Kimyo. Masala va mashqlar to


ERIGAN MODDANING HAJMIY ULUSHI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə37/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

8.2. ERIGAN MODDANING HAJMIY ULUSHI
8.37. Zichligi 0,79 g/ml bo‘lgan 100 ml atsetonga 60 ml suv qo'shilganda hosil bo‘lgan eritmadagi atsetonning hajmiy va massa ulushlarini hisoblang.
Yechish: Atsetonning hajmiy ulushi formula yordamida hisoblanadi: . Atsetonning eritmadagi massa ulushini topish uchun avvalo atsetonning massasi topiladi:
m=·V=0,79·100=79 g va
8.38. Hajmiy ulushi 40 % bo‘lgan (=0,9352 g/ml) eritma tayyorlash uchun 950 g suvga 95 %-li (=0,8042 g/ml) etil spirti eritmasidan qancha hajm olish kerak? Hosil bo‘lgan eritmadagi etil siprtining massa ulushi qanday bo‘ladi?
(Javob: 633 ml va 0,33).
8.39. 400 ml (=1 g/ml) suvga 633 ml (=0,8042 g/ml) etil spirti aralashtirilganda zichligi 0,9003 g/ml bo‘lgan eritma hosil bo‘ldi. Bu eritmadagi etil spirtining hajmiy va massa ulushlarini toping. (Javob: 61,3; 56).
8.40. 4 l hajmiy ulushi 40 % bo‘lgan antifriz tayyorlash uchun etilenglikol (=1,1155 g/ml) va suvdan qancha massadan olish kerak? (Javob: 1,435 kg; 2,565 kg).


8.3. MOLYAR KONSENTRATSIYA
Erigan modda miqdorining (mol) eritma hajmiga (l) nisbati molyar konsentratsiyani ifodalaydi:
mol/l.
8.41. Suvda 8,0 g NaOH eritilib, eritmaning hajmi 1000 ml ga etkazilgan bo‘lsa, eritmaning molyar konsentratsiyasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Masalani yechish uchun formuladan foydalanamiz: mol/l.
8.42. Erigan moddaning massasi va eritmaning hajmi asosida uning molyar konsentratsiyasini toping:

Variant

A

B

C

D

E

F

Modda

KNO3

NaOH

KOH

KMnO4

K2Cr2O7

KBrO3

m, g

10,1

6,0

11,2

15,8

29,4

12,4

V, l

0,3

0,2

0,5

0,4

0,6

0,3

(Javob: 0,33; 0,75; 0,4; 0,25; 0,17; 0,25 M).
8.43. Erigan kristallgidratning massasi va eritmaning hajmi bo‘yicha eritmadagi tuzning molyar konsentratsiyasini toping:

Variant

A

B

C

D

E

Modda

CuSO4·5H2O

Na2SO4·10H2O

Na2CO3·10H2O

CaCl2·6H2O

FeSO4·7H2O

M, g

25,0

32,2

28,6

42,8

27,8

V, l

0,5

0,4

0,6

0,3

0,7

(Javob: 0,2; 0,25; 0,167; 0,65; 0,14 M).
8.44. 26,4 g massali ammoniy sulfatni 61,6 g massali suvda eritganda 1,172 g/ml zichlikli eritma hosil bo‘lgan, shu eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
Yechish: Hosil bo‘lgan eritmaning massasi:
m=61,6+26,4=88 g.
Eritmaning massasi bo'yicha uning hajmini topsak:
ml. M.
8.45. Erigan modda va suvning massalari hamda hosil bo‘lgan eritmaning zichliklari asosida uning molyar konsentratsiyasini toping:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

NaOH

KOH

Na2CO3

Na2SO4

KNO3

MB, g

40

112

10,6

28,4

20,2

, g

200

400

489,4

271,6

179,8

, g/ml

1,182

1,206

1,02

1,085

1,064

(Javob: 4,92; 4,71; 0,204; 0,204; 0,72; 1,06 M).
8.46. 136 g massali suvda (=1 g/ml) 80 ml (=0,8 g/ml) atseton eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasi topilsin.
Yechish: Suvning zichligi 1,0 bo‘lganligi uchun hosil bo‘lgan eritmaning hajmi V=136+80=216 ml. Eritilgan atsetonning massasi:
m=0,8·80=64 g bo‘ladi va M.
8.47. Erigan moddaning hajmi, zichligi va suvning massasi bo‘yicha eritmaning molyar konsentratsiyasini toping:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

Glitserin

Sirka kislota

Metil pirt

Etil spirt

Atseton

VB, ml

120

45

60

80

40

B, g/ml

1,261

1,05

0,82

0,8014

0,802

, g

380

455

240

120

560

(Javob: 3,29; 1,58; 5,13; 7; 0,92 M).
8.48. Tayyorlanadigan eritmaning hajmi (V) va molyar konsentratsiyasi (cB) bo‘yicha eritiladigan moddaning massasini aniqlang:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

NaCl

KCl

Na2CO3

NaNO3

KNO3

CB, ml

0,5

0,2

1,5

1,0

2,0

V, ml

500

400

300

250

450

(Javob: 14,63; 5,96; 47,7; 21,25; 90,9 g).
8.49. Zichligi 1,226 g/ml bo‘lgan 30 %-li natriy nitrat eritmasining molyar konsentratsiyasini toping.
Yechish: Molyar konsentratsiya 1 l eritmadagi erigan moddaning mollar soni bo‘lganligi uchun 1 l eritmaning massasini topamiz:
m=1,226·1000=1226 g.
Eritmaning massa ulushi va massasidan foydalanib, unda erigan modda massasini hisoblaymiz: m=·m=0,3·1226=367,8 g.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi: M.
8.50. Eritmaning zichligi va massa ulushi asosida uning molyar konsentratsiyasini toping:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

KNO3

NaOH

KOH

Na2CO3

Na2SO4

, g/ml

1,076

1,41

1,32

1,17

1,091

, %

12

38

33

16

10

(Javob: 1,28; 13,39; 7,77; 1,77; 0,77 M).
8.51. Eritmaning molyar konsentratsiyasi va zichligi bo‘yicha uning massa ulushini toping:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

KNO3

NaOH

KOH

NaNO3

Na2SO4

CB, mol/l

1,28

3,08

2,16

6,2

1,3

, g/ml

1,076

1,12

1,1

1,317

1,153

(Javob: 12; 11; 11; 40; 16,0 %).
8.52. Zichligi 1,84 g/ml bo‘lgan 98 %-li H2SO4 eritmasidan 400 ml 5 M eritma tayyorlash uchun qancha hajm kislota olish kerak?
Yechish: Masalani yechish uchun formuladan erigan modda massasi m ni topamiz: m=5·98·0,4=196 g. Tarkibida 196 g H2SO4 bo‘lgan 98 %-li eritmaning massasi:
g. Bu eritmaning hajmi: ml.
8.53. Tayyorlanadigan eritmaning molyar konsentratsiyasi (cB), hajmi (V), hamda mavjud eritmaning zichligi () va massa ulushi () bo‘yicha shu eritmadan qanday hajmi sarflanishini hisoblang:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

HNO3

HCl

H3PO4

NaOH

KOH

CB, mol/l

3,0

2,5

6,0

4,0

2,0

VB, ml

500

400

300

200

800

, g/ml

1,4

1,18

1,72

1,53

1,53

, %

67,0

36,23

88,06

50,5

51,6

(Javob: 100,75; 85,4; 116,5; 41,4; 113,5 ml).
8.54. Tayyorlanadigan eritmaning zichligi (), massa ulushi () va hajmi (V) asosida molyar konsentratsiyali eritmadan qancha hajm olish kerakligini aniqlang:

Variant

A

B

C

D

E

Modda, B

NaCl

KCl

NaNO3

KNO3

K2CO3

, %

6,0

8,0

10,0

8,0

6,0

V, ml

200

400

300

250

500

, g/ml

1,041

1,05

1,067

1,049

1,053

CB, mol/l

4,0

3,5

5,0

6,5

2,5

(Javob: 53,4; 129; 75,3; 32; 91,6 ml).
8.55. 500 g massali suvga 100 ml 3 M HCl eritmasidan (=1,051 g/ml) qo‘shilganda hosil bo‘lgan eritmaning zichligi, massa ulushi va molyar konsentratsiyasi topilsin.
Yechish: Dastlabki eritmaning massasi: m=1,051·100=105,1 g,
undagi HCl massasi: mHCl=cMV=3·36,5·0,1=10,95 g.
Yangi hosil qilingan eritmaning massasi: m=500+105,1=605,1 g.
Bu eritmada erigan HCl ning massa ulushi:
yoki 1,81 %.
Mazkur eritmaning hajmi: V=500+100=600 ml bo‘lsa, uning zichligi: g/ml va molyar konsentratsiyasi:
M.
8.56. Massa ulushi 5 %-li ortofosfat kislota eritmasini tayyorlash uchun 400 g suvga 2 M H3PO4 eritmasidan (=1,1 g/ml) necha ml qo‘shish kerak?
Yechish: Agar 2 M H3PO4 eritmasining massa ulushi topilsa, masalani

formula yordamida yechish qiyin emas. Buning uchun H3PO4 massasi:
m=cMV=2·98·1=196 g
va H3PO4 eritmasining massasi: m=1000·1,1=1100 g topiladi. Bular asosida: va m=156 g
va undan ml kelib chiqadi.
8.57. 700 ml 5 %-li (=1,25 g/ml) va 300 ml 15 %-li (=1,17 g/ml) natriy gidroksid eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang. (Javob: 2,41 M).
8.58. 140 g massali 0,2 massa ulushli (=1,25 g/ml) va 120 ml 1,5 M KOH eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini toping. (Javob: 2,93 M).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin