Kimyo fani o`qituvchisi Begmatova Ezozxon Eraliyevna


« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy



Yüklə 171,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü171,38 Kb.
#173278
1   2   3   4
ZDTF2305

« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi
 
o‘rin egallaydi. Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni butun bir 
borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim. 
Shu bilan birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri, 
zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida 
javobgarlik hissini tushunishi, Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal 
qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabi
at 
va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni 
tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1

sinfdan boshlanadi. O’quv 
materiali - 
«Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizn

saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha 
dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va 
boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham 
imkon beradi. Tabii
y fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy
-tabiiy 
dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga 
o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar 
topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, 
o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir 
shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish 
faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’
lim samaradorligi 
ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib 
o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil 
etiladi. «Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular) 
xususida erkin
, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun 
sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi 
aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab 
etadi. Bu metod aniq obyektga yo
’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. 
Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq 
ravishda amalga oshadi. «Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda 
yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonid
a foydalanish 
mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh 
a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon 
bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni 
uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini 
yaratadi. «6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar 
o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani 
hal etish, shuningdek, guruhlarnin
g har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, 
ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan 


22 

Yüklə 171,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin