Kimyo kafedrasi


Alkogol bilan o’tkir zaharlanishning belgilari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə21/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Alkogol bilan o’tkir zaharlanishning belgilari.
Alkogolni istemol qilinganda turli darajada zaharlanish hosil bo’ladi. Alkogoldan zaharlanishning uchta darajasi bo’ladi.
Birinchi darajada qo’zg’olish hosil bo’ladi, eyforiya, tetiklik, hurkish, harakat aktivligining tormozlanishi vujudga keladi. Biroz qizarish kam hollarda teri qatlamini oqarishi, pulsni tezlashishi, ishtaxani yaxshilanishi, jinsiy qobiliyatning ortishi kuzatiladi. Odam tetik, saxiy, ko’p narsani vada qiladigan, ko’p gapiradigan, distatsiya va taktil sezgirligini yo’qotadi.
Ichib olgan odam o’zining imkoniyatlarini yuqori baholaydi, maqtanchoq bo’lib qoladi, ko’pincha eyforiya bo’lish, tajovuskor, qasoskor bo’lib qoladi.
Bu xolatlarning barchasi miya yarim sharlarda tormozlovchi jarayonlarni pasayishi hisobiga po’stloq ostki qisimlar tormozlanganidan darak beradi.
Ikinchi darajada mastlik markaziy nerv tizimining oliy bo’limlarning tormozlanishi bilan harakterlanadi.
Bunda umumiy zaiflik, fikrlash tempini pasayishi, yurishni sekinlashuvi, nutqni buzilishi kuzatiladi. Muvozanati buziladi. O’z xulqini nazorat qilish buziladi.
Uchinchi darajadagi mastlik, bu ongni chuqur buzilishi hisoblanib, odam xushidan ketadi. Komada avval teri qizaradi, so’ngra ko’karib ketadi. Qorachiq keskin torayadi, tana xarorati pasayadi, nafas olish sekinlashadi. Puls tez – tez bo’sh ura boshlaydi.
Muskul tonusi pasayadi, bazan tutqanoq tutadi, siydik ajralish ixtiyorsiz bo’ladi. Bu stadiyada ko’pchilik ichki azolar va qon aylanish buziladi. Kam qonli rivojlanadi, modda almashinuv buziladi.
Og’ir mastlikdan so’ng xechnarsani eslamaydi, tasirchan bo’lib qoladi, kam harakat qiladi.
Uyqu buziladi, bunda alkogol 8 – 20 sutkagacha organizmda saqlanib qoladi. Bazi alkogoliklarda psixik buzilishlar sodir bo’ladi. Bunda uzoq muddatli yuqori tasirchanlik, tajovuskorlik o’ziga – o’zi qasd qilish vujudga keladi. Bazan patalogik mastlik hosil bo’ladi, bunda ongni tez o’zgarishi epileptik holat ro’y beradi. Bunday mast odam bita so’z yoki gapni qaytaraveradi, yoki jinni bo’lib qoladi.
Bazi xollarda antisotsial xolat ro’y beradi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin