Kimyo kafedrasi


Giyohvand moddalar ikki xil usulda olinadi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə25/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Giyohvand moddalar ikki xil usulda olinadi:
1. Turli o’simliklardan olinadigan preparatlar.
2. Turli kimyoviy moddalardan sun’iy usulda olinadigan narkotik preparatlar.
Ko’knori, kanop va boshqa o’simliklar tarkibida narkotik moddalar saqlanadi. Bangidevona o’simligi tarkibida ham kayf qildiruvchi narkotik modda saqlanadi. Bundan tashqari tamaki tarkibida ham narkotik modda bor. Ko’knori o’simligini nomi lotincha, “papaver somiferum” bo’lib bir yillik o’simlik. U 100 dan ortiq turi ma’lum bo’lib, O’zbekistonda 5 xil turi uchraydi.
Ko’knorning moyli, uxlatuvchi, opiyli turi ko’p ekiladi. Uxlatuvchi ko’knori o’simligi uzun o’q ildizli, bir yillik o’simlik urug’i mayda tarkibida 48 – 50 foiz yog’ bor.
Moyli ko’knori urg’idan oziq – ovqat sanoati va texnikada ishlatiladigan moy olinadi. Moyli ko’knori Ukraina, Tatariston, Boshqiriston, G’arbiy Ovropa va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Opiyli ko’knori – opiy (afyun) opiy olish uchun ekiladi. Opiyli ko’knori asosan Osiyo mamlakatlarida, Eronda, Hindistonda, Qozog’istonda, Pokistonda ekiladi. Bu turdagi ko’knori Afg’nistonda ko’p ekiladi. Afg’oniston 2000 yilda 8 tonna ekib yetishtirgan bo’lib mamlakatning asosiy daromadi ko’knori hisoblanadi.
Bir tup ko’knori 20 ta undan ortiq gul hosil qiladi, mevasi tuxumsimon yoki sharsimon simmetrik bo’laklarga bo’lingan bo’lib urug’lar bilan to’lgan. Urug’lari turli rangda bo’lib yozda yetiladi.
Opiyli ko’knori urug’idan tashqari unda hamma alkoidlar bor. Mevasidan yig’ib olingan opiy murakkab aralashma bo’lib, organik va mineral moddalardan tashkil topgan. Tarkibida 2 foiz alkoidlar, karbon suvlar, organik kislotalar, tril terpen birikmalar, kauchuk, bo’yoq, pikten, oqsil shilliq va boshqa moddalar bor. Opiyli ko’knoridan 26 xil alkaloid ajratib olingan bo’lib, eng ko’p ucharaydigan Morfi (8 – 16 foiz) so’ngra narkotinkodein, papaverin, nartsein, tebani va boshqalardan iborat. Ko’knorini Arablar “afyun” deb nomlaganlar. O’zbeklar qora dori deyishadi. Kanop bir yillik o’simlik bo’lib undan turli preparatlar tayyorlanadi.
1. “Marixuanniy” – kanop o’simligining quritilgan yoki quritilmagan o’tka o’xshash o’simlik maxsulotidir.
2. Nasha ildizi o’q ildiz, poyasi (bo’yi 0,75 – 4 m) qirrali, barglari panjasimon, cheti arra tishli, tukli. Nasha issiqsevar va nam sevar mevasi yong’oqcha, po’sti qattiq o’simlik. Nasha urug’i tarkibida 30 – 35 foiz moy va 23 – 25 foiz oqsil bor.
Bangidevona – torondoshlarga mansub bir yillik o’t bazan buta o’simlik. Bu o’simlik urug’i zaharli, o’simlik tarkibida narkotik modda saqlanadi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ta’biriga ko’ra narkotik moddalar quyidagi mezon o’lchov bilan belgilanadi.
1. Eyforiya – xushkayflikni keltirib chiqaruvchi, yolg’ondan bo’lsa ham odamga xushyoqimlilik ato etuvchi:
2. Unga o’rganib qolishlik (jismoniy va ruhiy o’rganib qolib, yana va yana qabul qilishlikka moyillik keltirib chiqaruvchi):
3. Uni muntazam qabul qilganda odamni ruxan va jismonan izdan chiqarib insoniylik qiyofasini yo’qalishiga olib keluvchi:
4. Odam orasida tez tarqalishga sabab bo’luvchi:
5. Madaniyatli kishilar ushbu moddani – preparatni qabul qilishlik odat tusiga kirib qolmasligi (bu o’rinda tamaki va alkogol birinchi o’ringa chiqib oldi).
Narkotik moddalar organizmga ta’sir etishga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1. Sedativ vositalar ya’ni tinchlantiruvchi preparatlar: opiy, narkotik, moddalar va uxlatuvchi vositalar.
2. Stimullovchi – rag’batlantiruvchi preparatlar: efidrin, fenamin, va boshqalar.
3. Psixik xolatga (ruxiyatga ta’sir qilib ongni o’zgartiruvchi) vositalar: ayrim psixotrop moddalar LSD, kayf qiluvchi kanop preparatlari (kannabinolar) va gallbtsinogenlar “BZ”, “RSR”. Shuningdek, narkotik ta’sir etuvchi uchuvchi moddalar (LNDV) va boshqalar.
Kanop preparatlarining barchasi maxsus o’tkir xidga ega, achchiq odatda uni tamakiga qo’shib chekishadi. Ta’sir etuvchi modda bir qancha alkogoloidlar aralashmasi bo’lib, ularning umumiy nomi “tetrigidrokannabinolar”
(inglizcha – TNS) deb ataladi.
Qora dori” (opiy) preparatlari uch xil ko’rinishda bo’ladi:
1. “Ko’knori somonchalari” qalamchalari yoki “somonchalar” maydalangan, ba’zi kukun darajasida, quruq, jigarrang tusda, o’simlikning: bargi, shoxchalari va boshqalar.
2. “Xanka” ko’knor boshog’ining qismi, to’q jigarrang tusli opiy mahsulotli, 1 – 1,5 sm kattalikdagi kulchalar shaklida bo’ladi.
3. “Bintlar” yoki “dokachalar” paxta tolalaridan iborat bo’lgan, opiy xom ashyochi shimdirilgan, qattiq, sinadigan jigarrang matodan iborat.
Barcha ishlov berilmagan o’simliklardan olingan opiy narkotiklari tilga, tekkizilganda burishtiruvchi effekat beradi va ular tarkibida opiy alkogoloidlari tutadi: morfin, kodein va boshqalar.
Narkotik moddalarning ishlov berilgan eritmalari:
1. Agarda o’simlik qo’lda uy sharoitida tayyorlangan bo’lsa – jigarrang tusdagi eritma bo’lib quyuq damlangan choyga o’xshaydi. Mazasi o’tkir sirkaga o’xshash tamga ega bo’ladi. Biroq tinitib qo’yilsa tiniqroq, rangi ochroq va tagida cho’kma hosil bo’ladi. Uni “qora eritma” va “qoracha” deyishib, uni qo’rqmasdan vena tomiriga yuborishadi.
2. Ampulalardagi tiniq eritma yoki penitsilin flakonlariga o’xshash idishlarda bo’ladi. Uni “morfin gidroxloridi” deb yuritiladi. Geroin – yashirin ravishda laboratoriyalarda tayyorlanadi. Rangi oq, kulrangroq – jigarrang mayda kukun, badbo’y hidli poroshok.
3. Hozirgi vaqtda kokaindan kuchli “Krek” va eng xavfli, “AYS” preparatlari sintez qilingan. Bu preparatlar arzonroq bo’lib tez tarqaladi. Bulardan tashqari, yana bir qancha kayf qilduruvchi vositalar, gallyutsinogenlar, kannabiolar, “LSD”, “BZ”, “RSR”, va boshqalar tayyorlab sotiladi.
Morfin kimyoviy tuzilishiga ko’ra o’zida fenantren xalqasini tutadi. Kodein – dimetilmorfin, dionin – dietilmorfin, geroin – datsetimorfin hisoblanadi.
Narkotiklar bu o’z salomatligi obro’- etiborini yo’qotgan, juda og’ir nogiron odamlardir. Bular davolash maqsadida beriladigan narkotik moddaga nisbatan 2 -10 martadan ortiq do’zadagi narkotik modda qabul qiladilar. 1) Narkotik moddani dastlab qabul qilinganda odamga kayf qilish eyfariya vujudga keladi. 2) Bunday kayfiyatni yana hosil qilish uchun o’smir yana narkotik moddani qabul qiladi, so’ng narkotik moddani iste’mol qilish odatga aylanib qoladi. Endi o’smir narkotik moddani qabul qilmasdan tura olmaydi.
Organizmning reaktivligini kamayishi va narkotik moddaga o’rganib qolish odam narkoman bo’li qoladi. Asta sekin narkotik moddaga jismoniy va psixik jixatdan bog’lanib qolish vujudga keladi. Narkomaniyani shakllanish dinamikasi shartli ravishda 3 stadiya ajratiladi. Birinchi stadiya adaptatsiya moslanish (organizmning reaktivligining o’zgarishi va psixik bog’lanishining vujudga kelishi). Ikkinchi stadiya – jismoniy bog’lanishning vujudga kelishi, narkotik moddani iste’mol qilishini hohlamaganda ham organizmni narkotik moddani qabul qilishga talabni hosil bo’lishi. Uchinchi stadiya – organizmni barcha sistemalarini izdan chiqishi, psixikaning o’zgarishi. Bu stadiya narkomanlar tez qo’zg’oluvchan bo’lib qoladi, jinoiy ishlarini amalga oshiradilar.
Tolerantlik – ayrim dori vositasi yoki zaharli moddalarni uzoq muddat qabul qilish natijasida ular ta’sirining susayishi. Bunday holatda ko’pincha dorilarning yaxshi so’rilmasligi, metobolizmga tez uchrashi va organizmdan tezroq chiqib ketishi yoki xujayra to’qimalar, sezuvchanligining pasayishi natijasida yuz berishidir. Og’riq qoldiruvchi, qon bosimini tushuruvchi, surgi va boshqa dori vositalarini uzoq muddat qo’llash natijasida organizm ko’proq dori qabul qiladi. Morfi, nasha, marixuannalarni qabul qilish tufayli ham tolerantlik vujudga keladi.
Tolerantlilik – narkomaniya va alkogolizmda tolerantlikning o’zgarishi jismoniy va ruhiy bog’liqlik shu bilan birga ko’zga ko’rinarli darajadagi abstinen holat yuzaga keladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin