3.Sulfit kislota, uning xossalari Oltingugurt (IV) oksid suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20 °C da 40 hajm S02 eriydi). Bunda faqat suvdagi eritmadagina mavjud boiadigan sulfit kislota hosil boiadi:
S02+H20 → H2S03 S02 ning suv bilan birikish reaksiyasi qaytar reaksiya. Suvdagi eritmada oltingugurt (IV) oksid bilan sulfit kislota siljuvchan kimyoviy muvozanatda boiadi. H2S03 ishqor bilan bogianganda (kislota neytrallanganda) reaksiya sulfit kislota hosil boiish tomoniga boradi; S02 yo'qotib turilsa (eritma orqali azot o'tkazilsa yoki eritma qizdirilsa), reaksiya boshlangich moddalar hosil bo`lish tomoniga boradi. Sulfit kislota eritmasida doimo oltingugurt (IV) oksid boiadi va u kislotaga o'tkir hid beradi.
Oltingugurt (IV) oksid va sulfit kislota ko'pchilik bo'yoqlarni rangsizlantiradi, chunki ular bilan rangsiz birikmalar hosil qiladi. Bu rangsiz birikmalar qizdirilganda yoki yorug'da yana parchalanishi mumkin, natijada rang qaytadan tiklanadi.
Demak, S02 bilan H2S03 ning oqartirish tasiri xlorning oqartirish tasiridan farq qilar ekan. Odatda jun, ipakvapoxol oltingugurt (IV) oksid tasirida oqartiriladi (xlorli suv bu materiallarni yemiradi).
Oltingugurt (IV) oksid ko'pchilik mikroorganizmlami o`ldiradi. Shu sababli mog'or zamburugiarini yo'qotish uchun yerto`lalar, vino bochkalari va boshqalar oltingugurt (IV) oksid bilan dudlanadi. Bu oksiddan mevalami tashish va saqlashda ham foydalaniladi. Oltingugurt (IV) oksidning ko‘p miqdori sulfat kislota olishda sarflanadi.
Н2SO3 – erkin holda mavjud emas, suyultirilgan eritmalarda mavjud.
Н2SO3 H2O + SO2 H2SO3 H+ + HSO3- NaHSO3 - gidrosulfitlar
HSO3- H+ + SO32- Na2SO3 - sulfatlar
H2SO3 va uning tuzlari ham oksidlovchilik, ham qaytaruvchilik xossasiga ega.
H2SO3 + J2 + H2O →H2SO4 + 2HJ
3H2SO3 + H2Cr2O7 → 4H2O + Cr2(SO4)3 4FeCl2 + H2SO3 + 4HCl → FeCl3 + 3H2O + S
2Zn + H2SO3 + 4HCl → 2ZnCl2 + 3H2O + S
2H2S + H2SO3 + 4HCl → 3S + 3H2O
Ishqoriy metallar sulfitlaridan boshqa sulfitlar suvda erimaydi. Sulfitlar gidrolizga uchraydi:
Na2SO3 + HOH ↔ NaHSO3 + NaOH
Sulfitlarga kuchli kislotalar ta’sirida SO2 hosil bo`ladi:
Na2SO3 + H2SO4 ↔ Na2SO4 + H2O + SO2 Kislotalar ta’siridan nordon tuzlar olinadi:
CaSO3 + H2SO3 ↔ Ca(HSO3)2 Sulfitlar juda oson kompleks birikmalar hosil qiladi: [Me(SO3)2]; Na6[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)2]; Na5[Me(SO3)4].
Sulfitlar ishqorlarga SO2 ta’sir ettirish orqali:
NaOH + SO2 → NaHSO3 NaHSO3 + NaOH → Na2SO3 + H2O
Ular kabonatlarga SO2 gazini ta’sir ettirish orqali ham olinishi mumkin:
Na2CO3 + SO2 → Na2SO3 + CO2 Almashinish reaksiyasi orqali:
Na2SO3 + CdCl2 → 2NaCl + CdSO3 Sul`fit kislotada kislotalarning barcha xossalari mavjud.
Kal`siy gidrosulfit Ca(HSO3)2 eritmasi (sul`fitli eritma) muhim ahamiyatga ega bo`lib, yog`och tolalari va qog`oz massaga shu eritma bilan ishlov beriladi.
Laboratoriyada oltingugurt (IV) oksid natriy gidrosulfit bilan sulfat kislotani o‘zaro ta’sir ettirib olinadi:
2NaHS03+H2S04→Na2S04+2S02+2H20
shuningdek, misni konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirish yoii bilan ham olinadi:
Cu+2H2S04→CuS04+S02+2H20
Oltingugurt (IV) oksid oltingugurt yondirilganda ham hosil bo'ladi. Sanoatda S02 pirit FeS2 yoki rangli metallarning oltingugurtli rudalarini (rux aldamasi ZnS, qorgoshin yaltirogi PbS va b.) kuydirishda hosil bo'ladi. Bunda hosil bo'lgan oltingugurt (IV) oksid S02 asosan oltingugurt (VI) oksid S03 va sulfat kislota olishda ishlatiladi.