Tuproqning sho’rlanish va uning turlari. O’zbekisionda va O’rta Osiyoning boshqa respublikalarida turli darajada sho’rlangan va sho’rxok erlar uchraydi. Farg’ona vodisi, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va boshqa daryolar vodisida hamda Mirzacho’lda xozirgacha o’zlashtirilmagan sho’rxoklar ko’pgina maydonni
egalaydi. Sho’rlangan tuproqlarning tarkibida oziq birikmalaridan boshqa suvda oson eriydigan har xil zararli tuzlar bo’ladi. Tuzlarning miqdori tuproqda 3 foizdan ko’p bo’lsa, unga sho’rxok deyiladi. Bu tuproqlarda ko’pchilik o’simliklarning o’sishi uchun qulay sharoit bo’lmaydi. Quruq iqlimli rayonlarda uchraydigan sho’r tuproqlar turli yo’llar bilan paydo bo’lgan. Tuproqda dastlab tuzlarning paydo bo’lishiga tog’ jinsi tarkibidagi suvda eriydigan tuzlar sabab bo’lgan. Tuproqning sho’rlanishga shamol orqali dengiz yoki ko’l soxilidagi tuzli to’zonlarning uchirilib kelishi ham sabab bo’lishi mumkin.
Tuproqda suvda eriydigan tuzlarning to’planishiga quruq iqlimli dasht va cho’llarda o’sayotgan sho’rsevar o’simliklar ham sabab bo’ladi. Ular tuproqning pastki chuqur qavatidagi tuzlarni ildizlari orqali
tanasiga singdirib oladi. Bu xil o’simliklarning qoldiqlari chirishi natijasida yil sayin tuproqda tuzlar miqdori ortib bormoqda. Sho’rsevar o’simliklar qoldigi hisobiga bir yil mobaynida bir gektar erda 500 kg miqdorida tuz yig’ilishi mumkin.Bulardan tashqari tuproqning sho’rlanishga sizot suvlari ham sabab bo’ladi. Tarkibida har xil tuzlar bo’lgan sho’r sizot suvlari yuza bo’lganda tuproq qatlami orqali to’xtovsiz yuqoriga ko’tarilib, er betigacha chiqib, buglanib turadi. Natijada tuproqning hamma qatlamida, ayniqsa bug’lanish kuchli borayotgan ustki qatlamida tuzlar to’plana boshlaydi. Bunday sho’rlanish xususan quruq va sershamol iqlimli rayonlarda tez
boradi. Sizot suvi qancha yuza va sho’r bo’lsa, sho’rlanish shuncha tez va kuchliroq bo’ladi. Tuproq mexanik tarkibining og’irlanishi, strukturasizlanishi va qatlamning zichlanishi natijasida sho’r
suvlar 1,5-2,5 m, bazan 3 metrdan chuqur bo’lganda ham ustki qatlamga ko’tarilishi va tuproqning sho’rlanish mumkin. Tuproqning sho’rlanish yangi o’zlashtirilgan erdagi tuproqlarni sug’orish natijasida vujudga kelishi mumkin. Odatda bu xildagi sho’rlanish, sug’orishning birinchi yilida emas, balki keyingi yillarida paydo bo’la boshlaydi. Tuproqda sho’rlanish protsessining rivojlanishi natijasida, qatlam yuzasida ko’zga ko’rinarli darajada tuzlar yig’ila boshlaydi. Sho’rlanayotgan tuproq yuzasida garchi tuzlar ko’rinmasa ham, sho’ra va sho’r ajriq singari o’simliklarning o’sa boshlashi sho’rlanish protsessi borayotganing belgisi bo’la oladi. Sho’rlangan tuproqlar tarkibida suvda eriydigan tuzlardan osh tuzi, glauber tuz, kir soda, nordon (choy) soda, taxir tuz, magniy xlorid, magniy karbonat, magniy bikarbonat, kaltsiy xlorid, oxak va gips bo’ladi.Bu tuzlarning ko’pchiligi o’simliklar ayniqsa bir yillik ekinlar uchun zaharlidair. Tekshirish va kuzatishlarning ko’rsatishicha, tuproqda tuzlarning miqdori 0,3 foizga etishi bilan o’simliklar zararlana boshlaydi va sho’r tuproq vujudga keladi. Sho’rlangan tuproqlar, tarkibidagi tuzlarning miqdoriga ko’ra oz sho’rlangan (tuz 0,3-1 foiz), o’rtacha
sho’rlangan (tuz 1-2 foiz), kuchli sho’rlangan (tuz 2-3 foiz) va sho’rxoklarga (tuz 3 foizdan ko’p) bo’linadi. Dexqonlar sho’rxoklarni tashqi kurinishlariga ko’ra, qatqaloq sho’r, mayin sho’r va qora sho’rlarga ajratadilar. Qora sho’rxok tarkibida soda bo’lganligidan unda chirinda juda tez yuvilib ketib, unumdorlik manbai yomonlashadi.
Quruq iqlimli oblastlardagi sug’oriladigan rayonlar tuprog’ida dastlabki tabiiy sho’rlanish bilan bir qatorda qaytadan sho’rlanish xodisalari ham uchraydi. Tuproqning qaytadan sho’rlanish asosan sug’orishga bog’liq. Yangidan sug’orila boshlagan erlardagi kanallar. Ariqlar va egatlardan quyi qatlamga shimilayotgan suvlar sizot suvlari sathining ko’tarilishiga sabab bo’ladi.