« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi o‘rin egallaydi. Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni butun bir
borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim.
Shu bilan birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri,
zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida
javobgarlik hissini tushunishi, Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal
qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabi
at
va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni
tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1
-
sinfdan boshlanadi. O’quv
materiali -
«Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizn
i
saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha
dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va
boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham
imkon beradi. Tabii
y fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy
-tabiiy
dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga
o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar
topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi,
o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir
shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish
faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’
lim samaradorligi
ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib
o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil
etiladi. «Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular)
xususida erkin
, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun
sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi
aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab
etadi. Bu metod aniq obyektga yo
’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi.
Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq
ravishda amalga oshadi. «Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda
yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonid
a foydalanish
mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh
a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon
bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni
uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini
yaratadi. «6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar
o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani
hal etish, shuningdek, guruhlarnin
g har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash,
ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan