Kimyo kafedrasi


Tamaki chekuvchilarni davolash



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə17/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Tamaki chekuvchilarni davolash.
Papiros chekishni davolash murakkab masala bo’lib, bu narkomaniyaning variantlaridan biri hisoblanadi. Papiros chekishning asosiy mohiyati odam chekib jismoniy va ruhiy yengil tortishidan iborat. Nikotinli narkomaniyaning 3 ta stadiyasi bo’ladi: 1 – Turmush bilan bo’g’liq, 2 – o’rganib qolish, 3 – ruju qilish
1. Stadiyada odam bir kunda beshta papiros chekadi. Bunda organizmga nikotin qabul qilinmaslikdan qiynalmaydi.
2. Stadiya – doimo chekish (bir kunda 5 – 15 ta papiros chekiladi) papirosga jismoniy bog’lanib qoladi. O’rtacha abstinentsiya vujudga keladi, ichki a’zolar biroz shikaslanadi. Chekishni tashlaganda odam sog’ayib ketadi.
3. Stadiya – chekishga abstinentsiya yuqori bo’ladi, abstinentsiya og’ir bo’ladi, jismoniy bog’liqlik yuqori daraja bo’ladi. (bir kunda 1 – 1,5 pachka papiros chekiladi) naxorga chekish odat qilinadi. Ovqatdan so’ng va kechasi ham chekiladi. Ichki a’zolar anchagina shikaslanadi, nerv tizimi ham zaharlanadi.
P. Andux (1979) dori bilan davolashni mexanizmi jihatdan uch guruhga bo’ladi.
1. Almashtiruvchi yoki o’rnini bosuvchi terapiya, bunda nikotin o’rnini bosuvchi dorilar beriladi. Bunday dorilarga lobelin, tsititon, pilokarpin, tabekis, gamibazik, vitamin B guruxi, C vitaminlardan ukol qilish.
Bu preparatlarda vegetative nerv tizimiga ta’sir etib narkomaniya xolatini kamaytiradi. Odamning chekkisi kelmaydi. Bu maqsadda sigareta o’rnini bosuvchi turli xil rezina saqichlardan foydalanish mumkin.
2. Simpatik terapiya. Simpatik terapiyaga uyqu, og’riq qoldiradigan tinchlantiradigan preparatlar kiradi (brom, volerian). Bu preparatlar chekuvchilarda psixik buzilishlarni yo’qotadi.
3. Aversion terapiya. (salbiy shartli reflekslarni hosil qilib, papirosga nisbatan jirkanish tuyg’usini hosil qilish) Aversion ta’sir etuvchi preparatlarga lyapis sut achitqili kumush, tanin eritmasi, glitserin, kallagoral, apomorfin, emetin, termopsis o’ti, mis nitrat eritmalari, tsink eritmasi kiradi. Nomlari keltirilgan preparatlar nikotinga nisbatan jirkanish xissi hosil qiladi. Masalan, 0,5% li lyapis eritmasi bilan og’izni chayqash tamaki nisbatan jirkanish hosil qiladi. Bu preparatlar ta’sirida chekuvchi chekishni tashlaydi. Bulardan samaraliroq preparatlarga tamaki o’rnini bosuvchi preparatlar hisoblanadi. Bularga lyubesil, tsitizin va boshqalar kiradi. Nikatin o’rnini almashtirish bilan nikotin ochligini kamaytiriladi.
Keyingi vaqtlarda O’zbekiston F. A. Bioarganik institutida olingan anabazin gidroxlorid yaxshi natija bermoqda. Bir dona tabletka bitta papiros o’rnini bosadi. Shuning uchun, dastlab bir sutkada 20 – 25 tabletka ichiladi. So’ng kamaytirib borilib, bir sutkada bitta tabletka ichish kifoya qiladi. 20 kundan keyin 10 kunda bitta tabletka ichish yetarli. Davolashning to’liq kursi 30 kun davom etadi. Ijobiy natijaga erishilmasa 2 – 4 xaftadan so’ng yana qaytariladi.
Nina sanchish bilan davolash mumkin.
Bundan tashqari organizmga apomorfin yuborib, shartli refleks hosil qilish usuli ham mavjud. Gipnotik ishontirish yo’li bilan chekishga nisbatan jirkanish tuyg’usini hosil qilish mumkin. Gipnoz ko’pchilik chekuvchilarda yaxshi samara beradi. Gipnoz bilan papirosni tutinini, unga qarashga nisbatan jirkanish hosil qilib, chekuvchida ko’ngil aynishi og’izda achishish, qusish xolatlari vujudga keladi.
Gipnoz seansi xaftada bir, oy mobaynida 3 – 4 marta qaytariladi. Bundan tashqari gipnopsixoterapiya usuli ham qo’llaniladi. Psixoterapiya chekuvchini ongli ravishda chekishni tashlashga ishontirish. Men papiros chekmasam o’zimni sog’lom xis etaman, yaxshi nafas olaman, yuragim sog’lom, nafasim qismayapti deb chekuvchi bir necha marta qaytarib o’zini ishontiradi. “Papirosni ko’rish menda ko’ngil aynish, bosh aylanishini hosil qiladi” deb qaytaradi.
Shuningdek guruh psixoterapiya ham qo’llaniladi. Chekuvchi davolanishda faol jismoniy harakat, sof havoda sayr qilish, suzish, yugurish. Autogen terapiya ham yaxshi natija beradi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin