Kimyo kafedrasi


Buning uchun nima qilmoq kerak?



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Buning uchun nima qilmoq kerak?
Birinchidan, har bir kishi avvalo odam organizmida ro’y beruvchi morfologik va fiziologik jarayonlar bilan albbata tanish bo’lishi shart. Masalan, odam irsiyatini o’rganuvchi antropogenetika qonuniyatlaridan xabardor bo’lishi kerak.
Ikkinchidan, irsiyatga salbiy ta’sir etuvchi urf-odatlarga yo’l qo’ysak yoki tomoshabin bo’lib tursak bu kechirib bo’lmas xato bo’ladi. Nima uchun yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohlardan bo’lgan bolada har xil irsiy kasalliklar bilan og’rish ehtimoli ko’proq uchraydi degan savol tug’iladi?
Ma’lumki, har bir organizm o’zining genlar tarkibiga ko’ra gomozigot va geterozigot organizmlarga bo’linadi. Gomozigot organizm deganda allel genlar bir belgini har xil variantida aniqlaydi. Geterozigot organizmlarda esa allel genlar bir xil belgini har xil turda belgilaydi. Demak, allel genlar gomozigot organizmlarda yo dominant yo retsessiv belgilarni aniqlashi mumkin.
Geterozigot organizmlarda allel genning biri dominant ikkinchisi retsessiv belgi bo’ladi. Oqibatda ona yoki ota tomonidan avloddan-avlodga retsessiv (yashirin holda) gen orqali kasalik belgilarini salbiy sifatlarini o’tish xavfi juda ortib ketadi. Bunday onalarda biz yuqorida ko’rib o’tgan noxush hodisalar sodir bo’ladi, bollar esa nimjon kasalmand, mayib-majruh holda tug’ilishi ko’zatilgan.
Qarindoshlar orasidagi nikohlarga alohida e’tibor berishimizdan maqsad uning kelgusi farzandlar va avlodlar hayotida og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini va zararini yana bir bor ilmiy asosda sizlarga etkazishdan iboratdir. Farzandsizlik sabablarini izchil o’rganish ham ko’pchilik hollarda yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlarning oqibati ekanligi aniqlangan.
Demak, sog’lom, baqquvat, benuqson farzand va avlodlar haqida o’ylar ekanmiz, avvalo har bir o’sib kelayotgan o’g’il-qizlarimizga maslahat berishimiz kerak.

Nazorat savollari.



  1. Gеnotip va fеnotip haqida nima bilasiz?

  2. Irsiy ma’lumotni nasldan naslga o’tish qonuniyati haqida ma’lumot bеring.

  3. Irsiy kasalliklar haqida tushuncha bеring.

  4. Irsiy kasalliklarni aniqlash usullarini qanday turlari bor.

  5. Irsiy kasallikni aniqlashni inеologik usuli.

  6. Irsiy kasallikni aniqlashni dеrmatoglifik usuli.

  7. Tsitogеnеtik va biokimyoviy usul.

  8. Yaqin qarindoshlar nikohining salbiy oqibatlari haqida ma’lumot bеring.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin