Kimyo. Masala va mashqlar to


OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə47/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

10.2. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari molekulalararo, ichki molekulyar va disproporsiya yoki dismutatsiya reaksiyalariga bo‘linadi. Molekulalararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ta'sirlashuvchi moddalardan biri tarkibida oksidlovchi, ikkinchisi tarkibida - qaytaruvchi element bo‘ladi. Bitta modda tarkibidagi elementlardan biri oksidlovchi, ikkinchisi qaytaruvchi bo‘lsa, bunday oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ichki molekulyar bo‘ladi. Har xil oksidlanish-qaytarilish darajalariga ega bo‘lgan bir xil element atomlari qatnashgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarni ham ichki molekulyar reaksiyalar qatoriga kiritish mumkin. Masalan,


NH4NO2N2+2H2O
singari reaksiyalar bunga misol bo‘la oladi. Bir xil oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan bir tur element o‘z-o‘zini oksidlab, o‘z-o‘zini qaytarsa, bunday reaksiyalarga disproporsiya (dismutatsiya) reaksiyalari deyiladi.
Agar ta'sirlashuvchi moddalar tarkibidagi bir xil element oksidlanish-qaytarilishda qatnashsa, bunday reaksiyalarga sinproporsiya (konmutatsiya) reaksiyalari deyiladi. Masalan,
H2SO4+3H2S4S+4H2O.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga koeffitsientlar tanlashning elektron va ion-elektron balansi usullari mavjud.
Tenglamalarga elektron balansi usuli asosida koeffitsientlar tanlash quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi va oksidlanish darajasini o‘zgartirayotgan elementlarning oksidlanish va qaytarilish yarim reaksiyalari sxemalari tuziladi (ikkinchisida oksidlanish darajalarini o‘zgartirayotgan elementlar ko‘rsatiladi). Masalan:
MnS+HNO3MnSO4+NO2+H2O;
S-2S+6 va N+5N+4.
2. Mazkur yarim reaksiyalarda qatnashayotgan elementlarning bergan va qabul qilgan elektronlari ko‘rsatilgan tenglamalari tuziladi:

S-2-8eS+6
N+5+eN+4

3. Yarim reaksiyalar uchun zaryadlarning saqlanish qonuni bajarilishini (berilgan va qabul qilingan elektronlar sonining tengligi) ta'minlovchi ko‘paytuvchilar tanlangan elektron balansi tenglamalari tuziladi:

S-2-8eS+6 1
N+5+eN+4 8

4. Reaksiyaning sxemasiga tanlangan kopaytuvchilar stexiometrik koeffitsientlar (1 raqami korsatilmaydi) sifatida qo'yiladi:
MnS+8HNO3MnSO4+8NO2+H2O.
5. Ayrim hollarda ta'sirlashuvchi oksidlovchi yoki qaytaruvchining bir qismi o‘z oksidlanish darajasini o‘zgartirmaydi. Bunday hollarda stexiometrik koeffitsientni tanlash tenglamaning o‘ng tomonidan boshlanadi. Masalan, Cu+HNO3Cu(NO3)2+NO+H2O reaksiyada

Cu0-2eCu+2 3
N+5+3eN+2 2

a) Cu+HNO33Cu(NO3)2+2NO2+H2O.
b) 3Cu+8HNO33Cu(NO3)2+2NO2+H2O.
6. Reaksiyada o‘z oksidlanish darajasini o‘zgartirmagan elementlari bo‘lgan moddalar uchun koeffitsientlar tanlanadi:
MnS+8HNO3MnSO4+8NO2+4H2O.
3Cu+8HNO33Cu(NO3)2+2NO2+4H2O.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin