Egilgan kad-komatli odamlar tik turganda boshi biroz oldinga engashgan, elkalari oldinga osilgan, kukrak kafasi botikrok, korin oldinga chikan buladi.
Kifotik kad-komatli odamlarda kuraklar kanotga uxshab kutarilib turadi. Orkaning elka kismi dumbayib, bukir xolat yuzaga keladi.
Lordotik kad-komatli odamlar gavdasining orka kismi tekis yoki biroz botik buladi. Kukrak kafasi yassi, korni oldinga chikkan buladi.
Skoliotik kad-komatli odamlar tik turganda elkalarining biri past ikkinchisi baland buladi. Kukraklari xam past-baland bulib, kukrak kafasining bir tomoni burtganrok, ikkinchi tomoni botikrok buladi.
Jismoniy rivojlanish darajasi morfo-funktsional belgi-larga asoslangan usullar to’plami bilan aniqlanadi.
Asosiy va qo’shimcha antropometriga ko’rsatgichlar farqlanadi. Asosiy antopometrik ko’rsatgichlarga bo’y uzunligi tana massasi, ko’krak qafasini aylanasi (maksimal nafas olishda, pauza davomida va maksimal nafas chiqarganda) barmoqlar kuchi va bel muskulini kuchi.
Bo’y uzunligi turgan va o’tirgan holda, bo’y o’lchagis bilan o’lchanadi. Turgan va o’tirgan holda tana uzunligini bilib tananing nisbiy koeffitsentini (HK) aniqlash mumkin
L1 – L2
H K= ; bunda
2
L1 – tananing turgan holatidagi uzunligi
L2 – tananing o’tirgan holatidagi uzunligi
Normada HK q 87-92% bo’ladi, ayollarda bu ko’rsatgich erkaklarga nisbatan biroz pastroq.
Tana massasi tibbiy torozi bilan o’lchanadi. Tana massasi suyak – muskul apparatni, teri yog’ qatlami va ichki organlarning birgalikdagi rivojlanish darajasini ko’rsatadi.
Qo’llarning muskul kuchi muskullarni rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi va u qo’l dinamometri orqali o’lchanadi. O’lchash 2-3 marotaba takrorlanib eng katta ko’rsatgichni yozib olinadi.
Oxirgi yillarda turli antropometrik ko’rsatgichlar nisbatiga asoslangan baholovchi indekslar paydo bo’ladi.
Bu indekslar aholini umumiy ko’rikdan o’tkazishda va sport sektsiyalariga tanlashda ishlatiladi. Bular quyidagi indekslar:
Brok – Brugush – indeksi.
Bo’y 100 agar bo’y uzunligi 155-165 sm.
Bo’y 105 agar bo’y uzunligi 166-175sm
Bo’y 110 agar bo’y uzunligi 175sm va undan baland
Masalan bo’y uzunligi 170 sm bo’lsa, tana massasi 170-105q65 bo’ladi.
YA’ni 170 bo’yga ega bo’lgan tana og’irligi 65 kg. Bo’lishi kerak.
UTS (l)
H ayotiy indeks =
og’irlik (kg)
bu ko’rsatgichni o’rtacha qymati erkklar uchun 65 – 72 ml/kg; ayollarda 55 – 65 ml/kg; sportchilarda 75 – 80 ml/kg erkaklar uchun va 65 – 70 ml/kg ayollar uchun.
Bu ko’rsatgich qancha yuqori bo’lsa shuncha ko’krak qafasini nafas olish xususiyati yaxshi rivojlanganligini ko’rsatadi.
Ketle og’irlik – bo’y indeksi.
og’irlik (kg)
I K= ;
bo’y (sm)
O’rtacha ko’rsatgich 370-400q1 sm bo’yicha uzunligiga erkaklar uchun, 325-375 ayollar uchun, 15 yoshli bolalar uchun – 325 gr; qizlar uchun 318 gr – 1 sm bo’y uzunligi uchun.
Tana massasi (og’irlik) katta yoshdagilar uchun Bernard formulasi bilan aniqlanadi.
Bo’y uzunligi x ko’krak qafasi hajmi
O g’irlik=
240
Og’irlik – bo’y ko’rsatgich tana massasini (gram) bo’yga bo’lish bilan aniqlanadi:
1 sm bo’yga to’g’ri keladigan og’irlik (gramda)
|
Ko’rsatgichlar
|
540 dan yuqori
|
yog’ bosgan holat
|
451-540
|
Haddan tashqari og’irlik
|
416-450
|
Ortiqcha og’irlik
|
401-415
|
Yaxshi natija
|
400
|
Erkaklar uchun eng yaxshi ko’rsatgich
|
390
|
Ayollar uchun eng yaxshi ko’rsatgich
|
360-389
|
O’rtacha
|
320-359
|
Yomon
|
300-319
|
Juda yomon
|
200-299
|
|
Jismoniy rivojlanish ko’rsatgichlarining muhimlaridan biri. Tana yuzasining hajmi hisoblanadi va u Jossokdon formulasi bilan (og’irlik va bo’y uzunligini umumiy summasi, 160 birlikdan katta bo’lsa) ishlatiladi.
100+W+(h – 160)
S = bu erda
100
S – tana yuzasining hajmi (m2)
W – tana og’irligi (gr)
H – tana uzunligi (sm)
Yurak urishi (YUKS) va AB kataliklari bolalar va o’smirlarda balandroq reaktivlik kuchi hisobiga juda o’zgaruvchandir. YUKS yosh ulg’ayishi bilan kamayadi (2 - jadval). AB katta yoshlilarda ko’tariladi, u 75/50 – 85/60 mm sim. ust, 7-10 yoshlilarda 95/60 – 100/60 mm sim. ust, 13-14 yolilarda 155/60 mm sim. ust, 15-16 yoshlarda 105/60 – 120/70 mm sim.ust, bo’ladi. Nafas olish sistemasi funktsional ko’rsatgichlarini baholash uchun yosh ulg’ayishi tufayli o’zgarishlarni bilish kerak. Nafas olish chastotasi soni yosh o’tgan sari kamayadi 35/40 dan (1-3 yoshda) 18/20 gacha (6-10 yoshda), 16-20 gacha (15-20 yoshda). Bir vaqtda uning chuqurlashishi sodir bo’ladi 150-200 dan 400-500 ml gacha.
Ulg’aygan sari O’TS kattalashadi 1,0 dan 1,63 metrli bolalarni O’TS 4,53 x bo’y – 3,9 bo’lishi kerak. 1,65 metrdan yuqoriroqlarda O’TS x bo’y – 12,85, qizlar uchun O’TS 3,75 x bo’y – 3,15 bo’lishi kerak. O’quvchilarni tibbiy nazorat ko’rikdan o’tkazish, ularni turli organ va sistemalarini funktsional holatini aniqlash alohida ahamiyatga ega. Uning natijalariga qarab jismoniy tarbiya darslarini turli formalarda qanchalik jismoniy og’irlik tushishi aniqlanadi. YUrak qon – tomir va nafas olish sistemasi funktsional holatini baholash uchun standart holdagi jismoniy og’irlik – 30 sekundda 20 ta o’tirib turish mashqi bajariladi. Bu sinovni baholashda YUKS va AB o’zgarishlari hisbiga olinadi. SHuningdek maktab bolalarini 20 ta o’tirib turishi bilanoq YUKS maksimali va Abni tiklash vaqti va xarakteri, YUKSni 30-35% o’sishi, Abni 10 – 20 mm.rt.stga ko’tarilishini minimal, Abini 4-10 mm.rt.st. ga tushib ketishi kuzatiladi.
Bolalar va o’smirlar, yigit – qizlarda YUKSning o’rtacha kattaliklari (zarb min.)
Yoshi
|
YUKS (zarb) minut.
|
O’g’il bolalar
|
Qizlar
|
7
|
85,8
|
86,6
|
8
|
82,8
|
84,7
|
9
|
80,2
|
82,5
|
10
|
76,1
|
79,2
|
11
|
74,8
|
79,5
|
12
|
72,6
|
75,5
|
13
|
73,1
|
76,1
|
14
|
72,8
|
72,2
|
15
|
72,1
|
75,2
|
16
|
70,4
|
74,8
|
17
|
68,1
|
72,8
|
18
|
62,3
|
70,3
|
Odatdagi 1-2 minutdan so’ng YUKS va AB tiklanadi, yurak – qon tomir sistemasidagi bunday farq yaxshi baholanadi. O’tirib turish sinovidan tashqari boshqa xarakterdagi va intensivdagi jismoniy og’irliklarni ishlash mumkin. Masalan, 1 – minutda 180 qadam sur’atda bir joydagi yugirish, 3 lahzalik S.P. Letunovning kombinatsiyalashgan sinovi va boshqalar.
Bolalar va o’smirlardagi jismoniy ishlash qobiliyati Garvard step-test yoki «Garvard» testi – erkaklar uchun 50,8 sm ayollar uchun pog’onaga bir minutda 30 qadam sur’atida ko’tarilishi (tegishli 5-4 minutda). Bolalar va o’smirlar uchun 3- jadvaldan ko’rish mumkin. YUKS (1 sekunddagi) og’irlik tushgandan so’ng 60-90, 120-150 va 180-210 sekundda o’lchanadi.
Pog’ona balandligini ko’tarilishi sur’ati va davomiyligi –o’g’il bolalar, o’smirlar, yigit-qizlar uchun:
Garvard step – testi.
Guruhlar
|
Pog’ona balandligi (sm)
|
Ko’tarilish davomiyligi (minut)
|
Ko’tarilish miqdori
(1 minutga)
|
8 yoshdan kichik yigit-qizlar
|
35
|
2
|
30
|
8-12 yoshli yigit-qizlar
|
35
|
3
|
30
|
12-18 yoshli qizlar
|
40
|
4
|
30
|
12-18 yoshli yigitlar
|
50
|
4
|
30
|
Erkaklar
|
50,8
|
5
|
3
|
Ayollar
|
43,2
|
4
|
30
|
Sinovni baholash Garvard step – testi indeksi bo’yicha olib boriladi. (GSTI)
t x 100
G STI= ;
(f1+f2+f3) x 2
f-3 o’lchovli YUKS.
t – sekundda bajarilish vaqti.
GSTI 90 dan yuqori bo’lsa, u farqlanuvchi reaktsiya hisoblanadi. 81-90 dan ortganda juda yaxshi, 71-80da yaxshi, 61-70da etarli darajada, 51-60 yomon va 50dan pasti juda yomon hisoblanadi.
Agar tekshriluvchi testni charchash tufayli belgilangandan ertaroq to’xtatsa uni hisoblash boshqa formula bilan hisoblanadi.
t x 100
G STI=
f1 x 5,5
GSTI eng yuqori ko’rsatgichi yugurish, velosipedchilar va chang’i uchish bilan shug’ullanuvchi sportchilarda uchraydi (100 – 200 va yuqoriroq). 1 minut-dagi YUKSni PWC 170 sinovi YUKS va uni ishchiga bog’liqligiga asoslanadi. 1 minutdagi YUKS optimal ishlovchi kvardipseritor sistemasiga to’g’ri keluvchi deb hisoblanadi va bajarayotgan ish quvvati va YUKS sistemasini to’g’ri aloqasi xuddi shu pulьs chastotasiga o’rin egallaydi. SHuning uchun 1 minutdagi 170 pulьs chastotasi ish quvvatini organizmning jismoniy ish qobiliyati va funktsional imkoniyatlarini bildiradi.
Nafas olish sonini qo’lni kaftini ko’krak va qoringa qo’yib nafas olishni sanog’i orqali aniqlanadi. Nafas olish sonini aniqlayotganda tekshirilayotgan shaxs diqqatini boshqa tomonga burishimiz kerak, bo’lmasa u o’z xoxishimiz me’yorida nafas olmaydi, yo ko’proq yoki ozroq nafas oladi. Nafas olish organlarini funktsional holatini tadqiq qilishni oddiy usullaridan biri o’pkalarni tiriklik sig’imini aniqlashga asoslangan funktsional sinovlar qo’llaniladi.
Rozental sinov. Bu sinov – statistik sinov bo’lib, 15 sekund farqda O’TSning 5 karra o’zgarishidir. Sog’lom shaxslarda, shakllangan sportchilarda o’pkalar sig’imi 5 karralik o’lchovda ko’proq bir xil sonlarni ko’rsatadi. O’TS kattaligi kamayishini 5 karrali o’lcham jarayonida nafas olish apparatidagi funktsional og’ishli shaxslarda kuzatiladi. U qandaydir kasalliklar va o’ta charchash hamda o’ta shug’ullanib yuborish natijasida vujudga keladi.
Shafranovskiy sinovi. Bu – dinamik sinov bo’lib, O’TS kattaligini aniqlangandan so’ng bir minutda 180 qadamli bir joyda 3 minutli yugurish mashqlari bajariladi. So’ngra yugurib bo’lish bilanoq o’pkaning tiriklik kattaligini 1,2 va 3 minut o’tgach aniqlanadi. SHug’ullangan sportchilarda O’TS yugirib borish bilanoq 200 ml atrofida o’zgaradi va har doim 3 minut tannafusdan so’ng qayta tiklanadi. YOmon shug’ullanganlarda, kasallarda bu ko’rsatgich deyarli 200 – 500 mldan tushib ketadi va 3 minutli tannafusdan so’ng qayta tiklanmaydi.
Shtanga sinovi. Bu – chuqur nafas olish orqali nafasni tutib turishdir. O’tirgan holatda chuqur nafas olib, ko’rikdan o’tuvchi nafasni tutib turadi (burunni ushlagan holda). Odatda shug’ullanmagan sog’lom shaxslar 40 – 60 sekund nafas tutib tura oladilar, shug’ullangan sportchilar esa 60 sekunddan 2-2,5 minutgaa nafasni tutib turadilar.
Genchi sinovi (Nafas chiqarishdagi nafasni tutilishi). Ko’rikdan o’tuvchi to’la nafasni chiqarib yuborib nafas olishni to’xtatishi kerak. Sog’lom shug’ullanmagan shaxslarda nafasni chiqarib nafas tutib turishi 20-30 sekund davomida, sog’lom sportchilar esa 30-90 sekund davomi ettirishlari mumkin. Agar Genchi sinovi SHtanga sinovidan so’ng o’tkazilsa yoki boshqa shunga o’xshash sinovlar o’tkazilsa, 5-7 minut tannafus berish lozim.
Nazorat savollari.
Bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatgichlari haqida nima bilasiz?
Samotoskopiya usuli haqida tushuncha bеring?
Antropomеtriya usulini qanday ko’rsatgichlarni aniqlaydi va qaysi usullar bilan?
Bolalarda jismoniy ish chidamliligini funktsional usullari haqida nima bilasiz?
Yurak faoliyatini ishini tеkshiruvchi funktsional usullar haqida nima bilasiz?
Garvard Spеl Tеsti indеksi qanday aniqlanadi?
Nafas olish faoliyatini tеkshirish usullari haqida ma’lumot bеring.
O’pkaning tiriklik sig’imi qanday aniqlanadi?
Dostları ilə paylaş: |