Kimyo international unversity in tashkent


Оg’iz bo’shlig’ida, mе’da va ichakda оvqat hazm bo’lishining хususiyatlari. Оg’iz bo’shlig’i



Yüklə 395,5 Kb.
səhifə2/14
tarix05.08.2023
ölçüsü395,5 Kb.
#138766
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Оvqat hazm qilish tizimining yosh хususiyatlari va оvqatlanish gigiеnasi

Оg’iz bo’shlig’ida, mе’da va ichakda оvqat hazm bo’lishining хususiyatlari. Оg’iz bo’shlig’i
Oziq moddalarning og’iz bo’shlig’ida o’zgarishi. Har xil oziq moddalar og’iz bo’shlig’ida dastlabki fizikaviy va ximyaviy o’zgarishlarga uchraydi. Fizikaviy o’zgarishlar deganda ovqatning tishlar yordamida maydalanishi, ximyaviy o’zgarishlar esa ularning so’lak fermentlari ta’sirida ximyaviy parchalanishi tushiniladi.
Og’iz bo’shlig’iga uch juft katta so’lak bezlarining yo’li ochiladi: quloq oldi, til osti va jag’ osti bezlari. Quloq oldi bezlarining so’lak chiqaruvchi yo’llari ikkinchi katta oziq tish oldiga ochiladi (bu birlamchi og’iz bo’shlig’I deyiladi).
Bu bezlardan tashqari og’iz bo’shlig’ida yana ko’p mayda so’lak ishlab chiqaradigan bezlar bo’ladi. Ular til va og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasi joylashgan.
Odam so’lagining 98,5 – 99 % suvdan 1-1,5% organik va anorganik moddalardan iborat. Anorganik moddalarga kaliy va kalsiy tuzlari, organik moddalarga esa oqsil, musin va fermentlar kiradi. So’lak fermentlaridan ptialin kraxmalni disaxaridlargacha, maltaza esa disaxaridlarni glyukozagacha parchalaydi. So’lakda oqsil va yog’larga ta’siretuvchi fermentlar bo’lmaydi. Quloq oldi bezlaridan ajraladigan so’lak tarkibida musin bo’lmaganligi uchun u cho’ziluvchan bo’lmaydi. Til osti va jag’ bezlaridan musin bo’lib, u ovqatning yutilishini, ya’ni tomoq orqali o’tishini engillashtiradi. Ajraladigan so’lakning tarkibi va miqdori bog’liq: quruq ovqat ko’p so’lak ajratilishiga olib keladi. So’lak ajralishining shartli va shartsiz mexanizmlari mavjud: shartsiz mexanizmi shundan iboratki, ovqat tilga tekkanidan keyin u yerdagi reseptorlar qitiqlanib impulslar uzunchoq miyaga so’lak ajralish markaziga boradi. Javob impulslari esa u yerdan so’lak beziga kelib, so’lak ajrala boshlaydi. Hayvonlarda va odamlarda shartli raflektor yoyi bilan so’lak ajralganida miya yarim sharlarining po’stloq qismi ham ishtirok qiladi. Bola tug’ilishi bilanoq uning so’lak bezlaridan so’lak ajraladi. So’lak o’zining shilimshiqligi bilan og’iz bo’shlig’i orqali yemish prosesining bajarilishida muhim rol o’ynaydi, ya’ni og’iz bo’shlig’ida shilimshiq so’lak yordamida ma’lum germetik muhit vujudga kelib u so’rishni yengillashtiradi.
Bola organizmida so’lak ajralish 3-7 Yosh atrofida eng ko’p bo’ladi. Qari odamlar organizmida so’lak ajralish birmuncha kamayib ketadi. So’lak tarkibidagi amilaza fermentining aktivligi ham 2-7 Yoshda eng yuqori bo’ladi.



Yüklə 395,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin