2.Oltingugurt (IV) oksid, uning birikmalari
Oltingugurt (IV) oksid SO2 rangsiz, o`ziga xos o`tkir hidga ega bo`lgan gaz modda. U –100C da kondensatsiyalanadi, bunda rangsiz suyuqlik hosil bo`ladi.
SO2 + HOH → H2SO3
H2SO3 = H+ +HSO3-
HSO3- = H+ +SO3-2
SO2 – ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi:
qaytaruvchi SO2 + Cl2 + 2H2O → H2SO4 +2HCl
oksidlovchi 2H2S +SO2 → 2H2O + 3S
disproportsiyalanish 2KOH + 8SO2 → 3K2SO4 + 4H2O + H2S
Oltingugurt (IV) oksid, boshqacha aytganda, sulfit angidrid odatdagi sharoitda o`tkir, bo`g`uvchi hidli, rangsiz gaz. –10 0C ga qadar sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi. U po`lat ballonlarda suyuq holda saqlanadi.
Laboratoriyada oltingugurt (IV) oksid natriy gidrosulfit bilan sulfat kislotani o`zaro ta’sir ettirib olinadi:
2NaHSO4+H2SO4 →Na2SO4+2SO2↑ +2H2O
shuningdek, misni konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirish natijasida ham olinadi:
Cu+2H2SO4 →CuSO4+SO2↑ +H2O
Sanoatda:
S +O2 → SO2
Na2SO3 + 2H2SO4 → Na2SO4 + SO2↑ +H2O
Texnikada havo ishtirokida oltingugurtli rudalarni yoqib olinadi: FеS2, ZnS, PbS, Cu2S
FeS2 + 11O2 → 2Fe2O3 + 8SO2
Oltingugurt (IV) oksid oltingugurt yondirilganda ham hosil bo`ladi. Sanoatda SO2 pirit FeS2 yoki rangli metallarning oltingugurtli rudalarini (rux aldamasi ZnS, qo`rg`oshin yaltirog`i PbS va b.) kuydirishda hosil bo`ladi. Bunda hosil bo`lgan oltingugurt (IV) oksid SO2, asosan, oltingugurt (VI) oksid SO3 va sulfat kislota olishda ishlatiladi. Katalizator ishtirokida qizdirilganda SO2 havo kislorodini biriktirib oladi va SO3 hosil bo`ladi:
SO2 + O2 → SO3
Bu reaksiyada oltingugurtning oksidlanish darajasi +4 dan +6 ga qadar o`zgaradi, demak, SO2 uchun qaytarish xossalari xosdir. Oltingugurt (IV) oksid kislotali oksidlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Oltingugurt (IV) oksid suvda yaxshi eriydi (20 °Cda 1 hajm suvda 40 hajm SO2 eriydi). Bunda faqat suvdagi eritmadagina mavjud bo`ladigan sulfit kislota hosil bo`ladi.
SO2 ning suv bilan birikish reaksiyasi qaytar reaksiya. Suvdagi eritmada oltingugurt (IV) oksid bilan sulfit kislota siljuvchan kimyoviy muvozanatda bo`ladi.
H2SO3 ishqor bilan bog`langanda (kislota neytrallanganda) reaksiya sulfit kislota hosil bo`lishi tomoniga boradi.
SO2 reaksion sohadan chiqarib turilsa (eritma orqali azot o`tkazilsa yoki eritma qizdirilsa), reaksiya boshlang`ich moddalar hosil bo`lish tomoniga boradi.
Sulfit kislota eritmasida oltingugurt (IV) oksid doimo bo`ladi va u kislotaga o`tkir hid beradi. Oltingugurtni kislorodda yonishida va sulfitlarga kuchli kislotalar tasiridan hosil bo`ladi.
SO2 organik bo`yoqlarni rangsizlantirish uchun ishlatiladi. Tibbiyotda dezinfektsiyalovchi modda sifatida, sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |