“Kimyo” fanidan yakuniy nazorat savollari. 1. Kimyoviy element bu ?
A). moddaning oddiy zarrachasi
B). moddaning bo’linmas zarrachasi
C). moddaning mayda zarrachasi
D).yadro zaryadi bir xil bo’lgan atomlar turkumi
2. Molekula bu ?
A).Borliqning kimyoviy ko’rinishi
B).Moddaning barcha xossalariga ega kimyoviy jihatdan bo’linmas zarrachasi
C).Moddaning barcha xossalariga ega fizikaviy jihatdan bo’linmas zarrachasi
D).Barcha javoblar tog’ri
3. Atom tushunchasini qaysi tavsif to`laroq
talqin etadi ?
1. muayyan moddaning kimyoviy xossasini
o`zida saqlab qoladigan eng kichik zarra
2. oddiy va murakkab moddalar molekulasi
tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementning
eng kichik zarrachasi
3. har qanday atomning muayyan turi
4. musbat zaryadlangan yadro bilan bir yoki
bir necha elektronlardan iborat elektroneytral
zarracha
A). 2
B).1
C).3
D).2,4
4. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini otkazmaydigan moddalar ........deyiladi
A).Elektrolitlar;
B).Noelektrolitlar;
C).Murakkab moddalar;
D).Kislotalar
5.Osh tuzining suvdagi eritmasida qanday
ionlar mavjud ?
A).Na+ , Cl- B). OH- , Cl-.
C). Cl-, H+,
D). Na+ , Cl- ,OH- , H+,
6. Oddiy moddalar berilgan javobni aniqlang.
1) vodorod 2) suv 3)ohaktosh
4) grafit 5) xlor
A).1,4,5
B). 2,4
C). 1,3,5
D). 3,5
7. Quyidagilar orasidan fizikaviy bo`lmagan
hodisani aniqlang.
A).Qirovning hosil bo’lishi
B). muzning erishi
C). shakarning qizdirilganda qorayishi
D).temirning suyuqlanishi}
8. Hajmiy nisbatlar qonuni qanday tariflanadi ?
A).reaksiya uchun olingan gazlarning hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi.
B).bir xil sharoitda turli gazlarning teng halmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.
C). har qanday gazning bir mol miqdorida 6,021023 ta molekula bo’ladi.
D).har qanday murakkab moddaning tarkibi qaysi usulda olinishidan qat’iy nazar bir xil.
9. Moddalar massasining saqlanish qonuni qanday ta`riflanadi ?
A).har qanday murakkab moddaning tarkibi qaysi usulda olinishidan qatiy nazar bir xil.
B). elektrodda ajralib chiqayotgan modda miqdori tok kuchiga to’g’ri proporsional
C).agar ikki element o’zaro bir necha xil birikma xosil qilsa, bir element boshqa elementning bir xil va muayan miqdori o’zaro kichik sonlar nisbatida bo’ladi.
D). kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasiga teng.
10. Avagadro qonuni qanday ta`riflanadi ?
A). kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan maddalar massasi , reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasiga teng.
B). har qanday murakkab moddaning tarkibi qaysi usuldaolinishidan qat’iy nazar bir xil
C).reaksiya uchun olongan gazlarning va reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbatida bo’ladi.
D).bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng bo’ladi
11.Kimyoviy reaksiyalarda sodir bo`ladigan jarayonlar qatorini aniqlang.
A). Rang, hid, moddaning holatini o`zgarishi.
B). Suvda erimaydigan cho`kma hosil bo`lishi.
C).Gaz hosil bo`lishi, issiqlik ajralib chiqishi yoki yutilishi
D).Barcha javoblar to`g`ri.
12.Indeks - nimani bildiradi.
A).Modda molekulasining sonini;
B).Molekuladagi atomlar sonini
C).Reaksiya mahsulot sonini ;
D).Reaksiya uchun olingan modda miqdorini
13."Koeffisent"nima?
A).Modda molekulasining soni.;
B).Molekuladogi atomlar soni
C).Reaksiya mahsulotidagi atomlar soni;
D).Reaksiya uchun olingan moddalar soni
14. Oksidlar deb nimaga aytiladi?
A). Biri kislorod bo`lgan ikki elementdan tarkib topgan moddalar
B). Biri kislorod ikkinchisi metal atomlaridan iborat moddalar.
C).Biri kislorod ikkichisi metallmas atomlardan iborat moddalar.
D). Biri metal ikkinchisi metalmas atomlardan iborat moddalar.