Kimyo kafedrasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə31/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Valeologiya asoslari (01)

Klinikasi. OITS-ning klinik rivojlanishi bir necha davrlarga bo’linadi:
1.Kasallikni yashirin (inkubatsion) davri, 2-3 haftadan 1-2 oygacha va ayrim ma’lumotlarga qaraganda 3-5 yilgacha davom etishi mumkin. Kasallik jinsiy yo’l bilan yuqsa yashirin davri qisqa bo’ladi. Gomoseksualistlarda yashirin davr 8 yilgacha davom etadi.
2.Kasallik boshlanishidan oldingi davr 1 oydan 6 oygacha bo’lib nospetsefik ko’rinishda kechadi.
Bu davr o’z navbatida 3 bosqichdan iborat:

  1. O’tkir lixoradka bosqichi.

  2. Belgisiz bosqichi.

  3. Limfoadenopatiyaning kuchayish bosqichi.

3. Kasallikning o’tkir rivojlangan davri. Bu davr esa o’z navbatida uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda tana o’z massasini 10% yo’qotadi, teri va shilliq qavatlarning ustki qismi zamburug’ virus va bakteriyalar bilan zararlanadi.
Ikkinchi bosqichda tana massasi 10%dan ko’p yo’qotadi, noma’lum diareya yoki lixoradka 1 oygacha davom etadi, o’pka tubirkulyozi, ichki organlarni bakteriya, virus, zamburug’lar bilan zararlanishi Kaposhe sarkomasining vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchunchi bosqichda yuqoridagi kasalliklarning og’irlanishi pnevmoniya, hazm qilish sistemasining kandidoz, Kaposha sarkozasining kuchayishi, markaziy nerv sistemasining zararlanishi.
4. Kasallik tugallanish davri.
OITSning klinikasi har turli opportunistik (yondosh) infektsiya va invaziyalar hamda xatarli o’sma kasalliklarning simptomlari bilan xarakterlanadi. YA’ni OITSning o’ziga xos alohida simptomlari yo’q. Organizmda qanday mikroorganizmlar hujumga o’tgan bo’lsalar, o’shalar qo’zg’atadigan kasalliklar simptomlari paydo bo’laveradi.
OITSning yaqqol ko’zga tashlanadigan simptomlari paydo bo’lgunga qadar prodroma alomatlari ko’rinadi. Prodroma isitma, diareya, limfoanlenopatiya, darmon qurish, anemiya, dipressiya, teri va shilliq pardalarda har turli yiringli kasalliklar rivojlanishi va bemorning azob chekishi bilan ta’riflanadi. Bemorning darmoni qurishi, vazni kamayishi, terlashi bilan bir qatorda limfa tugunlarining kattalashuvi OITSning dastlabki belgilari hisoblanadi.
OITS umuman asta-sekin boshlanadi. SHu sababdan inkubatsion davr bilan prodroma alomatlari boshlangan kunni aniqlash qiyin. Ikkinchi tomondan, prodroma qachon tugashi va kasallikning asosiy simptomlari boshlanishini bir-biridan ajratish ham qiyin.
Bu davrning keyingi bosqichlarida yuqoridagi ko’rinishlarga og’iz bo’shlig’ida zamburug’lari paydo bo’lishi, temirtki, umumiy qichima, teri kasallikgi va Kaposha sarkomasi kabi xafli kasalliklar qo’shiladi. OITSning shu ko’rinishlarining hammasi kasallikning o’tkir, klassik manzarasi namoyon bo’lishiga olib keladi, bu holat bemorda T-hujayrali immun tarmog’ining tanqisligi bilan bog’langan.
OITSning klinik belgilari.
Kasallikning o’tkir rivojlanish davrida 25-50% bemorlarda 3 kundan to 10 kungacha tana harorati 390dan yuqorida bo’lib angina, bezgak ko’zatiladi, bo’yin limfa bezlari, jigar va taloq kattalashadi, terisiga toshma toshadi.
Bemorda kasallik bir necha turda rivojlanadi:

  1. Kasallikning o’pka to’rida bemorda pnevmotsistli zotiljam rivojlanib, o’pkaning ikkala bo’limi o’tkir yallig’lanadi, kasallik og’ir kechadi, nafas olish susayadi, nafas olganda ko’krak qafasi og’riydi.

  2. OITSning me’da-ichak kasalligi turida surunkali ich ketish, og’iz bo’shlig’ida, qizil o’ngachda o’tkir yallig’lanish va ovqatning yaxshi o’tmasligi ko’zatiladi. Bemorning vazni kamayadi, ko’krak qafasida og’riq paydo bo’lib ichidan qon ketadi.

  3. OITS kasalligida markaziy asab sistemasi zararlansa, bemorning asabi bo’zilib eslash qobiliyati susayadi. Bemorni xolsizlanish, bosh og’riq, ko’ngil aynishlar bezovta qiladi va muskullarida atrofiya ko’zatiladi. Bemorlarning kaftida, barmoqlarida va oyog’ida sezuvchanlik yo’qoladi.

  4. Teri kasalligi turida-Sarkoma Kaposha (terining rak kasalligi) ko’zatiladi. Sarkoma Kaposha kasali 1872 yilda dermatolog M.Kaposha tomonidan aniqlanib yozilgan. Bu o’ta hafli kasallik bo’lib hisoblanadi. Kasallikning endimik turi Afrikada 1960 yilda ko’zatilgan. Afrika xududida bu kasallik amerikaga nisbatan ko’proq uchraydi. Kasallikning epidemik formasi 1980 yilda OITS bilan kasallangan yosh gomoseksualist erkaklarda ko’zatilgan. Bemorning terisida, limfa bezlarida, me’da-ichak va o’pkasida dog’lar yoki bo’rtmachalar toshmalar paydo bo’ladi. Bu suvli bo’rtmachalar to’qima va suyakkacha chuqurlashib boradi, hamda qattiq og’riq bo’lib, qon ketadi. Sarkoma Kaposha kasalligiga davo topilmagan.

  5. YUrak mushaklari shikastlanish turi.

  6. Buyrak kasalligi turi.

  7. To’sh va qovurg’a suyaklarining qon ishlab chiqarish faoliyati har xil xavfli rivojlanish turi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin