Kimyo kafedrasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə33/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Valeologiya asoslari (01)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI.
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish to’g’rsida.
1 modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish tug’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish tug’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa hujjatlaridan iborat.
Agar O’zbekiston Respublikasining halqaro shartomasida odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalliging) oldini olish tug’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
2 modda. Asosiy tushunchalar.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
OIV kasalligi-odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan o’ta xavfli yuqumli kasallik:
OIV kasalligi yuqtirganlar-odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan shaxslar:
OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, oiv kasalligining terminal (so’nggi) bosqichi.
3 modda. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning OITS OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o’tish xuquqi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston Respublika xududida yashayotgan yoki turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ismi sharifini sir saqlagan xolda ixtiyoriy ravishda OITS OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligi aniqlash maqsadida anonim tibbiy tekshiruvdan o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasining S.S. Vazirligi tomonidan belgilangan va u e’lon qilinishi lozim.
4 modda. OITS OIV kasalligini oldini olish soxasidagi davlat ta’minoti.
Davlat:
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish chora-tadbirlari tug’risida aholini xabardor qilinishini, OITS OIV kasalligini oldini olish, tashxis qo’yish va davolash vositalari etkazib berilishini, shuningdek tashxis qo’yish, davolash va ilmiy maqsadlarda qo’llaniladigan tibbiy preparatlar, biologik suyuqliklar, organlar va tuqimalarning xavfsiz bo’lishi ustidan nazorat qilinishi;
O’zbekiston Respublikasi xududida OITS OIV kasalligini tarqalishi ustidan epidemologik nazorat o’rnatilishini;
OITS OIV kasalligini yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o’tkazishning xavfsiz, ismi-sharifi sir saqlangan xolda va anonim tarzda bo’lishini;
Axoli tibbiy tekshiruvidan bepul o’tkazilishini va OITS OIV bemorlarni bepul davolanishini;
OIV kasalligi muamolari bo’yicha tadqiqotlar rivojlantirilishni;
OIV kasalligi tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mutaxasislar tayyorlanishni ta’minlaydi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin