
Biosferadagi o’ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan o’simlik va hayvonlarning biologik rang - barangligining saqlanishi bilan bog’liqdir.