Ekvivalentlar qonuni. Ekvivalent teng qimmat demakdir. Elementlar birbiri bilan o‘zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda birikadi. Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlari bir-biridan farq qiladi. Elementning vodorod massasining bir-birligi yoki kislorod massasining 8 birligi bilan birikadigan, yoki birikmalarda shuncha miqdor vodorod yoki kislorodning o‘rnini oladigan miqdori shu elementning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi.
A
Oddiy moddalarning ekvivalenti: E = __ va murakkab moddalarning V
M
ekvivalenti E = __ formula bilan topiladi
V
Hajmiy nisbatlar qonuni.Gey-Lyussaq gaz moddalar orasida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni o‘rganib chiqib, quyidagi hulosani chiqardi: o‘zgarmas sharoitda reaksiyaga kirishuvchi gaz moddalarning hajmlari bir-biriga va hosil bo‘luvchi gazsimon moddalar hajmlariga butun sonlar kabi nisbatda bo‘ladi.
Masalan:
H2 + CI2 = 2HCI
2H2 + O2 = 2H2O
3H2 + N2 = 2NH3 Birinchi misolda qonun to‘gridek tuyuladi, ikkinchi va uchunchi misollarda qonundan chetga chiqayotgandeq tuyuladi, bu holni tushuntirish uchun 1811 yili
Avogadro o‘zining qonunini yaratdi.
Avogadro qonuni.Turli moddalarning bir gramm-molekulasidagi molekulalar soni shuningdek, turli elementlarning 1 gramm - atomlaridagi atomlar soni ham teng bo‘ladi. Har qanday moddaning 1 gramm- molekulasida 6,02•1023 ga teng molekula bo‘ladi. Bu Avogadro sonidir.1 l gazning normal sharoitdagi massasi aniq bo‘lsa, ayni gazning bir molekulasi huddi shu sharoitda qancha hajmni egallashini aniqlash mumkin:
2
H2= = 22,4 l
0,09
32
O2= = 22,4 l
1,43
44
SO2= = 22,4 l
1,97
Har qanday gaz holatiga o‘ta oladigan moddaning 1 gramm molekulasi normal sharoitda 22.4 l. hajmni egallaydi.
Bir hil sharoitda va barobar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni barobar bo‘ladi.
Avogadro oddiy gazlarning (vodorod, azot, kislorod va boshqalar) molekulalari ikki atomdan tuzilgan deb hisoblaydi.