Kimyo kafedrasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə34/38
tarix29.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#81596
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Valeologiya asoslari (01)

5 modda. OITS OIV kasalligini oldini olish faoliyatini moliyalash.
OITS OIV kasalligini oldini olishga doir faoliyat davlat byudjeti mablag’lari, fondlar, yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy badallari, boshqa manbalar xisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6 modda. OITS OIV kasalligini yuqtirganlarning aniqlashni oqibatlari.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarida OITS OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qon, biologik suyuqlik, organlar va to’qimalarning donori bo’la olmaydilar. OITS OIV kasalligini yuqtirganlar tibbiy tekshiruv ostida bo’lishlari shart.
O’zbekiston Respublikasi xududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishlari mumkin.
7 modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirganlik uchun javobgarlik.
O’zida OITS OIV kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qo’yishi yoki uni yuqtirishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.
8 modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalliliga yuqqan shaxslarning sog’ligiga etkazilgan zararni qoplash.
Tibbiyot xodimlari va xizmat ko’rsatish soxasi xodimlarining o’z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslikgi oqibatida odamning immunitet tanqisligi yuqqan shaxslarning sog’ligiga etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9 modda. OITS OIV bilan kasallangan shaxslarning hamda ular olia a’zolarni huquqlari va ijtimoiy muxofazasi.
Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan hamda OITS bilan kasallangan shaxslar o’zlariga insoniy munosabatda bo’linishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bepul tibbiy yordam ko’rsatilishi va ijtimoiy ta’minlanishi huquqiga egadirlar.
16 yoshga to’lmagan shaxslar har oyda eng kam oylik ish haqi miqdorida davlat nafaqasini olish va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nogirno bolalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqga egadirlar.
OIV kasalligini yuqtirgan yoki OITSga duchor bo’lgan bolalarning ota-onasi ularning o’rnini bosuvchi shaxslar yosh bolalari bilan statsionarda bo’lish hamda shu paytda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz nafaqasini olgan xolda ishdan ozod bo’lib turish huquqiga egadirlar.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin