Kimyo kafedrasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə30/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

L i m f o ts i t l a r. Ular o’z navbatida ikki xil hujayralarga-T-(timusga tobe) va V-(suyak ko’migiga tobe) limfotsitlarga tafovut qilinadi. Bundan tashqari, immunitetda na T na V-limfotsitlarga mansub «tabiiy killerlar» ham ishtirok etadi.

  • Yo r d a m ch i h u j a y r a l a r. Bo’larga makrofaglar, interdigitlovchi va dendritli hujayralar kiradi. Bu hujayralar uchun maxsus mikromuhit yaratish bilan birga, limfotsitlarning antigenlarni zararsizlantirish jarayonida ham foal ishtirok etadi. Immunitetning yordamchi hujayralari qatoriga retikulyar hujayralarni, eozinofil va bazofil leykotsitlarni, to’qima bazofillarini va hokazolarni ham kiritish mumkin.

    T-limfotsitlar hujayraviy immunitetning asosiy tuzilmalaridir. Bundan tashqari, ular gumoral immunitetda ham faol ishtirok etadi va umumiy immun-himoya reaktsiyalarini boshqarishda muhim o’rin to’tadi. Hozirgi paytda T-limfotsitlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi asosiy turlari (subpopulyatsiyalari) farq qilinadi:

    1. T- killerlar, ya’ni qotil limfotsitlar. Ular yot hujayralarga ta’sir etib, ularni o’ldirish va emirishda ishtirok etadi.

    2. T-xelperlar (helper-yordamchi)-gumorla va hujayraviy immunitetda yordamchi vazifani o’taydi. Ular antigenni tanib olib, -limfotsitlarni shu antigenga qarshi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlarga aylantirishga yordam beradi.

    3. T-supressorlar (supressor-pasaytiruvchi) V-limfotsitlarning plazmotsitlarga aylanish jarayonini susaytiradi va shu tufayli antitelo hosil bo’lishini boshqarishda ishtirok etadi.

    4. T-amplifayrlar (amplifier-kuchaytiruvchi) o’z navbatida T-killerlar va T-xelperlarning faoliyatini kuchaytiradi.

    5. T-differentsiallovchilar (differentiatior-belgilovchi) qonning o’zak hujayralariga ta’sir ko’rsatib, ularning ma’lum bir yo’nalishda ko’payishini hamda shakllanishini boshqaradi.

    V-limfotsitlar gumoral immunitet jarayonida qatnashuvchi asosiy hujayralardir. Ularning asosiy vazifasi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlarni hosil qilish va shu tufayli organizmda gumoral immunitetni ta’minlashdir.
    SHunday qilib, immunitet jarayonlarida turli xil hujayralar ishtirok etadi. Bu jarayonlarning faol hujayralari bo’lmish T va V-limfotsitlar qon va limfa orqali ko’chib yurish (migratsiya) qobiliyatiga egadir. Immun sistemasining markaziy a’zolarida, ya’ni timusda va qizil suyak ko’migida ushbu limfotsitlarning ko’payishi va takomili ro’y beradi. Qizil suyak ko’migida kelgan o’zak hujayralar timusda maxsus mikromuhit ta’sirida etuk T-limfotsitlarga aylanadi. Bu jarayonda timusda bo’lgan retikuloepitelial hujayralar va makrofaglarning roli kattadir. Umuman, bu jarayonda neyrogumoral va endokrin faktor-larning ta’siri asosiy o’rin to’tadi.
    Bugungi kunda Ortirilgan immuntanqislik sindromi (OITS) atamasi bilan kasallikning oxirgi bosqichi belgilanadi. Odamning immuntanqislik virusi (OIV) bilan zararlanishdan boshlanib OITS-ning birinchi belgilari paydo bo’lgungacha bo’lgan davr jarayoni OIV infektsiyasi deb tushuniladi. OIV bilan zararlangan shaxsni OIV tashuvchisi deb yuritiladi. SHunday qilib OIV va OITS bir kasallikni ikki turdagi tushunchasidir.
    1980-81 yillar qish mavsumida Nьyu-york universiteti gospitaliga Sarkomi Kaposhi kasalligining notanish formasi bilan bir necha kishi yotqizildi. Bu kasallik 1872 yilda Moritets Kaposhi tomonidan kashf etilgan. Kasallik inson terisining pastki qismlarida jigarrang-qizil yoki ko’kimtir-qizil rangli tugunchalar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu tugunchalar ba’zan yaraga aylanib, teri jonsizlanadi (o’sha yara paydo bo’lgan joyning to’qimlari o’ladi).
    AQSH va G’arbiy Evropa davlatlarida Kaposhi Sarkomasi juda ham kam uchraydi: har 10 mln. aholiga 1-2 bemor to’g’ri keladi, hamda, asosan faqat 60 yoshdan katta erkaklar unga chalinadi. Nyu-york gospitaliga tushgan bemorlar esa 30- yosh atrofidagi kishilar bo’lib ularning barchasi gomoseksualistlar edi. Ushbu bemorlarda Kaposhi Sarkomasi o’sma kasalligi sifatida kechib, ko’pchiligi 20 oy mobaynida vafot etdilar.
    1981 yilning bahorida Los-Anjeles vrachlari yana bir turdagi ya’ni pnevmotsistli pnevmoniyani maxsus formasi ko’rinishidagi kasallarni aniqlaydilar. Bu kasallikni oddiy Pneumotsistis carini zamburuqg’i chaqirib, immun tizimini zararlanishi bilan xarakterlanadi. Pnevmotsistik pnevmoniya ham yosh odamlarda ro’yxatga olindi va, ular ham gomoeksualistlar edi. 1981 yilning yoz mavsumida AQSHda 116 kishida ushbu kasallik ro’yxatga olindi. Bu vaqtda kasallikni klinik ko’rinishi bo’yicha immun tizim tanqisligi ma’lum bo’lib kasallikni kelib chiqishi muammo bo’lib turdi.
    Kasallikni kutilmaganda paydo bo’lishi, chaqmoq singari tez tarqalishi, yomon sifatli o’smalar bilan, tushunib bo’lmaydigan darajada bog’liqligi pnevmotsistik pnevmoniya, gemofiliya, teri-tanosil kasalliklari bilan kechishi, hamda yashirin davrining o’zoq muddat davom etishi va davolash vositalarini ta’sir etmasligi olimlar va mutaxasis vrachlarni juda qiyin ahvolga solib qo’ydi.
    OITS virusi 1983 yilga kelib aniqlandi va uni har xil nomlar bilan atala boshlandi. AQSHning rak kasalligiga qarshi milliy inistitutining Robert Gallo rahbarligidagi immunologiya va virusologiya bo’yicha bir guruh olimlari T-hujayrali leykozning qo’zg’atuvchisini aniqlashdi. T-hujayrali leykoz Karib havzasi davlatlari va janubiy Yaponiyada 1970 yillar oxirida ro’yxatga olingan bo’lib, bemorlarda kasallik juda ham og’ir kechgan va ular 3-4 oy davmida vafot etishgan.
    Robert Galloning yutug’i shunda ediki, u 1970 yillar o’rtalarida T-hujayralarining o’sish omilini aniqlashga erishdi. Uni hozirda Interleykin-2 deb nomlanadi. U probirkada T-limfotsitlarni o’stirish uchun sharoit yaratib, virusni ajratib olishga erishdi. SHunday qilib T-hujayrali leykozning o’tkir qo’zg’atuvchisi retro virus bo’lib chiqdi. Gallo bu virusni odamning T-hujayraviy leykemiyasining agent virusi HTLV-1 (OTLV-1) deb atadi. U ushbu virusni Afrikadagi maymunlarning bir turida, hamda odamlarda paydo bo’lib, savdo-sotiq rivojlanishi natijasida Amerikaga va Karib havzasi davlatlariga kelib qolganligini ta’kidlaydi. Keyinroq u juda kam uchraydigan qon kasalligini chiqiruvchi yana bir virusni ajratib olishga erishdi va uni HTLV-2 deb nomladi. Ajoyibi shundaki ikkala virus ham qon qo’yish vaqtida odamlarning bir-biriga o’tar ekan.
    SHu vaqtda AQShda OITS epidemiyasi boshlangan bo’lib kasallikning tarqalish yo’li asosan qon qo’yish bo’lgan edi. SHu sababdan Gallo HTLV-1 OITS qo’zg’atuvchisi deb bildi. Parijdagi L. Paster inistitutining Lyuk Mantane rahbarligidagi bir guruh olimlar retro viruslarning immun tizimidagi limfa tugunlarining kattalashishi (limfoadenopatiya) bilan kechadigan o’sma kasalliklari bilan bog’liqlik holatini o’rganishdi. Qidirilayotgan virusni ajaratib olishda frantsuz olimlari Gallo guruhi tomonidan kashf etilgan interleykin-2 dan foydalanishdi. Limfoadenopatiya bilan bir necha yillardan beri og’riyotgan bir bemorni limfo tugunchalari tekshirilganda retro virusga o’xshash alohida bir virus ajratib olishdi.
    1883 yilda «Sayens» jurnali OITSga chalingan 33 bemordan 2 nafarida retrovirus ajratib olinganligi tug’risida frantsuz olimlarining maqolasini chop etdi. Ushbu retro virusning HTLV-1dan farqi shundaki u T-limfotsitlarning yomon sifatli bo’lib aynishiga emas, balki ularning o’limiga olib kelar ekan. Mualiflar limfoadenopatiya chaqiruvchi bu virusni LAV deb nomlashdi. SHuning natijasida ikki guruh olimlar o’rtasida biologik materiallar asosida kuchli fikr almashinuvilar, ya’ni tortishuvlar boshlandi.
    SHu vaqtda Gallo guruhi o’zining ishlab chiqqan uslublariga tayangan holda OITSga chalingan bemorlardan yangi retrovirus ajratib olishdi va unga HTLV-3 deb nom berishdi. SHu bilan birga T-limfotsitlarni maxsus tizimini ajratib olindiki, bunda virus jadallik bilan ko’paydi, lekin T-hujayra o’lmadi. 1984 yilning boshida Amerikalik olimlar HTLV-3 va LAVga juda ham o’xshaydigan, ya’ni ular bilan bir xil bo’lgan yangi virus topilganlari haqida matbuota xabar berdilar. SHuning uchun bu virusni HTLV -3 LAV qo’zg’atuvchisi deb belgilaydigan bo’ldilar.
    SHo’nday qilib, 1986 yilda viruslarni nomlash qo’mitasi OITS qo’zg’atuvchisiga yangi nom, ya’ni OIV (odam immunataqisik virusi), (VICH), deb nom berish tug’risida taklif kiritdi va shu kundan boshlab u OIV deb nomlanadigan bo’lindi. SHunday qilib, yangi kasallik, ya’ni OITS paydo bo’lganligi to’g’risida maqolalar chop etilganidan so’ng 2 yil o’tgach kasallik qo’zg’atuvchisi aniqlandi, shuningdek 2,5 yil o’tgach esa uning tashxislash uslubi ishlab chiqildi. Bu ishlar 1985 yil Atlantada OITS bo’yicha o’tkazilgan halqaro konferentsiyani olamshumul yangilik rukunida o’tishiga sabab bo’ldi. Endi kasallik qo’zg’atuvchisining turli xususiyat-larini o’rganish bilan birga yangi muammolar paydo bo’la boshlaydi.
    OIV yong’in kabi hozir barcha qit’alarni egalladi. SHuning uchun ham OITSni XX asr vabosi deb ataldi. Qisqa vaqt ichida butun dunyo sog’liqni sag’lash tashkiloti uchun birlamchi muammoga aylanib, rak va yurak-qon tomir kasalliklarini ikkilamchi o’ringa chiqarib qo’ydi. Hanuzgacha bunday qisqa vaqt ichida har qanday kasallik olimlarga OIV singari og’ir muammo tug’dirgan emas.
    2000- yil ma’lumolariga qaraganda OIV infektsiyasiga 50 mln. inson chalingan bo’lib, bugungi kunda 33,6mln. odamlar OIV infektsiyasi va OITS bilan yashamoqda, 16,3 mln. kishi halok bo’lgan ulardan 3,6 mln. 15 yoshga etmagan bolalarni tashkil etadi. OITS va OIVga chalinganlarni 95% rivojlaniyotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi, shu jumladan o’lganlarning ham 95%.
    Hozirgi kunda 1 minut davomida 11 kishi (erkaklar, ayollar va bolalar) OIV infektsiyasiga chalinmoqda. OIV infektsiyasining epidimologik markazi Afrika hisoblanadi. Bugungi kunda Afrika kontinetida 22,3 mln.dan ortiq katta yoshdagilar va 1 mln.dan ortiq bolalar OIV infektsiyasi bilan yashamoqdalar. Faqatgina 1998 yilning o’zida Afrikada 2 mln. kishi OITSdan halok bo’lgan. SHu yil Afrika kontinentida har kuni 5,5 ming kishi OITSdan halok bo’lgan. Ota-onasidan OITS asorati orqali etim qolgan bolalarning 95% Afrikaga to’g’ri keladi.
    Hindiston OIV infektsiyasi bo’yicha Janubiy Afrikadan keyin ikkinchi o’rinda turadi va 2000 yili Hindistonda bu ko’rsatgich 3,5 mln.ni tashkil etgan.
    Rossiya davlatining OITSga qarshi kurash ilmiy metodik markazining ma’lumotlariga qaraganda 1 yanvar 2006 yilga qadar OIV infektsiyasi Rosiyada 1miliondan oshib ketdi.
    OIV-RNK saqlovchi retroviruslar oilasiga mansub bo’lib, bugungi kunda lentaviruslar kenja oilasiga ya’ni asta sekin yuquvchi viruslarga kiritilgan. OIVni genetik jihatdan bir xil bo’lmagan OIV-1 va OIV-2 aniqlangan. Voyaga etgan OIV virusi diametri yaqin 100mm etadigan sferik shakldagi tanacha bo’lib ikki qismdan mag’z va qobig’dan iboratdir. OIV genomi 3-ta asosiy genetik to’zilmadan-ichki oqsil hosil bo’lishini kodlovchi, glikoprotein qobig’ni kodlovchi va ferment sistemasini kodlovchi, shu jumladan teskari transkriptsiyani kodlovchi, genlardan iborat. Bundan tashqari qo’zg’atuvchini genlarini boshqaruvchisi ham aniqlangan, qaysiki uni replikatsiyasiga javob beradi. OIV tashqi muhitga chidamsiz u 560S haroratda 30 minutda qaynatil-ganda 1 minutda faolligini yo’qotadi. Dzinfektsiyalovchi kimyoviy moddalar ta’sirida o’ladi, ionlovchi radiatsiyaga, ultrabinafsha nurlariga va 700s muzlatishga nisbatan chidamlidir.
    OIVni yuqtirish manbalari virusni yuqtirgan turli klinik shakldagi bemorlar va virusni tashuvchilar hisoblanadi, chunki ularning qonida doimo virus aylanib yuradi. OIV-virusi nafaqat qonda balki birinchi navbatda sperma va hamda hayz ajratmalarida va qin bezlari sekretida uchraydi. Bundan tashqari OIV ko’krak sutida, so’lakda, ko’z yosh va orqa miyaning kulrang moddasi suyuqligida, turli to’qimalarda, ter va siydikda bo’ladi. Epidimologik jihatdan ko’proq xaflisi bu qon, sperma va qin ajratmalari hisoblanadi va ularda infektsiyani yuqtirish uchun etarli miqdorda virus bo’ladi.
    OIV boshqa retroviruslarga xos bo’lgan yo’llar bilan, ya’ni vertikal-onadan bolaga va jinsiy aloqa orqali -gorizontal yuqadi. Bundan tashqari yana parenteral (in’ektsiya qilish vaqtida) yo’li bilan ham yuqadi. SHuningdek Oiv bilan zararlangan odamning biologik suyuqligi sog’lom odamning biroz shikastlangan shilliq qavatiga va terisiga tushib qolsaham yuqishi mumkin.
    Virus yuqishida yana bir ta’sir etuvchi holat borki, ba’zi sog’lom virus tashuvchilar boshqalarga nisbatan ko’p virus ajratishi mumkin, lekin zararlangan materialda virus titrini aniqlash juda qiyin.
    Virusning yuqishi quyidagi omillarga: ya’ni turli travmalar, ikkilamchi infektsiyalar, terining himoya funktsiyasini buzilishi, va OIV retseptor hujayralarining mavjudligi yoki yo’qligiga ham bog’liqdir. YUqishning muhim omili sifatida qaysi bosqichdaligi juda katta rol o’ynaydi.
    Xavfli guruhlar. AQSH, Kanada va bir qator Evropa mamlakatlari, qisman O’zbekistonda o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, OIV bilan eng ko’p gomoseksualistlar, biseksualist-lar, giyohvandlar, fohishalar, tarkibida virus bo’lgan qon quyil-gan bemorlar, OITS bilan kasallangan geteroseksualistlar zararlanar ekanar. Gomoseksualistlar aktiv va passiv bo’ladilar. Baribir ikkovi ham OITS-ni tarqalishida katta xavf tug’diradi.Eng xatarlisi shundan iboratki, bitta gomoseksualistni juda ko’p mijozlari bo’ladi. Bundan tashqari gomoseksualist biseksualist tarzda harakat qilib OITS- ni o’z oilasiga yuqtirishi mumkin. Lekin bu kasallikka jinsiy pala-partishlik, jinsiy bo’zuqlik asosiy sabab bo’ladi. Jinsiy juft qanchalik ko’p almashtirilsa, bu kasallikka yo’liqish ehtimoli ham shunchalik ko’p bo’ladi. Afsuski, ko’rsatib o’tilgan guruhlar haqidagi axborotlarga ko’ra, shart-sharoitga qarab, u yoki bu guruhning kasallikka beriluvchanligi o’zgarib turadi.
    Patogenezi. OITSning virus odam organizmiga kirib T-limfotsitlar xelperlarga zararli ta’sir qiladi, natijada T-xelperalarning faoliyati susayadi va keyin ular halok bo’ladi. Ma’lumki, T-limfotsitlar xelperlar-odam organizmi immun sistemasida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
    Sog’lom organizmning immun sistemasi odatda atrof muhitdagi va odam ichidagi har xil mikroblar, viruslar, zamburug’lar va sodda bir hujayrali jonivorlarning hujayralaridan saqlab shu bilan birga xatarli o’sma (rak) hujayralarining juda murakkab va ishonchli himoya vositasidir.
    OIV aynan shu T-limfotsit-xelperlarga hujum qiladi, ularni qirib, organizmda immunitet tangligi holatiga sabab bo’ladi. Natijada ilgari zarar qilolmayotgan har xil saprofit mikroorganizmlar hujumga o’tadilar va turli-tuman kasalliklar rivojlanishiga sabab bo’ladi. SHu kabi ilgari ko’paya olmayotgan rak hujayralari ham bunday qulay vaziyatda tez sur’at bilan ko’paya boshlaydi.
    OIV genomi T-limfotsit hujayra tsitoplazmasi ichiga kirgach, virus RNK-sidan axborot teskari transkriptaza yordamida DNK-ga kuchirib yoziladi. Keyin hosil bulgan bir zanjirli DNK usha ferment yordamida o’zini ikkinchi zanjirini hosil qiladi. Bu chiziqli oraliq DNK yadroga kuchiriladi, bu joyda halqa shaklini oladi va hujayra DNK-siga joylashib DNK-provirusga aylanadi. Boshqa sekin yuquvchi viruslar kabi OIV-ni provirusi tashuvchi sifatida odam organizimida uzoq vaqt kasallikni kilinik belgilarisiz saqlanadi. OIV provirusi fa’olashgandan keyin OITS patoginezi haqida gapirish mumkin. Provirusni fa’olashtiruvchi omillar turli xil antigenlardir. Antigen tasiri ostida virus kupayadi. SHunday qilib, T-xelperlar virusga xizmat qiladi.
    Organizmda T-limfotsitlar soni kamayib ketadi, qolganlar-ning faoliyati susayadi.

    Yüklə 0,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin