« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan
o’rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilan
gan vaqt nihoyasiga
yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan
guruh¬larning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi
shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan
muammo yechimi sif atida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va
mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. «6x6» metodining afzallik
jihatlari quyidagilardan iborat: -
guruhlarning har bir a’zosini f aol bo’lishiga
undaydi; - ular tomonidan shaxsiy qarashlarn
ing ifoda etilishini ta’minlaydi;
-
guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi;
-
ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini
himoya qilishga o’rgatadi. Eng muhimi, har bir o’quvc
hi qisqa vaqt (15-20
minut) davomida ham munozara qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat
ko’rsatadi. Ushbu metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan
bir yoki bir necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6
x 6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik
mahorat, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega
bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki
vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu metod
yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O’qituvchi
mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. 2.
6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI gacha rim
raqami yozib qo’yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo’yib chiqiladi. 3.
O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni
guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutadi. Har bir o’quvchig
a 1 dan
36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda
rim raqami bilan stol raqami ko’rsatilgan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan
varaqchadagi rim raqami bilan ko’rsatilgan stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy
egallayd
i. 4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga
qo’yilgan topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5
-10 minut) belgilaydi,
munozara jarayoni boshlanganini e’lon qiladi. 5. O’qituvchi guruhlarning
faoliyatini kuzatib boradi, kerakl
i o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi,
yo’1
-
yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlardan munozaralarni
yakunlashlarini so’raydi. 6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga
yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi
. Yangidan shakllangan
har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga
alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan
so’ng belgilangan vaqt (5
-
10 minut) ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlar
iga