Alkogolizmni kelib, chiqishi va tarqalishi tarixi. Qadim zamonlardan odamlar ba’zi mast qiluvchi moddalarni tayyorlab, ularni turli ma’rosimlarda iste’mol qilishgan. Qadimda Gretsiya, Italiyada spirtli ichimliklarni turli ma’rosimlar tantanali urf odatlarda iste’mol qilganlar. Alkogolni birinchi marta arab alximik olim kashf etgan. U tasodifan kashf qilgan mast qiluvchi suyuqlikni, alkexal yani nozik eruvchi “yengil “ “uchuvchi” deb nomlagan. Qariya alximik alkogoldan ozgina tatib ko’rganda xursand bo’lgan, kayf qilgan. Shu davrdan boshlab alkogolni istemol qilish keng tus ola boshlagan. Alkogollik ichimliklarni tayyorlash usullari, o’zgara borgan, ishlab chiqarish ortib borgan. Shu bilan birga vaqtda alkogolni istemol qilishning salbiy jixatlari turli kasalliklar, insonning psixik, jismoniy degidratsiya, irsiy kasalliklar, avlodlar kasalliklari jinoyatlar va boshqa salbiy xodisalar kelib chiqa boshlagan. Shunga qaramasdan spirtli ichimliklarni tayyorlash, yil sayin ortib bormoqda. Ko’pgina mamlakatlar uchun alkogollik ichimliklarni ishlab chiqarish eksport va daromadning asosiy omili bo’lib qolmoqda. 1971 yilda dunyo bo’yicha 8,5 mlrd litr spirt ishlab chiqarilgan. BM. Levinaning (1972) ma’lumoticha plenetaning har bir kishisiga bir yiliga 1 l spirt, 6 l vino, 10 l pivo to’g’ri kelar ekan. Faqatgina Hindiston va Egipitda erkaklar spirtli ichimliklarni ichishdan voz kechishgan. Rossiyada spirtli ichimliklarni iste’mol qilish Ivan Grozniy davridan kengroq tus ola boshlagan. Aroqni ishlab chiqarish 1905 yilda ancha ortgan.
1910 yilda rossiyaning har bir kishisiga 3,6, 1914 yilda 4,6 l aroq to’g’ri kelgan.1914 yilda birinchi jahon urushi boshlanishi bilan chor hukumati spirtli ichimliklarni sotishni man etadi. Spirtli ichimliklarni taqiqlash yaxshi natija bermadi. Odamlar turli xil tarkibida zaharli moddalari ko’p saqlangan spirtli ichimliklarni tayyorlay boshladilar. Buning oqibatida ko’pgina aholi zaharlangan.
Sobiq sovet hukumatida aroq, vino mahsulotlarini ishlab chiqarish aholi jon boshiga ancha orta boshladi. 1940 yilda sobiq SSSR da 19,7 mln dekalitr uzum vinosi 121,3 mln dekalitr pivo ishlab chiqarildi. Bu har bir jon boshiga 1,9 l dan to’g’ri keladi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo’yicha jon boshiga spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ortib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi tufayli aholi o’rtasida spirtli ichimliklari ichish ancha kamaydi. Lekin, yoshlar, o’rta yoshli odamlar orasida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish uchrab turadi. Spirtli ichimliklarni tez – tez ichish ko’pincha o’lim bilan tugovchi turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Butun dunyo sog’liqni tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra 1930 – 1965 yillar orasida spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish 50 martaga ortgan. Italiyada jigar serozi hastaligidan har 100 ming aholi jon boshidan 39,3 erkak 14,9 ta ayolda o’lim kuzatilgan. O’zbekiston Respublikasini bozor iqtisodiga o’tishi munosabati bilan xususiy do’konlarda turli ba’zan nazoratdan o’tmagan spirtli ichimliklar sotilmoqda. Bu ba’zi odamlarni zaharlanishiga sabab bo’lmoqda.