Kimyo international unversity in tashkent


Oshqozonda ovqat hazm bo’lishi



Yüklə 395,5 Kb.
səhifə3/14
tarix05.08.2023
ölçüsü395,5 Kb.
#138766
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Оvqat hazm qilish tizimining yosh хususiyatlari va оvqatlanish gigiеnasi

Oshqozonda ovqat hazm bo’lishi.
Og’iz bo’shlig’ida ovqat uzoq turmasdan oshqozonga o’tadi va u yerda 2-3 soat to’xtalib muhim ximyaviy o’zgarishlarga uchraydi. Oshqozonning ichki tomoni shilliq qavat bilan ta’minlangan bo’lib, u yerda shira va ishlab chiqaruvchi bezlar bo’ladi. Bunday bezlar soni o’rtacha 14 mln ga yetadi.
Oshqozon faoliyatini o’rganish uchun 1842 yili rus hirurgi V.A. Basov unga histula quyishni kashf qilgan. Lekin bu yo’l bilan olingan shira toza bo’lmasdan, har xil ovqatlar bilan aralashgan bo’ladi. Shuning uchun I.P.Pavlov oshqozonga histula quyilgan itlarning qizilo’ngachini o’rtasidan kesib uning uchlarini tashqariga chiqarib tikdi va shu yo’l bilan toza me’da shirasi olishga muvaffaq bo’ldi. Yig’ib olinadigan me’da shirasining tabbiy holga yaqinlashtirish uchun I.P.Pavlov oshqozonda kichiq me’da ajratish metodini taklif qildi. Bu metodning moxiyati shundan iboratki, ajratilgan me’dachaga ovqat tushmaydi lekin unda yig’ilgan me’da shirasi haqiqiy me’da shirasiga juda yaqin bo’ladi. Chunki bu metod bilan kichiq me’dacha ajratilgandan oshqozonning shu qismidagi nerv tolalari kesilmaydi, bu esa o’z navbatida toza me’da shirasi normal ajralib turishini ta’minlaydi.
Toza me’da shirasi tiniq suyuqlik bo’lib uning reaksiyasi kislotalidir . Me’da shirasi tarkibida bir qator fermentlar bo’lib, ulardan pepsin-oqsillarni albumoz va peptonlargacha parchalaydi: lipazayog’larni yog’ kislotalariga va gliseringa parchalaydi. Ximozin – sutni ivitadigan ferment, faqat bola tug’ilgan paytda shira tarkibida bo’lib keyin yo’qolib ketadi. Me’da shirasi tarkibida uglevodlarga ta’sir qiluvchi ferment bo’lsada, uglevod qisman parchalanadi, buning sababi oshqozonga so’lak bilan tushgan fermetlardir. Shu narsa diqqatga sazovorki, kislotali me’da shirasi ovqat hazm qilishda qatnashishdan tashqari, yana organizmni turli hil mikroplardan himoya qilishda ham ahamiyatga ega. Me’da shirasi bilan aralashgan mikroblar darhol o’ladi. Masalan, me’da shirasiga tushgan xolera vibrioni 10-15 minut ichida o’ladi.
Me’da shirasining miqdori va tarkibi iste’mol qilinadigan ovqatning miqdori va tarkibiga bog’liq. Masalan go’sht va non yeyilganida eng ko’p shira ajralsa, sut ichilganda esa kam ajraladi. Me’da shirasi asosan ovqatlanish prosessida ajraladi. Ovqat qabo`l qilish boshlanishidan 5-9 minut vaqt o’tishi bilan shira ajrala boshlaydi.
Bola yoshining oshib borishi bilan uning oshqozoni shilliq qavatidagi shira ishlab chiqaruvchi bezlar soni ham oshib boradi. Masalan, bu bezlarning umumiy soni endi tug’ilgan bolalarda 2 mln.
Bo’lsa, 10 yoshda 17mln. ga 15 yoshda esa 22 mln. ga yetadi.
Oshqozon devorlariga maxsus silliq tolali muskullarning qisqarib turishi tufayli oshqozonda ovqat aralashtiriladi va bu harakat ovqatning ichakka o’tishini ta’minlaydi.



Yüklə 395,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin