Kimyo. Masala va mashqlar to


raqamli element qaysi a) davr va b) guruhda joylashgan? (Javob: a - IV; b - V). 2.9



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə16/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

2.8. 33 raqamli element qaysi a) davr va b) guruhda joylashgan? (Javob: a - IV; b - V).
2.9. BH3, CH4, NH3, H2O, HF gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - kamayadi).
2.10. HF, HCl, HBr, HJ qatorida gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - kamayadi).
2.11. Uglerod elementining davriy sistemadagi o‘rniga qarab, uning yuqori oksidi va gidridining formulalarini keltiring, ularning xossalarini tushuntiring.
2.12. Tartib raqami 17 bo‘lgan elementning yuqori oksidi, gidridining formulalarini keltiring, xossalarini tushuntiring.
2.13. EO2 formulaga javob beradigan elementning tarkibidagi kislorodning massa ulushi 50 % bo‘lsa, bu qaysi element ekanligini toping. (Javob: oltingugurt).


2.2. ATOM YADROSINING TUZILISHI. IZOTOPLAR
Izotoplar deb, yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan neytronlar soni va nisbiy atom massalari bilan farqlanadigan nuklid-elektron sistemalarga aytiladi. Qat'iy bir xil massa soniga, ya'ni yadrodagi proton va neytronlari o‘zgarmas bo‘lgan atomga nuklid deyiladi. Nuklidlarning massa soni undagi nuklonlar (proton (p) va neytronlar (n) yig'indisi) soniga teng: Ar=p+n.
Izobarlarnisbiy atom massalari bir xil, protonlar va neytronlar soni bilan farqlanadigan elementlardir. Neytronlar soni bir xil bo‘lib, protonlar va massa sonlari bilan farqlanadigan element atomlariga izotonlar deyiladi.
Bir elementning bir necha izotopi bo‘lganda uning nisbiy atom massasini hisoblash uchun moddaning molyar ulushidan () foydalaniladi: , bu erda v -modda miqdori, mol; v - sistemadagi moddalarning umumiy miqdori, mol.
Moddaning molyar ulushi o‘lchamsiz yoki foizlarda ifodalanadigan kattalikdir.
Bir necha izotopga ega bo‘lgan elementning nisbiy atom massasini hisoblash uchun o‘rtacha molekulyar massani topish formulasidan foydalaniladi:

bu erda - elementning nisbiy atom massasi;
1, 2,... - element izotoplarining molyar ulushlari;
mЭ, nЭ, ... - element izotoplari;
m, n - element izotoplarining massasi.
2.14. Tarkibida molyar ulushi 7,3 % 6Li va 92,7 % 7Li bo‘lgan litiyning nisbiy atom massasi topilsin.
Yechish: Masalani yechish uchun o‘rtacha molekulyar massa formulasidan foydalaniladi:


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin