Kimyo fakulteti


Tuproqning sho’rlanish va botqoqlanishidan muhofaza qilish



Yüklə 137,28 Kb.
səhifə5/6
tarix07.11.2022
ölçüsü137,28 Kb.
#67814
1   2   3   4   5   6
MUXTORVA MAHLIYO

Tuproqning sho’rlanish va botqoqlanishidan muhofaza qilish. Tuproq sho’rlanish va botqoqlanishi qishloq xo’jaligida., Ayniqsa eng qimmatli texnika ekinlarni ekiladigan respublikalarda, shu jumladan
O’zbekisionda ko’pgina zarar keltiradi. Sho’rxok va botqoqlangan erlarga eqilgan urug’ va chigitlar tekis unib chiqmaydi, chiqqanlari ham rivojlanmaydi yoki tamomila qurib qoladi. Bundan tashqari, agrotadbirlarga sarf etilgan mexnat va chiqimlar bekor ketadi. Xozirgi paytda mamlakatimizda, ayniqsa sug’oriladigan rayonlarda
sho’rlanish va botqoqlanishga qarshi kurash olib borish hamda u erlarni yaxshilashga katta ahamiyat berilmoqda. Erni sho’r bosmasligi uchun sizot suvining sathini pasaytirish va uning ko’tarilishiga yo’l quymaslik
kerak. Buning uchun asosan almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish, sug’orish, erni ishlash, ekinni parvarish qilish singari tadbirlarni ilg’or agronomiya fani ko’rsatgan qoidalarga mvofiq amalga oshirish zarur.
Sug’orish suvini tejab to’g’ri sarf etish sho’rlanishning oldini olish choralaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, o’simlikning talabi va erning sharoitlariga rioya qilib suvni tejab sarflanganda ekindan mo’l
hosil olish ham tamin etiladi. Ekinni bilib sug’orilmaslik, tuproq sharoitlariga etibor qilmaslik va dalalarni kechasi sug’orish ishlarini
to’g’ri tashkil eta bilmaslik orqasida suv ko’pisrof bo’ladi. Bu esa sizot suvlarining ko’payishiga, er yuzasiga tomon ko’tarilishiga va buning natijasida tuproqning sho’rlanishga sabab bo’ladi. Sizot suvi sathining pasaytirish uchun dala atrofiga zovurlar qazish va ularni tozalab turish, daladagi ortiqcha ariqlarni ko’mish, brigadalarda navbat bilan sug’orishning to’g’ri uyushtirish, oqova suvlarni zovurlarga tushirmaslik, shuningdek suvni ekinsiz va qurik erlarga oqizib quymaslik, sug’orish suvini belgilangan sug’orish sxemasi va normasiga muvofiq sarf etish, sug’oriladigan dalalarni o’z vaqtda yaxshilab sifatli qilib ishlash va shu singari boshqa tadbirlarni bajarish kerak. Tuproqning sho’rlanishga dala atrofidagi katta ariq va kanallardagi suvning to’xtovsiz erga shimirilib turishi ham sabab bo’ladi. Chunki kanal va ariqlardan shimilgan suv shu atrofdagi dalalarda sizot suvining ko’payishiga va er yuzasiga ko’tarilib ketishiga olib boradi. Kanal suvining shimilishini mumkin qadar kamaytirish choralarini ko’rish zarur. Buning uchun kanal va ariqlarning kattaligini mo’ljaldagi suv hajmiga moslab, tag’ini sug’oriladigan dala sathidan past bo’lmaydigan va suv ravon oqadigan qilib qazish, ularni o’z vaqtda tozalab va begona o’tlarni yo’qotib turish, kanal atrofiga bir necha qator qilib daraxt o’tqazish. Ariqlar atrofidagi suv to’planib qoladigan pastlik va chuqur joylarni ko’mish, o’q ariqlarni ham suv ravon oqadigan qilib olish kabi agrotexnika va gidrotexnika
choralarini bajarish kerak.Sho’r bosgan erlarda ekishdan oldin va keyin qo’llaniladigan ishlar o’simlikning yaxshi o’sishini taminlashgina emas, balki shu bilan birga sizot suvining ko’tarilmasligiga ham qaratilgan bo’lishi kerak. Kuzgi shudgor tuproq xossalarining yaxshilanishiga, ayniqsa qor va yomg’ir suvlarining ko’proq to’planishiga hamda tuproqning ustki qavatidagi sho’rning yuvilib ketishiga imkon beradi. Ko’klam paytidagi erni ekishga
tayyorlash va ekish ishlari shuningdek yoz vaqtdagi sug’orish, chopiq va kultivatsiya ishlari ilg’or agrotexnika yutuqlariga asoslangan bo’lishi tuproq sho’rlanishning oldini olish tadbirlaridan hisoblanadi.
Beda ekish sho’rlanishning oldini olish va sho’r bosgan erlar sho’rini yo’qotishga katta ahamiyatga ega. Beda ildizi tuproqning strukturali holatiga aylantiradi. Va bir necha santimetrdagi ustki qavatni
yumshatadi. Beda ildizi tuproqning chuqur qatlamlariga tarqaladi. Va pastki qavatidagi sizot suvini nasos singari toritb olib, yaproqlari orqali bug’latadi. Beda eqilgan joyning tuproqlari strukturali bo’lganidan
tuproqdan suv ortiqcha bug’lanmaydi, va nam uzoq vaqt saqlanadi. Shuning uchun ham sho’r sizot suvi er betiga ko’tarilmaydi. Bundan tashqari, beda har yili 3-4 marta o’rib olinadi; natijada u bilan birga ko’pgina tuz tuproqdan tamomila ketadi. Dala atrofiga o’tkazilgan ixota daraxtlar tuproq sho’rlanishning oldini olishda va sho’r bosgan erlarni yaxshilashda juda katta ahamiyatga ega. YOzda havo issiq va quruq bo’lishi, kuchli shamollar esib turishi natijasida tuproqlarning, ayniqsa strukturasiz tuproqlarning ustki qavatidagi namlik tezda bug’lanib, sug’orilgan dala qurg’ob qoladi. Bu esa tuproqning ustki qatlamida tuzlarning to’planishiga sabab bo’ladi. Ixota daraxtzorlar barpo qilinganda iqlimning bu xildagi noqulay sharoitni o’zgaradi. Tuproq va o’simliklarni qaxratuvchi shamolning zararli tasiri ozayadi, havoda namlik ko’payadi. Natijada tuproqdan va ekinlardan suvning bug’lanib ketishi ancha kamayadi. Shunga ko’ra sizot suvning er yuzasiga ko’tarilishi va tuproqning sho’rlanish sekinlashadi. Bundan tashqari daraxt ildizlari suvni to’g’ridan to’g’ri erning pastki qatlamidan surib olib, yaproqlari orqali bug’latib yuboradi. Tuproq sho’rlanishning oldini olish uchun qo’llaniladigan tadbirlar har qaysi rayonning tabiiy sharoitlariga qarab agronom-melioratorlar maslaxatiga muvofiq o’tkazilishi kerak.

Yüklə 137,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin