Kimyo kafedrasi


Tamaki nos chekishning kelib chiqishining tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə14/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Tamaki nos chekishning kelib chiqishining tarixi.
Tamaki chekish haqidagi dastlabki ma’lumotni qadimgi Gretsiyalik tarixchi Gerodot asarlarida bayon etadi. U Skiflar o’simlikni yoqib undan nafas olardilar deydi. Mashhur sayyoh Xrestofor Kolumb XV asrda Amerikaga Guanaan oroliga kelganda, orolda yashovchilar Kolumbga va uning dengiz sayohatchilariga sovg’alar qatorida quritilgan o’simlik barglarini ham taqdim qiladilar. Ular bu o’simlikni “ Petum” deb atashar edilar. Yerli halqni bu o’simlikni tutatib chekish, chaynashini shuningdek yutishlarini ko’radilar. Tamaki bargining naycha qilib o’ralganini ular “Tabako” va “Sigaro” deb nomlar edilar. Quritilgan tamaki naycha qilib o’rab chekilganda, dastlab uni shifobaxsh modda, tutini turli kasalliklarni daf etadi, kishini tetiklashtiradi, tinchlantiradi deb o’ylagan edilar.
Kolumbning dengiz sayohatchilari 1493 yilning 25 martida Ispaniyaga qaytganda tamakidan olib keladilar. Shuning natijasida chekish odati asta – sekin Ovropo mamlakatlariga tarqala boshladi. Keyinchalik Amerikada bo’lgan chet elliklarni Angliyaga qaytishi bilan tamaki o’simligi urug’ini ekish va uni ko’paytirish oqibatida tamaki ko’p mamlakatlarga tarqaladi.
XV asrning o’rtalarida tamaki Frantsiyaga tarqaladi. Bunga Frantsiyaning Partugaliyadagi elchisi 1560 yilda sababchi bo’lgan Jak Niko Frantsiya shoxi Yekatrina Mediga va uning o’g’illaridan bittasiga bosh o’g’rig’ini qoldirish uchun tamaki pilyulasini tavfsiya etgan. Tamakidagi nikotin moddasi Niko nomi bilan atalgan. Frantsiyada tamakini hidlash keng ravishda avj olib ketadi. XV asrning oxirida tamaki chekish Ispaniya, Angliya, Gollandiya, Portugaliya va boshqa Ovropo mamlakatlariga tarqaladi. Rossiyaga tamaki 1585 yilda Ivan Grozniy davrida savdogarlar tomonidan keltirilgan. Tamaki chekish yoki uning eritmasini qabul qilish ko’p hollarda qattiq zaharlanish yoki o’lim bilan tugar edi.
M.F. Romanov podshoxligida tamaki chekish man etilgan. XVI asrning oxirida Angliyada tamaki chekuvchilarning boshi olingan. 1697 yilda Rossiyada Pyotir I chekishni man etadi. XIX asrning oxirlarida Rossiyaning 30 tadan ortiq guberniyalarida tamaki o’simligi ekiladi. Ulug’ Vatan urishi davrida tamaki ishlab chiqarish ancha kamayadi. Ulug’ Vatan urushidan so’ng tamaki ishlab chiqarish yildan – yilga ortib boradi.
Keyingi yarim asrda dunyoning barcha mamlakatlarida ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish ancha ortdi. Niderlandiyada jon boshiga tamaki ishlab chiqarish 2 marta, AQSH da 2,8 marta Shvetsiyada 5 marta ortgan. Chexoslavakiyada 1 yilda 27 milliard dona sigareta sotiladi. Bu har bir odamga 1800 taga to’g’ri keladi. 1976 yilda Frantsiyada 81 milliard sigareta, 1977 yilda esa 84 milliard dona sigareta sotilgan. AQSH, Kanada va Angliyada, Frantsiyaga nisbatan 2 marta ortiq papiro’z chekiladi. AQSH da 50 million odam chekuvchilar bo’lib bu aholining 37 foizni tashkil etadi, chekish tufayli 1 minutda 6 ta odam o’ladi. Dunyo bo’yicha har yili chekish tufayli 3 million odam o’ladi. Tamaki turli mamlakatlarda aholining 20 foizini o’limiga sabab bo’lmoqda. 1995 yilda 43 foiz erkaklar, 7 foiz ayollar tamaki chekishdan o’lgan.
Bizning davrimizda tamaki chekish butun dunyoda tarqalgan. Angliyada 75 foiz erkaklar, 27 foiz ayollar tamaki chekadilar. AQSH da 18 – 19 yoshdagi o’spirinlarning yarmi, maktab o’quvchilarining to’rtdan bir qismi tamaki chekadi. Daniyada 81 foiz , o’quvchilar o’g’il bolalar, 56 foiz qizlar chekadi. Italiyada o’spirin yigitlar 55 foiz, qizlarning 55 foiz, Shvetsiyada 46 foiz o’spirin yigitlar, 36 foiz qizlar sigareta chekadi. Ko’pinch tamaki chekish 9 yoshdan boshlanadi.
O’zbekistonda ham tamaki, nos chekuvchilar soni ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiga o’tish munosabati bilan mayda xususiy savdo nuqtalarida sigareta sotish ortib bormoqda. Sigareta, nosni barcha yoshdagi o’smir va o’spirinlarga hech chegaralanmasdan sotilmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda planetadagi odamlarning 60 foiz erkaklari, 20 foiz ayollari chekadi.
Osiyo mamlakatlarida nosvoy chekish keng tarqalgan. O’zbekistonda ham nos chekishga o’rganib qolish 13 – 14 yoshdan boshlanmoqda. Shuning uchun bir o’ylab ko’rish kerak. Nima uchun odam tamaki yoki nos chekadi? Chekishning keng tarqalishiga sabab nima?
Tadqiqotchilarning aniqlashicha chekishning sabablari turlicha:
Birinchi sabab – qiziqish, tamaki ta’mini bir tatib ko’rish bo’lsa, ikkinchi sabab kattalarga taqlid qilishdir. Chekishning keng tarqalishiga klublar, kechalardagi kompaniyalar turli uchrashuvlardir. Bir marta chekib ko’rgan odam papiros tutinini hidini yana tatib ko’rishni yoqtirib qoladi, yana chekkisi keladi, so’ng chekish odatga aylanib qoladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin