Tarkibning doimiylik qonuni. Frantsuz olimi Prust turli moddalarning tarkibini tajribalar yordamida aniqlab, tarkibining doimiylik qonunini yaratdi. Olinish usulidan qat'iy nazar, har qanday toza birikmaning tarkibini tashkil etuvchi elementlarning ogirliqlari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi.
Masalan uglerod (1U) oksid qanday usulda olinishdan qat'iy nazar ularning tarkibi bir hil bo‘ladi.
Masalan:
C+O2=CO2
CH4+2O2=CO2+2H2O
CaCO3=CO2+CaO
Ekvivalentlar qonuni.Ekvivalent teng qimmat demakdir. Elementlar birbiri bilan o‘zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda birikadi. Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentlari bir-biridan farq qiladi. Elementning vodorod massasining bir-birligi yoki kislorod massasining 8 birligi bilan birikadigan, yoki birikmalarda shuncha miqdor vodorod yoki kislorodning o‘rnini oladigan miqdori shu elementning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi.
A
Oddiy moddalarning ekvivalenti: E = __ va murakkab moddalarning V