10.4. KMnO4 va K2Cr2O7 birikmalardagi Mn va Cr larning oksidlanish darajalarini toping. (Javob: +7, +6).
10.5. Quyidagi birikmalardagi xlorning oksidlanish darajalarini toping: a) HCl, b) HClO, c) KClO3, d) HClO4, e) HClO2. (Javob: a - -1; b - +1; c - +5; d - +7; e - +3).
10.6. Quyidagi birikmalardagi azotning oksidlanish darajalarini toping: a) NH3, b) NH4Cl, c) N2H4, d) (NH4) 2CO3, e) NO; f) N2O5; g) HNO2; h) HNO3. (Javob: a - -3; b - -3; c - -2; d - -3; e - +2; f - +5; g - +3; h - +5).
10.7. CO32- iondagi uglerodning oksidlanish darajasini aniqlang.
Yechish: Ion tarkibidagi elementlar oksidlanish darajalarining yig‘indisi ionning zaryadiga teng bo‘ladi, shu asosda tenglama tuzsak: x+(-2)·3=-2, x=+4.
10.8. Quyidagi ionlar tarkibidagi oltingugurtning oksidlanish darajalarini aniqlang: a) SO42- b) SO32-; c) S2O32-; d) S2O42-; e) S2O72-; f) HSO4-; g) HS2O7-; h) S4O62-; i) S2O52-.
(Javob: a- +6; b- +4; c- +2; d- +3; e- +6; f- +6; g- +6; h- +2,5; i - 4).
10.9. Quyidagi birikma tarkibiga kiradigan uglerod atomlarining oksidlanish darajalarini aniqlang:
CH3-CH2-CH2-CH3.
Yechish: CH3-CH2-CH2-CH3 birikma tarkibidagi har bir struktur birlikdagi elementlar oksidlanish darajalarini topish uchun shu struktur birlikning umumiy zaryadi nol deb olinadi. Bunda uglerodning oksidlanish darajalari:
C-3H3-C-2H2-C-2H2-C-3H3
bo‘ladi.
10.10. Quyidagi birikma tarkibiga kiradigan uglerod atomlarining oksidlanish darajalarini aniqlang:
a) CH2O; b) H2C2O4; c) CH4; d) C2H6; e) CH3-CH2-CH3; f) CH3-CH(CH3)-CH3; g) CH3-CH2-OH; h) CH3-CH2-CHO;
i) CH3-COOH.
(Javob: a- 0; b- +3; c- -4; d- -3; e- -3, -2, -3; f- -3, -1(-3), -3; g- -3, -1; h- -3,-2, +1; i - -3, +3).
10.11. Berilgan moddalardan qaysilari 1) faqat oksidlovchi, 2) faqat qaytaruvchi va 3) ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo‘la oladi?
a) Ammiak, b) nitrat kislota, c) nitrit kislota, d) azot (IV)oksid, e) azot (V)oksid, f) vodorod sulfid, g) xrom (III) xlorid, h) temir (II) xlorid, i) sulfit kislota, j) vodorod peroksid, k) sulfat kislota, l) marganets (II) xlorid, m) marganets (IV)oksid, n) kaliy dixromat, o) kaliy manganat, p) kaliy permanganat, q) qalay (II) xlorid, r) mis (I)oksid, s) mis (II) xlorid, t) uglerod (II)oksid, u) temir, x) oltingugurt, y) metan. (Javob: 1- b, e, k, n, p, s; 2- a, f, u, y; 3- c, d, g, h, i, j, l, m, o, q, r, t, x).
Dostları ilə paylaş: |